Yog‘ochning xususiyatlarini yaxshilash usullari va uning tuzilishini aytib bering?
Yog‘och me’mor ustalari ijodi haqida gapirib bering?
Yog‘och teksturasi haqida gapirib bering?
Yillik halqa, ertagi va kechki yog‘och haqida so‘zlang?
Daraxt tanasidagi ko‘zlar, yoriqlarni izohlang.
Yog‘ochning fizik-mexanik xossalari, ularga zamburug‘ va qurtlarning ta’siri nimalarda ifodalanadi?
Qurilishda qanday turdagi yog‘ochlar ishlatiladi?
Yog‘och o‘ymakorligini misollar bilan tushuntirib bering?
bob
PARDOZBOP TOG‘ JINSLARI TOG‘ JINSLARI HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHA Tabiiy tosh yog‘och singari eng qadimiy qurilish ashyolaridan hisoblanadi. Insoniyat ilk bor toshdan mehnat asboblari va qurollarini ishlagan. Tabiiy toshlar juda serobligi, mustahkamligi hamda chidamli bo‘lganligi sababli boshpanalar qurishda asosiy qurilish ashyolari sifatida qo‘llanila boshladi. Tog‘ jinslari, asosan, mexanik ravishda qayta ishlangan (bloklar, plitalar va h.k.) yoki tabiiy holatda (qum, shag‘al), shuningdek, maxsus texnologik jarayonlarda qayta ishlab olingan (bog‘lovchilar, sopol, shisha va boshqalar), qurilish ashyolari sifatida ishlatiladi.
Bunday tog‘ jinslarining tuzilishi ularni tashkil topish sharoitiga bog‘liq bo‘ladi va tuzilishi, hamda teksturasiga ko‘ra boshqa tog‘ jinslaridan ajralib turadi.
TOG‘ JINSLARINING TARKIB TOPISHI VA KLASSIFIKATSIYASI Yer qatlamida joylashgan tog‘ jinslari paydo bo‘lishiga ko‘ra uch guruhga bo‘linadi: magmatik (vul- qondan otilib chiqqan) yoki birlamchi jinslar, cho‘kindi yoki ikkilamchi jinslar —metamorf jinslar (3.1- rasm).
Yer qatlamining quyi qismi magma deb ataluvchi yuqori haroratda erigan bo‘tqadan iborat. O‘zining tarkibiga ko‘ra, u yer qatlamidan kam farq qiladi. Magmaning yer yuzasiga otilib chiqqan qismi magmatik (yoki otilib chiqqan) jinslar deb ataladi. Tabiiy sharoitda shakllangan magmatik jinslar turli mineralogik tarkibga va tuzilishga ega bo‘ladi. Binobarin, ularning texnik xususiyatlari ham bir xil bo‘lmaydi.
Granit — qurilishda keng tarqalgan chuqurdagi magmatik yaxlit pardozbop tog‘ jinsi. U bir tartibli — kristall jins bo‘lib (3.2-rasm), asosan kvars (20—40%), dala shpati — ortoklaz (40—70%) va slyuda (5— 20%) dan tashkil topgan. Bundan tashqari granit tarkibida ishqorli plapgioklaz, rogovaya obmanka kabi minerallar ham uchraydi.