Testlar:
1. 18 yoshli bemor UASH ga tana haroratining subfebril darajaga ko’tarilishi, bo’g’imlarda og’riq, tez charchash, jismoniy zo’riqishda xansirash shikoyatlari bilan keldi. Uzoq vaqtdan beri surunkali tonzillit bilan og’riydi. Oxirgi kasallikning qo’zishidan 2 hafta o’tib, yuqoridagi shikoyatlar paydo bo’ldi. Obyektiv ko’rikda: yurak chegaralari o’zgarishsiz, tonlari bo’g’iqlashgan, yurakni chap qismidan eshitilganda nozik sistolik shovqin. Puls minutiga 92ta. Ichki organlarda boshqa patologiya aniqlanmadi. UQT: leykotsit 9.5 х109, ECHT 29mm/soat, C-reaktiv oqsil +++, ASL-O 1:600, EKG da: PQ-0.28 sek.
1. Sizning taxminiy tashxisingiz:
а) revmatoid artrit
b) tizimli sklerodermiya
c) tizimli qizil bo’richa
d) revmatizm
e) dermatomiozit
2. Bu kasallik rivojlanish sababi:
а) xlamidiya
b) A guruhdagi b-gemolitik streptokokk
c) purin almashinuvining buzilishi
d) bo’g’im tog’aylari degeneratsiyasi
e) o’tkazilgan virusli kasallik
3. Qaysi kasallik bilan differensial diagnostika o’tkazilmaydi:
а) infeksion endokardit
b) tizimli qizil bo’richa
c) revmatoid artrit
d) infeksion miokardit
e) gipotireoz
2. Yozda janubda dam olgan ayolning yuzida eritema, poliartrit, sochlarning to’kilishi, yurak urib ketishi va tana haroratining 39 gacha ko’tarilishi paydo bo’ldi.
1.Sizning taxminiy tashxisingiz:
а) dermatomiozit
b) tizimli sklerodermiya
c) tizimli qizil bo’richa
d) tugunchali periarteriit
e) revmatizm
2. Qaysi laborator tekshiruv bu kasallikning diagnostikasida ahamiyatli:
а) qonda LE-hujayralarning topilishi
b) qonda siydik kislotalarining topilishi
c) HLAB -27 ni aniqlanishi
d) antistreptokokk antitanachasining aniqlanishi
e) Vasserman reaksiyasining musbatligi
3. Bu kasallikni davolash uchun bazis preparatni tanlang:
а) etamid
b) kolxitsin
c) sulfasalazin
d) prednizolon
e) kurantil
3. Statsionarga yosh ayol quruq yo’tal, xansirash, mayda bo’g’imlardagi og’riq shikoyatlari bilan yotqizildi. Oxirgi oylarda ozish, soch to’kilishi, yuzda qizil toshma, uzoq vaqt davom etuvchi isitma bezovta qilgan.
1. Sizning taxminiy tashxisingiz:
а) TQB
b) dermatomiozit
c) tizimli sklerodermiya
d) tugunchali periarteriit
e) allergik dermatit
2. Tashxisni tasdiqlash uvhun qanday qo’shimcha tekshiruvlar zarur:
а) KFK miqdori
b) antinuklear faktor
c) flyuorografiya
d) balg’amning bakterial ekmasi
e) LE-hujayralarini aniqlash
4. 16 yoshli bemor UASH ga tana haroratining ko’tarilishi, bo’g’imlardagi og’riq, yuzdagi qizil toshmalarga shikoyat qilib keldi. Ko’rikda tarqalgan shishlar, UST da yuqori proteinuriya.
1. Sizning taxminiy tashxisingiz:
а) TQB
b) tizimli sklerodermiya
c) dermatomiozit
d) tugunchali periarteriit
e) Takayasu kasalligi
2. Bu bemor buyragi biopsiyasida qanday o’zgarishlar aniqlanadi:
а) gemotoksil tanachalar
b) kapillyarlarda amiloid to’plami
c) “sim ilgagi” ko’rinishidagi kapillyarlar membranasi
d) kanalchalar bazal membranasida immunokomplekslar to’plami
e) kanalchalar sklerozi
5. 25 yoshli erkak umurtqa pog’onasining bel qismida, yelka bo’g’imidava nafas olish vaqti ko’krak qafasida og’riq seza boshladi. Obyektiv: bel mushaklarining taranlashishi, umurtqa pog’onasi bel qismining harakati cheklanganligi.
1. Tashxis qo’ying:
а) Bextereb kasalligi
b) revmatoid artrit
c) deformatsiyalovchi osteoartroz
d) reaktiv artrit
e) revmatik poliartrit
2. Berilgan kasallik shaklini aniqlang:
а) markaziy
b) periferik
c) rizomielik
d) skandinav
e) visseral
6. 25 yoshli erkakda birdaniga tana harorati 39 gacha ko’tarildi, yelka, chanoq va son mushklarida kuchli holsizlik va og’riq bezovta qildi. Artralgiya tufayli harakati yo’qoldi. Yuzida va bo’ynida yaqqol eritema. QBT: KFK 4.3mkkat/l, AST 1.2mmol/l, ALT 2.3mmol/l, fibrinogen 7gr/l, C-reaktiv oqsil +++, alfa 2 globulin 15%, b-globulin 22%.
1. Sizning tashxisingiz:
а) dermatomiozit
b) tizimli sklerodermiya
c) TQB
d) revmatoid artrit
e) revmatizm
2.Tashxisni aniq qo’yish uchun qanday tekshiruv o’tkazilishi zarur:
а) qon ekmasi
б) miografiya
в) bo’g’imlar rentgenografiyasi
г) teri va mushak biopsiyasi
д) siydik ekmasi
7. 58 yoshli bemorda isitma, AQB ko’tarilishi, qo’l kaftining mayda bo’g’imlarida og’riq va harakat cheklanishi, palpatsiyada 0.5sm li teri osti tugunlari aniqlandi. ECHT 35mm/soat. USTda: solishtirma og’irligi 1012, oqsil 4.8gr/l, o’zgargan eritrotsitlar 6-8, mumsimon silindrlar 2-3.
1. Taxminiy tashxis:
а) TQB
b) revmatoid artrit
c) osteoartroz
d) gemorragik vaskulit
e) tugunchali periarteriit
2. Tashxisni tasdiqlash uchun qo’shimcha tekshirish usulini aniqlang:
а) qon biokimyoviy tahlili
b) bo’g’imlar rentgenografiyasi
c) teri mushak loskuti biopsiyasi
d) koagulogramma
e) ekskretor urografiya
3. Bu kasallikning eng effektiv davolovchi preparati:
а) azotioprin
b) prednizolon
c) krezanol
d) struktum
e) allapurinol
8. Bemor 37 yosh. Obyektiv: qo’l kaftining zich, qattiq shishi, periartikulyar to’qimaning kalsinozi. Qo’llar terisining mramorligi va sovuqligi, teleangioektaziyalar, barmoqlar uchida yarali o’zgarishlar, niqobsimon yuz.
1. Sizning taxminiy tashxisingiz:
а) TQB
b) tizimli sklerodermiya
c) revmatoid artrit
d) DOA
e) tugunchali periarteriit
2. Bu kasallikni tasdiqlovchi eng informativ tekshirish usulini tanlang:
а) UQT
b) rentgenografiya
c) teri biopsiyasi
d) qon biokimyoviy tahlili
e) bo’g’imlar punksiyasi
3. Berilgan bemorni davolash uchun qanday preparat zarur:
а) butamid
b) prednizolon
c) oltin preparatlari
d) struktum
e) plakvenil
9. 40 yoshli bemor ayol qo’l barmoqlari muzlashi, yuzning tortilishi hissi, yutishning buzilishi, bo’g’imlardagi shish va tana haroratining 38 gacha ko’tarilishiga shikoyat qilmoqda.
1. Bemor ko’rigida qanday patologik o’zgarishlar topilishi mumkin:
а) yirik bo’g’imlarning kattalashishi va deformatsiyasi, mahalliy haroratning ko’tarilishi, ular ustidagi terining qizarishi
b) teleangioektaziyalar, paraorbital shish, mushaklar atrofiyasi
c) yuz amimiyasi, teri induratsiyasi, og’iz atrofi “kiset choki” ko’rinishida, oxirgi falangalarning yupqalashishi
d) qo’l kafti shaklining “sosiskasimon” o’zgarishi
e) beldagi eritematoz toshmalar
2. Yuqoridagilarga asosan tizimli sklerodermiya tashxisi qo’yildi. Berilgan tashxisni tasdiqlash uchun quyidagi tekshirish usullaridan qaysi biri eng informativ:
а) qonda: leykotsitlarning va ECHTning ko’payishi, anemiya
b) qonda LE-hujayralarining topilishi
c) HLA B27 antigening aniqlanishi, ECHT ko’payishi
d) disproteinemiya, seromukoidning ortishi
e) teri bipsiyasida: to’qimlarning fibtoz deformatsiyasi
f) revmatoid omilning aniqlanishi
3.Berilgan kasallikni quyidagi qaysi kasalliklar bilan differensial diagnostikasi o’tkazilishi kerak:
а) TQB
b) reaktiv artrit
c) dermatomiozit
d) tugunchali periarteriit
e) Shenleyn-Genox kasalligi
f) brutsellyoz
Dostları ilə paylaş: |