E qosimov, M. Akbarov



Yüklə 300,42 Kb.
səhifə148/156
tarix14.04.2023
ölçüsü300,42 Kb.
#97707
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   156
Organosilikat bo‘yoqlar va oksidlarni kremneorganik (KO) polimerlar bilan obdan aralashtirib olinadi. Bunday bo‘yoqlar temir, beton, shisha, g‘isht, sopol va sementli suvoq yuzalari bilan yaxshi yopishadi. Organosilikat bo‘yoq quruq yuzaga ishlatiladi va suvoq pardozlangandan keyin issiqqa, quyosh nuriga, namga va boshqa zararli moddalar ta’sirlariga chidamliligi oshadi. Sanoatda bunday bo‘yoqlar har xil ranglarda ishlab chiqariladi. Bo‘yoqni tayyorlaganda unga qotiruvchi modda qo‘shiladi. Yangi tayyorlangan bo‘yoqda 24 soatdan 40 soatgacha muddatda ishlatish kerak. Qurishi — 30 daqiqa. Bo‘yoqni yuvish yoki nam holatda artib tozalash mumkin.
KO polimer emali — KO lakni, kimyoviy reaksiyani sekinlashtiruvchi, har xil rangli ingibitor pigmentlar bilan obdan aralashtirib olinadi. Uning quyuq-suyuqligi ВЗ-4 asbobining teshigidan (diametri 4 mm) o‘tkazganda 40-60 soniya vaqt ketadi, ya’ni suvga nisbatan 4-5 marta quyuq degani. Rangi ko‘k, 15 daqiqada quriydi, 24 soat davomida suv shimuvchanligi 0,4% dan oshmaydi. Emalni temir yuzasini yonuvchanligi 170 g/sm2, betonniki esa 250-300 g/sm2 ga teng.
KO emal tarkibida ingibitor pigmentlar temir yoki sementli suvoqlar yuzasiga surtilgandan keyin, ob- havoning ta’sirida tezlashadigan buzuvchi kimyoviy reaksiyani (zanglash, nurash va h.k.) sekinlashtiradi, suvga va boshqa zararli muhitda chidamliligini oshiradi. KO emali surtilgan qatlam 60 marta quritib va namlanganda unda buzilish nuqsonlari bo‘lmaydi. Ishlatish uchun qulay suyuqlikdagi KO emalini olishda unga solvent yoki 1:4 nisbatda spirt-toluol eritmalarini qo‘llash mumkin. Bir metr yuzaga KO emal xarajati: temir bo‘lsa — 200, beton yuzaga 400 g ketadi.
NAMLANMAYDIGAN SUVLI POLIMER BO‘YOQLAR

Hozirgi vaqtda bino va inshootlarni pardozlashda, ta’mirlashda polimer tarkibli namlanmaydigan bo‘yoqlar hamda bo‘yoqli bo‘tqalar keng ishlatilmoqda. Jumladan, polimer ohak, polimer ohak sementli bo‘tqa shpatlevkasi kabi pardozlash ashyolari o‘zlarining ob-havo ta’siriga chidamliligi, nam sharoitda buzilmasligi, inson salomatligiga zararsizligi bilan boshqa bo‘yoqlardan afzaldir. Shuningdek, bunday bo‘yoqlarga qimmatbaho oq rangli pigmentlarni (rux oksidi, metapon va h.k.) ishlatish ehtiyoji qolmaydi. Namlanmaslik xususiyati uni yangi suvoq yuzasini ham pardozlash imkoniyatini tug‘diradi.



Yüklə 300,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin