E qosimov, M. Akbarov


Xomashyo tarkibiga ko‘ra sopol xossalarining o‘zgarishi



Yüklə 300,42 Kb.
səhifə48/156
tarix14.04.2023
ölçüsü300,42 Kb.
#97707
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   156
Xomashyo tarkibiga ko‘ra sopol xossalarining o‘zgarishi. Pishirilgan ashyolar va buyumlarni tayyorlashda loydan tashqari diatomit, trepel, opok va qum kabi jinslar ham ko‘p ishlatiladi. Loydan sopol buyumlar tayyorlash uchun tuproqning yaroqli ekanligi, uning kimyoviy tarkibiga va mayda-yirikligiga, plastiklik va issiqqa chidamliligiga qarab aniqlanadi. Loy tarkibidagi SiO2 —40...50%, Al2O3 — 40...50%, Fe2O3 — 9...15%, MgO — 0,9...4,0%, CaO — 0,5...2,5%, Na2O va K2O kabi oksidlar miqdorining o‘zgarishi bilan uning fizik-mexanik xususiyati, tuzilishi va rangi ham o‘zgaradi. Masalan, loy tarkibida kremniy (SiO2) miqdori ortib ketsa, uning plastiklik xususiyati kamayadi; giltuproq (Al2O3) sopol buyumlarning rangini oqartiradi va issiqqa chidamliligini oshiradi. Sopol buyumlarning issiqqa chidamsizligiga va uning erish haroratining pasayishiga sabab, undagi temir oksidi (Fe2O3) miqdorining ko‘payishidir. Bundan tashqari, sopol buyumlarda Fe2O3 miqdori o‘zgarsa, ularning rangi och-binafshadan to‘q-qizilga aylanishi mumkin. Loy tarkibidagi magniy va kalsiy oksidlari (MgO, CaO) tez eruvchan modda bo‘lganligi sababli, ular sopol buyumlarning g‘ovakligini oshiradi, natijada ularning og‘irligi bilan issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsienti kamayadi. Loy tarkibidagi natriy va kaliy oksidlari (Na2O, K2O) esa buyumlarning zichligini oshiradi va pishirish haroratini kamaytiradi. Ma’lumki, xomashyobop sog‘ tuproq tarkibida kvars, slyuda, dala shpati kabi tog‘ jinslaridan tashqari, unda zararli aralashmalar ham bo‘lishi mumkin. Bunday aralashmalarga, asosan, tarkibida CaCO3 ko‘p bo‘lgan bo‘r, dolomit kabi jinslar kiradi. Loy tarkibidagi CaO buyum pishirilgandan keyin ham unda erkin holatda qoladi va buyumga suv ta’sir etganda u tez sur’atda so‘nadi. Keyin hosil bo‘lgan Ca(OH)2 kristallanib buyumning hajmi kengayadi, natijada buyumda mayda darzlar yoki yoriqlar hosil bo‘ladi. Loyning muhim xususiyatlaridan yana biri — uning plastikligidir. Bu ko‘rsatkich loy tarkibiga, shuningdek, undagi zarrachalarning granulometrik xossasiga, ya’ni ularning mayda-yirikligiga bog‘liq. Qum, shamot, to‘yingan toshqol, toshko‘mir yoki torf kuli loyning plastikligini kamaytiradi. Bunday qo‘shilmalar loy qorishmasining qurish vaqtida kirishishini kamaytiradi. Masalan, loy qurigandan keyin 12% ga kirishsa,
yuqoridagi qo‘shilmalar bilan tayyorlanganda esa uning kirishishi 2-6% ga kamayadi.
Sopol buyumlarni pishirish haroratini kamaytiruvchi qo‘shilmalar yoki flyuslarga dala shpati, pigmentlar, shisha maydasi, kvars va boshqalar kiradi. Buyumning g‘ovakligini oshirish uchun unga loyli mergel, to‘yingan dolomit, bo‘r, yog‘och qipig‘i, toshko‘mir maydasi, tuyilgan koks, torf changi va boshqalar qo‘shiladi. Loy qotishmasidan ishlangan buyumning yuqori harorat ta’sirida egilmasdan o‘z shaklini o‘zgartirmaslik xususiyati sopol buyumlarning o‘tga chidamliligi deb ataladi.
Loylar o‘tga chidamli (erish harorati 1580°C dan yuqori), qiyin eruvchan (erish harorati 1580—1350°C) va oson eruvchan (erish harorati 1350°C dan past) loylarga bo‘linadi.
Loy qorishmasi 100—110°C ga isitilganda undagi erkin, kimyoviy birikmagan suvlar bug‘lana boshlaydi. Harorat 450—650°C ga ko‘tarilganda kimyoviy birikkan gidrat suvlar yo‘qoladi va suvli kaolinit (Al2O  2SiO2  2H2O) suvsiz holatga o‘ta boshlaydi. 650—800°C da kaolinit parchalanib giltuproq (Al2O3) va kremniyga (SiO2) ajraladi. Haroratning ko‘tarilishi natijasida bu moddalar eritma holatida o‘zaro boshqa minerallar bilan kimyoviy reaksiyaga kirishadi. Kalsiy va magniy karbonatlarning dissotsilanishi (ya’ni parchalanishi) va organik birikmalarning kuyib yo‘q bo‘lishi 960°C da ro‘y beradi. Loyni 700—800°C ga qizdirganda u suvda ta’sirlanmaydigan, mustahkamligi kam bo‘lgan g‘ovak jismga aylanadi. Ko‘pgina loy g‘ishtlar, asosan 1000—1100°C da pishiriladi. Bunda loydagi ko‘pgina moddalar parchalanadi, undagi gazlar va suv yo‘qoladi. Sopol buyumni pishirish jarayonida haroratning yanada ko‘tarilishi uning zichligini, mustahkamligini oshiradi, bu esa undagi oson eruvchan va organik moddalarning erishi hisobiga hosil bo‘lgan toshsimon klinkerni hosil qiladi. Bunday oson eruvchan moddalar erib, buyumdagi bo‘shliqlarni to‘ldiradi va uni zichlaydi. Natijada buyum hajmi biroz kichrayadi. Bunga loyning o‘t ta’sirida kirishishi deb ataladi.
Loyda kaolinit va kuydirish haroratini pasaytiruvchi qo‘shilmalar miqdori kam bo‘lsa, uning o‘tga chidamliligi ortadi.



Yüklə 300,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin