Ko‘pirtirilgan yengil plastmassalar. Ko‘pirgan smola unga qo‘shiladigan maxsus qotirgich qo‘shilmalar yordamida qotiriladi. Qurilishda ishlatiladigan barcha ko‘pikplastlar shu yo‘l bilan olinadi. Smola gazlar yordamida ko‘pirtiriladi. Smola qizdirilganda gazning kengayishi hisobiga u ko‘piradi.
Ko‘pik polistirol— stirol monomerining polimerlanishi jarayonida unga ko‘pirtiruvchi qo‘shilma qo‘shib olingan yengil ashyo. Ko‘pik polistirol issiq va tovushni kam o‘tkazadigan ashyo sifatida ishlatiladi. Uch qatlamli devorbop panellar va yopma plitalar orasiga ko‘pik polistirol qatlami qo‘yilgan konstruksiyalar qurilishda ko‘p ishlatiladi. Ko‘pik polistirol olish uchun 100% og‘irlik hisobida olingan polistirolga 2—5% ko‘pirtiruvchi porofor (markasi ЧXЗ-57) qo‘shiladi. Polistirol emulsiyasiga aralashtirilgan porofor unda mayda (bir xil yiriklikdagi) — turg‘un pufakchalar hosil qiladi. Bu reaksiya 100—105°C dagi to‘yingan suv bug‘ida ro‘y beradi. Ko‘pirgan polistirol maxsus qoliplarga solinadi va to‘g‘ri to‘rtburchak shaklida zichlanadi. Ko‘pik plastik uzunligi 100—120 sm, eni 50 sm va qalinligi 5-8 sm ga teng qilib tayyorlanadi. Hajmiy og‘irligi qo‘shiladigan ko‘pirtiruvchi miqdoriga bog‘liq (15—220 kg/m3). Xuddi shu usullar bilan polivinilxlorid, poliuretan, mochevina — formaldegid smolalariga ko‘pirtiruvchi qo‘shilmalar —porofor, ammoniy karbonat, natriy bikarbonat qo‘shib yengil ashyolar olish mumkin.
Ko‘pik polivinilxlorid— polivinilxlorid (100 og‘irlik miqdorida — o.m.) metilmetakrilat (25 o.m.), porofor ЧXЗ-57 (0,3-0,8 o.m.), angidrid ammoniysi (10—16 o.m.) va natriy bikarbonatni (8 o.m.) maxsus bosqichlarda aralashtirib olinadi. U ko‘pik polistirolga nisbatan bir oz sarg‘ish va qattiq bo‘ladi. НПХВ-1 marka ostida chiqariladigan ko‘pik polivinilxlorid to‘g‘ri to‘rtburchak shaklida, uzunligi bilan eni 50 sm dan katta, qalinligi 60 mm gacha, hajmiy og‘irligi 40-160 kg/m3, siqilishdagi mustahkamlik chegarasi 0,2-1,0 MPa bo‘ladi.
UZUNASIGA O‘LCHANADIGAN PLASTMASSA