E qosimov, M. Akbarov


Royka. Xodaning to‘lqinsimon doira shaklidagi quyi qismi royka



Yüklə 300,42 Kb.
səhifə27/156
tarix14.04.2023
ölçüsü300,42 Kb.
#97707
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   156
Royka. Xodaning to‘lqinsimon doira shaklidagi quyi qismi royka deb ataladi. Roykali xoda tilinganda, undan qurilish uchun yaroqli taxta kam chiqadi.
Amalda juda ko‘p uchraydigan nuqsonlardan biri — daraxt tanasi diametrining quyi qismidan uchiga tomon kichrayib borishidir. Bunday xoda tilinganda undan ko‘p miqdorda pushtaxta chiqadi. Qurilish uchun yaroqli pushtaxtaning mexanik xossalari sifatsiz bo‘ladi. Chunki arralash natijasida ko‘p tolalarining butunligi buziladi. Ko‘pincha daraxt zich sharoitda emas, balki yakka o‘ssa, uning tanasi to‘g‘ri bo‘lmaydi. Tananing egriligi bir yoki har tomonlama yo‘nalishda bo‘lishi mumkin. Bunday nuqson xodadan sifatli yog‘och ashyolari olishga imkon bermaydi.
Kren deb daraxtning nobop o‘sishi natijasida yillik qatlamlarining g‘ayritabiiy ravishda bir tomonlama yo‘g‘onlashishiga aytiladi. Kren daraxt tanasida ekssentrisitet hosil qiladi va uning bir tomonga egilishiga sabab bo‘ladi. Bunday holatni daraxt doimo bir tomonlama shamol ta’sirida bo‘lganida ko‘proq uchratish mumkin.
Ko‘zlar — yog‘ochning, xususan, duradgorlik hamda mebel ishlari uchun mo‘ljallangan taxtalarning jiddiy kamchiliklaridan biridir. Ko‘zlar yog‘och sifatini pasaytiradi, uskunalarda ishlashni qiyinlashtiradi va yog‘ochning mexanik xossalariga yomon ta’sir ko‘rsatadi. Bunday yog‘ochni ishlash vaqtida ko‘zi tushib ket- maydigan va yog‘ochning asosiy tanasiga ulanib o‘sgan sog‘lom butoqli (ko‘zli) yog‘och ashyolar uncha pishiq bo‘lmasada, ularni yog‘och konstruksiyalar uchun ishlatish mumkin. Tanadan chiqqan butoqning asosi deb ataluvchi bunday ko‘zlar, daraxtning bir butunligiga putur yetkazadi, undagi tolalar yo‘nalishini o‘zgartiradi. Yog‘ochning pishiqlik darajasi undagi ko‘zlar miqdori va joylanishi bilan aniqlanadi. Cho‘zilishga yoki egilishga ishlaydigan yog‘och konstruksiyalarda ko‘zlarning bo‘lishi xavflidir.
Daraxt butoqlarining katta-kichikligiga qarab, yog‘ochdagi ko‘zlar asosan quyidagi ikki guruhga bo‘linadi: to‘la yetilgan va yetilmay qurib qolgan ko‘zlar. Birinchi guruhga kiruvchi butoq asosi sog‘lom va o‘ta qattiq bo‘ladi. Sog‘lom ko‘zda hech qanday chirish alomatlari bo‘lmaydi, rangi jihatidan o‘zining bir oz to‘qligi bilan yog‘och rangidan ajralib turadi. Bu esa ko‘zning yupqa qatlamli va o‘ziga xos yillik halqalardan tashkil topganligini bildiradi. To‘la yetilgan butoqli xodadan yupqa taxtalar tilinsa ham, undagi sog‘lom ko‘zlar tushib ketmaydi, chunki ko‘zdagi yillik qatlamlar bilan tana qatlamlari juda pishiq bog‘langan bo‘ladi. O‘ta qattiq ko‘zlar ham sog‘lom yog‘ochlikka ega, ammo rangining juda to‘qligi uni yaqqol ajratib turadi. O‘ta qattiq ko‘zlar yog‘och smolaga to‘la to‘yingan va tarkibida har xil moddalar ko‘p bo‘ladi. Yetilmay qurib qolgan ko‘zlar yog‘och sifatini ancha pasaytiradi. Bunday ko‘zlar tilingan yog‘och ashyolarida yoriqlar hosil qilishi (ko‘z taxtadan chiqib ketadi) yoki yog‘ochda chirish kasalliklarining kelib chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Yetilmay qurib qolgan ko‘zlarda yillik qatlamlar tana qatlamlaridan ajralgan bo‘ladi. Quriganda bunday ko‘zlar osongina chiqib ketadi. Rangi qora, shuningdek, yumshab qolgan g‘ovak ko‘zli yog‘ochlarni qurilishda ishlatib bo‘lmaydi.
Daraxt tanasida butoqlarning joylanishiga va uning tanasi qanday yo‘nalishda tilinishiga qarab, ko‘zlar taxta yoki to‘sin sirtida doira, tuxumsimon, pona singari bo‘ladi. Tilingan yog‘och ashyolarda tana bilan tolalari ulanib ketgan ko‘zlar ko‘p uchraydi. Bunday ko‘zlar qoziq singari yog‘ochning o‘zak nurlari yo‘na- lishida joylashgan bo‘lib taxta yoki to‘sin sirtiga chiqib turadi.
Bargli va ignabargli tilingan ashyolarda, ayniqsa, qarag‘ayda panjasimon ko‘zlar ko‘p uchrab turadi. Taxta sirtida bunday ko‘zlar simmetrik ravishda joylashgan bo‘lib, tuxumsimon shaklda o‘zak tomon cho‘zilib ketadi. Taxta sirtidagi ko‘zlarning katta-kichikligini aniqlash uchun ularning diametri va oralaridagi masofa o‘lchab topiladi. Keyin, taxta yoki to‘sin sirtining necha foizini ko‘zlar tashkil etganligi aniqlanadi.
Yog‘ochning mustahkamligi undagi ko‘zlar soniga, katta-kichikligiga, shuningdek, yog‘och konstruksiyaning qaysi qismida joylashganligiga bog‘liq. Ayniqsa, yog‘och konstruksiyaning egi-luvchan qismida joylashgan ko‘zlar uning mustahkamligini juda pasaytiradi. To‘sinbop yog‘och balandligining 0,1 qismini ko‘z tashkil etsa, uning egilishga bo‘lgan mustahkamligi 10—12% ga, 0,25 qismi yirik ko‘zdan iborat bo‘lganda esa 25—30% ga kamayadi.
Agar taxta to‘sin yoki boshqa duradgorlik buyumlarida chirigan yoki rangi o‘zgargan ko‘zlar bo‘lsa, ularga ishlov berish kerak.

Yüklə 300,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin