«Kulol» AU da pardozbop va boshqa sopol ashyolari ishlab chiqarish rejasi
«Kulol» AU si (sobiq Angren sopol buyumlari kombinati) 1966-yildan beri ishlaydi va xozirgi kunda uning ish unumi quyidagicha: sopol quvurlari — 532 km; santexnika buyumlari —750 ming dona; ichki devorlar uchun plitkalar — 500 ming m2; polbop sopol plitkalar — 1800 ming m2; qolipbop gips — 600 tonna; tibbiy gips — 1000 tonna; qayta ishlangan ikkilamchi kaolin — 55000 tonna; san’at sopol buyumlari — 500 tonnani tashkil etadi. Ammo, kombinat texnologiyasi eskirgan mashina uskunalarga asoslangan. Tayyorlanadigan mahsulotlar jahon standartlariga javob bermaydi. Kombinatning tashabbusi bilan xorijiy aloqalarni o‘rnatib, zamonaviy texnologiya asoslarida sopol buyumlari ishlab chiqarish choralari ko‘rilmoqda.
Chexiya respublikasining ajratgan grantiga gips qoliplar va namunalar olindi. Sopol ashyolari ishlab chiqarish uchun asosiy xomashyo kaolinni qayta ishlab zamonaviy buyumlar olish yo‘lga qo‘yilmoqda. Buning uchun «Kaolin» qo‘shma korxonasi, «Kulol» AU si zaxiralardan kaolin olish ustida ish olib bormoqdalar. Quyidagi 4.3-jadvalda kombinatni 2005-yilgacha ishlab chiqaradigan santexnika buyumlari rejasi keltirilgan.
Hozirda Toshkent qurilish ashyolari kombinati, Angren sopol buyumlari kombinati polbop plitkalar ishlab chiqarmoqda.
Qoplama va pardozbop sopol buyumlarini O‘zbekistonda ishlab chiqarish hajmi 4.2-jadvaldan ko‘rinib turibdiki, sopol plitkalarning tanqisligi, mavjud yangi texnologiyalar bilan ta’minlash (3530 ming m2 sirlangan plita) va 4 ta yangi (quvvati 3350 ming m2) har xil turdagi plitkalarni ishlab chiqaruvchi zavodlar qurilishi hisobiga qoplanadi.
4.3-jadval
Respublikada santexnika buyumlari ishlab chiqarish
Hozir respublikada 23232 mm li o‘lchamlardagi gilam gulli — milliy nusxadagi plitkalarni ko‘plab ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.
Sopol plitkalarni ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan xomashyo zaxiralari respublikaning deyarli hamma xududlarida bor. Quvasoy, Angren va boshqa xududlardagi sog‘tuproq zaxiralari sopol buyumlar ishlab chiqarish uchun yaroqli xomashyodir.
Sopollar va ularning tarkibi.
Dostları ilə paylaş: |