E qosimov, M. Akbarov



Yüklə 300,42 Kb.
səhifə132/156
tarix14.04.2023
ölçüsü300,42 Kb.
#97707
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   156
Bitum-rezina bo‘tqasi: eski maydalangan rezina — 7, III markali rezina — 46, benzin — 30, kumaron smola — 3, kanifol — 3, rubaks — 3, antiseptik (krezot yog‘) — 1, VII navli to‘ldirgich asbest — 7.
Kazein-sement bo‘tqasi: «OБ» markali kazein yelim — 14, suv — 43, 400 markali portlandsement — 43.
Kanifol bo‘tqa: kanifol — 17, olif-oksol — 7, denaturat spirti —11, maydalangan ohak — 65.
MФ-17 mochevina-formaldegid-yelim: mochevina-formaldegid smola — 90, yog‘och uni — 8, quruq shavel kislotasi — 2.
БР-12 fenol-rezorsin — yelim: fenol-rezorsin smola — 88, qotirgich (benzosulfokislota) — 12.
Konstruksion yelimlar. Turli ashyolar va konstruksiyalarni yelimlash uchun eng ko‘p tarqalgan universal epoksid yelim hisoblanadi. Buning uchun to‘ldiruvchi sifatida sement, marshalit, gips, kaolin, talk, rux oksidi, asbest, chinni yoki yog‘och uni, aluminiy, temir, cho‘yan kukuni va boshqa kukun moddalar ishlatiladi.
To‘ldirgichlar yelimlanadigan choklarga qo‘yiladigan talabga muvofiq tanlanadi. Masalan, chinni unini va tuyilgan qumni qo‘shish bilan chokning issiqlikka chidamliligini oshirish mumkin, u germetiklikni oshiradi, tolali to‘ldirgichlar (asbest, shisha tola) choklarda hosil bo‘ladigan siljituvchi kuchlarga qarshilik ko‘rsatadi, temir qirindilari esa mustahkamlikni oshiradi. Epoksid yelimlar ftoroplastlarni, polietilen va kapronni yaxshi yopishtirmaydi.
Eng ko‘p tarqalgan yelimlar orasida poliefir smolasidan (ПН-1) tarkib topgan yelimlar keng tarqalgan. Unga initsiator sifatida gidroperekis izopropilenbenzol (3%) va qotishni tezlatuvchi kobalt naftenatning 10% li eritmasi (8%) qo‘shiladi. Bunday yelimlar betonlarni yopishtirish uchun ham ishlatiladi.
Fenolformaldegid — yelim ko‘proq o‘zlashtirilgan. U bilan fanera, plastmassa, temir va boshqa ashyolar yelimlanadi. Fenolformaldegid yelimlardan ВИAM-В-В-З (zaharli), KБ-З (kam zaharli), (СП-2) suvda eriydigan yelim yog‘ochlarni yelimlash uchun ishlatiladi, shuningdek, БФ-2, БФ-4 kabi yelimlar buyum yopishtirishda ko‘p tarqalgandir.
Temirlarni yelimlash uchun fenolepoksid yelim eng yaxshisi hisoblanadi. Undan tashqari, korbinol yelimga 30% xlorperon qo‘shilganda oyna va rezinani yelimlash mumkin. Karbamid, kauchukli, kremniyorganik poliamidli, poliuretanli va polivinil atsetatli (betonni ta’mirlash uchun) yelimlar ko‘p uchrab turadi.
Pardasimon yelimlarni ishlatish va tashish oson, ular yuqori harorat, ya’ni 150—180°C da va 1-2 MPa solishtirma bosimda eriydi, bir-biriga yaxshi moslashtirilgan sirtlarni yelimlaydi.
Bakelit parda (yupqa qog‘ozga surkalgan fenolformaldegid yelim) bilan qayin daraxtidan ishlanadigan suv o‘tkazmaydigan faneralar yelimlanadi.

Yüklə 300,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin