224-modda. O’limni qayd etishning alohida hollari Temir yo’l yoki avtomobil transportida sodir bo’lgan o’limni qayd etish yaqinroq joydagi fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
Havo yoki suv kemasida sodir bo’lgan o’limni qayd etish havo kemasi erga qo’ngan joydagi yoki suv kemasi to’xtagan portdagi fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
SHaxsi aniqlanmaganlarning o’limini qayd etish davlat sog’liqni saqlash tizimi tibbiy muassasasining xabariga asosan shu muassasa joylashgan erdagi fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi tomonidan amalga oshiriladi. Bu hollarda o’lik haqidagi guvohnoma marhumning shaxsi aniqlangandan keyingina beriladi.
225-modda. O’limni qayd etishda taqdim etiladigan hujjatlar O’limni qayd etish uchun fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organiga o’lim haqidagi tibbiy guvohnoma yoki sudning fuqaroni vafot etgan deb e’lon qilish haqidagi hal qiluv qarori, shuningdek marhumning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etiladi.
28-bob. Familiya, ism va ota ismini o’zgartirish 226-modda. Familiya, ism va ota ismini o’zgartirish haqidagi arizalarni ko’rib chiqish tartibi Familiya, ism va ota ismini o’zgartirish haqidagi arizalar ariza beruvchi o’n olti yoshga to’lgandan keyin u yashab turgan joydagi fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi tomonidan ko’rib chiqiladi.
Familiya, ism va ota ismini o’zgartirish to’g’risidagi xulosa ichki ishlar organlari tomonidan ushbu shaxs tegishlicha tekshiruvdan o’tkazilgandan keyingina tuzilishi mumkin.
Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organining familiya, ism va ota ismini o’zgartirishni rad etganligi ustidan sud tartibida shikoyat qilinishi mumkin.
227-modda. Familiya, ism va ota ismini o’zgartirish oqibatlari Familiya, ism va ota ismi o’zgartirilganda fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish daftarlari yozuvlariga tegishli o’zgartishlar kiritadi.
Er (xotin)ning familiyasi o’zgartirilishi (unga nisbatan otalik belgilanganda ham) xotin (er)ning hamda uning voyaga etgan bolalari familiyasini o’zgartirishga sabab bo’lmaydi.
Ota-ona har ikkalasining familiyasi o’zgartirilganda ularning o’n olti yoshga to’lmagan bolalari familiyasi ham o’zgartiriladi.
Agar ota-onadan biri o’z familiyasini o’zgartirsa, ularning o’n olti yoshga to’lmagan bolalari familiyasini o’zgartirish masalasi ota-onaning kelishuviga binoan, bunday kelishuv bo’lmaganda esa, vasiylik va homiylik organlari tomonidan hal etiladi.
Ota ismining o’zgartirilishi uning o’n olti yoshga to’lmagan bolalarining ota ismi albatta o’zgartirilishiga sabab bo’ladi.