E qosimov, M. Akbarov



Yüklə 300,42 Kb.
səhifə152/156
tarix14.04.2023
ölçüsü300,42 Kb.
#97707
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   156
LAKNING XOSSALARI
Laklar boshqa lak-bo‘yoq ashyolar kabi odatdagi sinashlardan, ya’ni qotish vaqti, qovushqoqligi, rangi, bo‘kishga chidamliligini aniqlashdan tashqari quyidagi faqat o‘zlariga xos usullar bilan ham sinab ko‘riladi.
Lakning siljib tekislanish xususiyatini aniqlash uchun uni tayyorlangan yuzaga mo‘yqalam bilan surtiladi. Bunda, mo‘yqalam bilan surtilganda paydo bo‘lgan izlar ma’lum vaqtdan keyin butunlay yo‘qolishi kerak. Laklarning tekislanish xususiyati izlarni yo‘qotish vaqtiga qarab aniqlanadi. Mo‘yqalam izlari lak surtilgandan keyin 10 daqiqa ichida yo‘qolsa, lakning tekislanishi yaxshi deb, izlar yo‘qolishi uchun 10 daqiqadan ortiq vaqt ketsa, sekin tekislangan deb, izlar 15 daqiqadan keyin yo‘qolsa, tekislanish qoniqarsiz deb hisoblanadi.
Yaltiroqligi ko‘z bilan chamalab aniqlanadi. Yaltiroqlik — yuqori, o‘rtacha, yarim jilosiz va jilosiz darajalarga bo‘linadi.
Laklarning silliqlanish xususiyati standartda ko‘rsatilgan muddatda qotgandan keyin aniqlanadi. Silliqlash uchun bir parcha suknoni pemza tosh kukuni va suvga tegizib lak surtilgan yuza ishqalanadi.
Lak surtilgan yuza silliqlangandan keyin tekis va jilosiz bo‘lsa, bunday lak qoniqarli hisoblanadi. Agar silliqlash vaqtida tekislab bo‘lmaydigan zarrachalar qolsa va silliqlash paytida lak yuzasi yumshasa, bunday lakning silliqlanishi qoniqarsiz deb hisoblanadi.
Polirovkalanish xususiyati belgilangan muddatlarda tekshirib ko‘riladi. Bir necha tomchi xom zig‘ir moyi tomizilgan va vino spirtiga ho‘llangan paxta tamponi bilan polirovka qilinadi. Polirovka qilingandan keyin tekis, chiroyli yaltiroq yuza hosil bo‘lishi kerak.
Lak pardaning namga chidamliligini tekshirib ko‘rish uchun sinalayotgan lak surtilgan po‘lat plastinkaning 2/3 qismi suvga botiriladi va g‘adir-budirlik, pufakchalar va ko‘chgan joylar paydo bo‘lganiga qarab bilib olinadi.
Lak pardaning qattiqligi tajribaxonada, mayatnikli asbob yordamida tekshirib ko‘riladi. Bu usul lak parda yuzasiga o‘rnatilgan mayatnik tebranishining so‘nish vaqtini shisha plastinka ustiga o‘rnatilgan shu mayatnik tebranishining so‘nish vaqtiga nisbatini topishga asoslangan.
Lak pardalarning zarbga pishiqligi tajribaxonada asbob yordamida aniqlanadi. Sinash usuli 1 kg keladigan yuk lok parda ustiga (unga shikast yetkazilmagan holda) qanday maksimal balandlikdan tashlanishini topishga asoslangan.

Yüklə 300,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin