E qosimov, M. Akbarov



Yüklə 300,42 Kb.
səhifə147/156
tarix14.04.2023
ölçüsü300,42 Kb.
#97707
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   156
ПВA emulsiyali bo‘yoqlar pasta tarzida chiqariladi. Ular bo‘yash uchun yaroqli konsistensiya hosil bo‘lguncha suv qo‘shib suyultiriladi. Bu bo‘yoqlar ichki bo‘yoq ishlarida yog‘och-taxta, g‘isht va beton yuzalarini bo‘yash uchun ishlatiladi. Ammo ulardan fasadlarni bo‘yash uchun ham foydalanish mumkin. Bo‘yoqlarni yuzaga mo‘yqalam yoki purkagich yordamida surish mumkin.
Polistirol bo‘yoqlar fasadlarni bo‘yash uchun chiqarilgan 10 % li lakdan, lak esa polistirolning toshko‘mir solventidagi yoki ksiloldagi eritmasi va pigmentlardan iboratdir. Fasadlarni bo‘yash uchun bo‘yoqlar bilan bir qatorda fasadga gruntovka berish uchun 5 % li lak, shpaklyovka qilish uchun 15 % li polistirolli lak bilan bo‘rdan iborat aralashma ham chiqariladi. Polistirolli bo‘yoqlar 3-4 soat ichida qotadi. Bu xil bo‘yoqlar bilan yozda ham, qishda ham bo‘yash mumkin.
Alkid-stirolli emallar — yog‘och-taxta va tayyorlangan suvoq yuzalarini bo‘yash uchun ishlatiladi. СЭM emallarga qaraganda ancha yaltiroq va mexanik jihatdan ancha pishiq bo‘yoq qoplama hosil qiladi.
Nitrobo‘yoqlar tashqi va ichki bo‘yoq ishlarida gruntovka berilgan temir, yog‘och-taxta va suvoq yuzalarini bo‘yash uchun ishlatiladi.
Nitroemal — nitrotselluloza va smolaning uchuvchan organik erituvchilardagi eritmalaridan iborat. Unga pigmentlar va plastifikatorlar qo‘shilgan bo‘ladi. Nitroemallar tashqi muhit ta’sirida bo‘lmagan yog‘och-taxta va gruntovka berilgan temir yuzalarni bo‘yash uchun ishlatiladi. Zarur bo‘lganda nitroemallarni ishlatish oldidan ularga suyultiruvchi qo‘shib bo‘yash uchun yaroqli qovushqoqlikka keltiriladi. Emallar yuzaga purkash yo‘li bilan beriladi.
Bo‘yalgan yuza qotgandan keyin, bir xil rangli, yarim yaltiroq bo‘lishi, unda dog‘ pufakchalar, nuqtalar, yomon surtilgan pigment izlari bo‘lmasligi kerak. Nitroemal to‘la qotishi uchun ketadigan vaqt 1 soatdan oshiq bo‘lmasligi lozim.
Emulsiyali bo‘yoqlar. Polimerli suv (polimer emulsiyasi) bilan pigmentlarni qorishtirib tayyorlangan emulsiyali bo‘yoqlar qurilishda juda ko‘p ishlatilmoqda. Shulardan ayrimlari quyidagilar:
ПВA smolasidan tayyorlangan emulsiyani pigmentlar bilan qorishtirib olingan bo‘yoqlar. Bo‘yoq parda mo‘rt bo‘lmasligi uchun emulsiyaga plastifikator dibutilftolat qo‘shiladi. Bu turdagi bo‘yoqlar zavoddan qurilishga quyuq bo‘tqasimon holatda keltiriladi va suv bilan suyultirib ishlatiladi. Ular binoning ichki va tashqi qismidagi beton, suvoq va yog‘och yuzalarini bo‘yash uchun ishlatiladi.
Xuddi shu turdagi, ammo butadiyen stirol smolasi asosida ishlanadigan pigment va lateksli СКС-65 markali polimer bo‘yoqlar ham qurilishda ko‘plab ishlatiladi.

Yüklə 300,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin