Education in Malaysia


-modda. Nikohni qayd etish uchun taqdim etiladigan hujjatlar



Yüklə 1,82 Mb.
səhifə103/124
tarix28.03.2023
ölçüsü1,82 Mb.
#90806
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   124
213-modda. Nikohni qayd etish uchun taqdim etiladigan hujjatlar
Nikohga kirishni xohlovchilar ariza berish chog’ida o’z shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni, ilgari nikohda bo’lgan shaxslar esa, avvalgi nikoh tugatilganligi haqidagi hujjatlarni ham taqdim etishi lozim.
214-modda. Nikohga kirayotganda familiya tanlash
Nikohlanuvchi shaxslar nikohga kirish to’g’risidagi arizalarida umumiy familiya olish yoki nikoh tuzilganidan keyin ham o’z familiyasida qolish haqidagi istaklarini ko’rsatishlari shart.
215-modda. Nikoh tuzilganligi to’g’risida guvohnoma. Hujjatlarga qo’yiladigan belgilar
Nikoh tuzilganligi qayd etilganidan keyin nikoh tuzilganligi to’g’risida guvohnoma beriladi.
SHu bilan bir vaqtda shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarga nikoh qayd etilganligi to’g’risida belgi qo’yiladi.
Er-xotindan birining familiyasi o’zgarganda shaxsni tasdiqlovchi hujjatga uni almashtirish lozimligi to’g’risida belgi qo’yiladi.
216-modda. Fuqaroligi bo’lmagan shaxslar bilan nikoh tuzilganligini qayd etish
O’zbekiston Respublikasi fuqarolarining O’zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi fuqaroligi bo’lmagan shaxslar bilan nikoh tuzganligini qayd etish umumiy asoslarda amalga oshiriladi.
217-modda. Nikoh tuzilganligini qayd etishning alohida hollari
Tergov hibsxonalarida, ozodlikdan mahrum etish tariqasidagi jazoni ijro etuvchi muassasalarda saqlanayotgan shaxslar bilan tuziladigan nikohni qayd etish ushbu muassasa joylashgan erdagi fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Kiritilgan o’zgartishlar va qo’shimchalar bo’yicha xronologik jadvalga qarang
26-bob. Nikohdan ajralishni qayd etish
218-modda. Er-xotinning o’zaro roziligi bo’lganda nikohdan ajralishni qayd etish
Er-xotinning o’zaro roziligi bo’lganda nikohdan ajralishda ariza beruvchilar fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organiga bergan arizalarida o’rtada voyaga etmagan bolalari va mulkiy nizolari yo’qligini tasdiqlashlari shart.
Nikohdan ajralish ariza beruvchilarning yashash joyidagi fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organiga ariza berilgan kundan boshlab uch oy muddat o’tgach qayd etiladi.

Yüklə 1,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin