E qosimov, M. Akbarov



Yüklə 300,42 Kb.
səhifə82/156
tarix14.04.2023
ölçüsü300,42 Kb.
#97707
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   156
PORTLANDSEMENT

Tarkibi asosan (70—80%) silikat kalsiydan tashkil topgan gidravlik bog‘lovchi moddaga portlandsement deb ataladi. Portlandsement qisman erib tosh holatga aylangan klinkerni gips yoki boshqa qo‘shilmalar bilan birgalikda tuyishdan hosil bo‘lgan gidravlik bog‘lovchi moddadir.


Portlandsement xossalarini o‘zgartirish, shuningdek, uning tannarxini kamaytirish maqsadida klinkerga faol — gidravlik va inert mineral qo‘shilmalar qo‘shiladi.
Portlandsement klinkeri o‘lchamlari 10—20 mm dan 50—60 mm gacha mayda va yirik donalar ko‘rinishida olinadi.
Klinkerning kimyoviy tarkibi katta oraliqda o‘zgarib turadi. Portlandsementning klinkerini ishlab chiqarish
uchun xomashyo sifatida gil (30%) va ohaktosh jinslar (65—70%) ishlatiladi.
Hozirgi kunda portlandsementning quyidagi asosiy turlari ishlab chiqariladi:

  • tarkibida 30—70% donador domna toshqoli bo‘lgan toshqol portlandsement;

  • tarkibida 20—45% putssolan qo‘shilmasi bo‘lgan putssolan portlandsement;

  • tez qotuvchan portlandsement;

  • plastik va gidrofob portlandsement;

  • tarkibida ko‘pi bilan 50% C3S va 5% C3A bo‘lgan sulfatga chidamli portlandsement;

  • o‘rtacha ekzotermiyali portlandsement;

  • oq va rangli portlandsementlar.



PORTLANDSEMENTNI ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIYASI
Portlandsement klinkeri ishlab chiqarishda xomashyo sifatida tarkibida kalsiy karbonat ko‘p bo‘lgan karbonat tog‘ jinslari va tarkibida kremniy, aluminiy hamda temir oksidlari bo‘lgan gillar, shuningdek, gil va kalsiy karbonatning tabiiy aralashmalari (mergellar) ishlatiladi.
Kalsiy karbonat jinslar tabiatda ohaktosh, bo‘r, ohaktosh-tuf, ohaktosh-chig‘anoq va marmar holida uchraydi.
Portlandsement klinkeri ishlab chiqarishda quyidagi asosiy texnologik bosqichlar bajariladi:

  • ohaktosh va gil qazib olish;

  • xomashyolarni tayyorlash;

  • yoqilg‘ini tayyorlash;

  • xomashyolarni kuydirish;

  • klinkerni qo‘shilmalar bilan birga tuyish;

  • portlandsementni omborga joylash.

Xomashyolar suv ishtirokida tayyorlansa, portlandsement ishlab chiqarish «ho‘l» usul deb, quruqligicha tayyorlansa «quruq» usul deb ataladi. Qaysi usulni tanlash texnologik va texnik-iqtisodiy xarakterdagi bir qator omillarga bog‘liq. Garchi texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlar jihatidan quruq usul afzalroq bo‘lsa ham, hozirgi vaqtda bir qator mamlakatlarda, shuningdek, Rossiya va AQSh da ho‘l usul keng tarqalgan. Quruq usul Yaponiya, Germaniya va Italiyada keng tarqalgan. Hozirgi kunda mamlakatimizda quruq usulni ko‘proq qo‘llash masalasi ko‘rib chiqilmoqda.
O‘rta Osiyoda birinchi marotaba «quruq usul» deb ataladigan texnologiya asosida Navoiy shahrida sement ishlab chiqaruvchi zavod ishga tushirildi. Bunda xomashyoni kuydirish uchun sarflanadigan yonilg‘ining 30— 35% i tejaladi. Bu usul yordamida olib boriladigan ish jarayonida ko‘p chang ajralib chiqqanligi uchun uzoq vaqt qo‘llanmay kelindi. Haqiqatan ham sement changi uzoq masofadagi havoni ifloslantirib, atrof muhitga ma’lum darajada zarar keltiradi. Yangi korxonada xomashyoni kuydirishga tayyorlovchi ulkan (balandligi 20 qavatli binoga teng) siklonli issiq almashtirgichlar o‘rnatilgan. Ular qo‘shimcha chang tozalash moslamalari bilan birgalikda havoni ham tozalaydi. Bu korxonada ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirishning yuqori darajasi yo‘lga qo‘yilgan. Hozirgi zavodlarda ishlab turgan eng yirik aylanuvchi xumdonlarning diametridan 1,5-2 barobar katta — 7 metr diametrli va uzunligi 95 metr bo‘lgan o‘choqlar ilk bor o‘rnatildi.
Sementni «quruq» usulda ishlab chiqarish Germaniyada 90%, Yaponiyada 78%, Chexiyada 64%, Vengriyada 55%, Bolgariyada 45%, Amerikada 42% ni tashkil etadi. Bu usulga mo‘ljallab qurilgan zavodlar so‘zsiz katta iqtisodiy samara beradi.
Ohaktoshlarning yirik bo‘laklari 100-200 mm o‘lchamda, jag‘li maydalagichlarda bir marta maydalab olinadi. Xomashyo ikkinchi safar odatda, bolg‘ali va konus maydalagichlarda 10—30 mm o‘lchamgacha, so‘ng oxirgi marta suyuq loy bilan zoldirli tegirmonlarda maydalanadi.
Ohaktosh bilan gil birga maydalanishi tufayli tarkibiga kiradigan ashyolar juda yaxshi aralashadi. Suyuq loy quyqasi — shlamning (suyuq ohaktosh va loy aralashmasi) namligi 34—40% ga teng.
Xomashyo aralashmasini tayyorlashga ohaktosh, gil va qo‘shilmalarni maydalash, tarozda tortish, birgalikda komponentlarni mayin qilib kukunlash va aralashtirish, hosil bo‘lgan aralashma tarkibini moslash va uni saqlash kabi bosqichlar kiradi.
1 t portlandsement tayyorlash uchun 2,5—3 t xomashyo, ko‘mir va klinkerni maydalash kerak. Shu ishlarni bajarishga sement ishlab chiqarish uchun sarflanadigan elektr energiyasining 60—80% i sarf bo‘ladi.
O‘choq 3 xil tezlikda, ya’ni 1 daqiqada 0,5, 0,75 va 1 marta aylanishi mumkin. O‘choq qiya o‘rnatilgani uchun u aylanganida ashyo baraban ichida pastga surilib tushadi. Aylanma o‘choqning uzunligi 185 m va diametri 5 m ga teng. Kuydiriladigan ashyo yuqori haroratdagi olovga qarshi tomon harakat qiladi. Natijada, tashqi havo haroratiga suyuq shlam asta-sekin erib, qovushib, pishish haroratigacha (1450°C) qiziydi. Qisman erib qovushib pishayotgan klinker, ayniqsa, o‘choqning aylanma harakati tufayli hosil bo‘lgan klinkerning dumaloq donalari borgan sari zichlashib yuqori mustahkamlikka ega bo‘la boshlaydi. So‘ngra shu usulda hosil bo‘lgan klinkerning dumaloq donalari o‘choq oxiridagi sovuq havo oqimiga duch kelib, qotib qoladi.
Umuman, portlandsement ishlab chiqarish texnologiyasida tuyish eng ko‘p energiya sarflanadigan bosqichlardan biri hisoblanadi. Tuyilgan sementlarning solishtirma yuzasi 300—350 m2/kg va 400-450 m2/kg ga teng. Sement kukuni zarrachasining o‘lchamlari asosan 5—10 mkm dan 30—40 mkm gacha bo‘ladi. Sementlarning solishtirma yuzasi ortgan sari uning mustahkamligi va qotish tezligi ortadi, chunki zarrachalarning faol sathi o‘sadi.



Yüklə 300,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin