E qosimov, M. Akbarov



Yüklə 300,42 Kb.
səhifə126/156
tarix14.04.2023
ölçüsü300,42 Kb.
#97707
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   156
Polistirol plitkalar — tomonlari 100100 va 150150 mm keladigan kvadratlar shaklida, maxsus zichlagich avtomatlardan chiqariladi. Polistirol plitkalar issiqlikka uncha chidamli emas, shu sababli ochiq o‘choqlar bo‘lgan xonalarga, bolalar muassasalariga polistirol plitkalar ishlatilmaydi.
Fenolit plitkalar — fenolformaldegid smolalariga tegishlicha polixlorvinil smolasi qo‘shib tayyorlanadi. To‘ldirgich sifatida ma’dan va organik kukunlar aralashmasi ishlatiladi. U turli xil pigmentlar qo‘shish bilan rangdor qilinadi.
Bunday plitkalarni tayyorlashning asosiy usuli issiq holda zichlashdir. Bunda o‘lchamlari 150150 mm va qalinligi 4-6 mm bo‘lgan plitkalar olinadi. Plitkalar yaxshi yopishib turishi uchun, ularning orqa tomoni taram- taram qilib ishlanadi. Plitkalarning hajmiy og‘irligi 1300—1400 kg/sm3.
Fenolitdan tayyorlangan plitkalar bug‘ o‘tkazmaydi va ko‘pchilik organik, kislotalar ta’siriga chidamli. Plitkalar fenolformaldegid smola yoki bitumli mastika yordamida yopishtiriladi. Bu plitkalar ishlab chiqarish sexlari va tajribaxonalarida, ba’zan esa turarjoy binolari va jamoat maishiy binolarning polini qoplash uchun ishlatiladi, ular bilan devorlarni qoplash ham mumkin.
Izotrop shishaplastiklar qirqilgan shisha toladan yasaladi, egilishga va cho‘zilishga bo‘lgan mustahkamligi o‘zaro yaqin —200—210 MPa ga boradi.
Shishaplastikning yangi turi, to‘ldirgich sifatida tangasimon shisha donalari ishlatiladigan anizotrop shishaplastikdir. U fizik-mexanik xossasi bo‘yicha mavjud barcha shisha plastiklardan afzal turadi, chunki to‘ldirgich — tangasimon shishalar ashyoning har tomonlama mustahkam bo‘lishini ta’minlaydi. Tangasimon shisha eng yupqa shisha pardasini (shisha zar) maydalash natijasida hosil qilinadi. Shisha parda eritmadan cho‘zib hosil qilingan juda yupqa lentadan iborat.
Tekstolit — fenolformaldegid smola bilan shimdirilgan gazlamani qatlam-qatlam qilib 140—160°C da va 8—10 MPa bosimda zichlab olingan yuqori mustahkam plastik ashyodir. U mashinasozlikda, samolyotsozlikda, radiotexnikada hamda konstruktiv ashyo sifatida ishlatiladi. Tekstolitdan shesternalar, podshipniklar, vtulkalar tayyorlanadi. Chunki bu juda kam ishqalanadigan, zarb bilan urganda tovush chiqarmaydigan ajoyib ashyodir.

Yüklə 300,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin