Genetik gyetrogenlik gen kasalliklarining harakterli xususiyatidir. Gen
kasalligining ma`lum klinik shakli har xil lokusdagi genlar mutatsiyasi yoki bitta
lokusdagi genning ko‘p marta mutatsiyalanishi (ko‘p allelizm) natijasida yuzaga
chiqadi va bir xil fenotip bilan xarakterlanadi. Genetik gyetrogenlik va klinik
polimorfizmni bilish shifokor amaliyotida katta ahamiyatga ega. Bu
xususiyatlarni bilmasdan turib to‘g‘ri tashxis qo‘yish, davolash usullarini tanlash,
tibbiy genetik maslahat o‘tkazish qiyin.
|