Education in Malaysia


BIRINCHI BOBGA DOIR XULOSALAR



Yüklə 1,82 Mb.
səhifə117/124
tarix28.03.2023
ölçüsü1,82 Mb.
#90806
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   124
BIRINCHI BOBGA DOIR XULOSALAR

Birinchi bobga doir materiallarni o’rganish tufayli shuni alohida ta’kidlash joizki, asrlar davomida o’zbek oilasi mustahkam va baxtli bo’lishi uchun o’zida yaxshi ma’nodagi paternalizm tamoyilini asrab kelmoqda. Paternalizm (lot. Pater – ota, paternus – otalarcha,) – kishilar ongiga “otalarcha g’amxo’rlik” va “ijtimoiy sheriklik” g’oyasini singdirishga qaratilgan qarash va faoliyat majmuidan iborat.


Birinchidan, oila muhitidagi paternalizm – otaning obro’-e’tiborliligi, farzandlar tarbiyasi va oila farovonligidagi o’z o’rni va mas’uliyatini anglashi va buning oila a’zolari tomonidan ongli e’tirof etilishidir.
Ikkinchidan, bundan tashqari, ushbu tushuncha oiladagi keksalar, qariyalar, yoshlar, yordamga muhtojlar yoki iqtidorlilarga hamisha ko’maklashish, ular uchun etarli hayot sharoitini yaratishni ham nazarda tutadi.
Uchinchidan, Paternalizm g’oyasi o’zida insonparvarlik, hamkorlik g’oyalarini ifodalab, xalqning umumiy qiziqish va intilishlarini aks ettirgani uchun ko’p hollarda jamiyatni birlashtirib, uning ravnaqi uchun xizmmat qiladigan omil hisoblanadi, bu tom ma’noda mohiyatan o’zbek oilalarida o’z ifodasini saqlab qolgan. Bu qadriyat “oilaviy burch”, “hamjihatlik ruhi”, “fidoyilik”, “vatanparvarlik”, “oilaviy qadriyatlarga sadoqat”, “kattalarga hurmat”, “kichikka g’amxo’rlik” kabi tushunchalarga asoslanadi.
To’rtinchidan, oila ijtimoiy institut sifatida o’zining barcha vazifalarini bajargan taqdirdagina, mafkuraviy tarbiyaning kafolatli o’chog’iga aylanadi. Zero, har bir oilaning muqaddas vazifasi – qobiliyatli farzandlarni o’stirish, ularni jismoniy, intellektual va ma’naviy tomondan etuk qilib, ota-onasiga, Vataniga sadoqatli insonlar qilib tarbiyalashdan iborat. Ya’ni, ham ma’naviy, ham jismoniy jihatdan sog’lom, barkamol inson faqat sog’lom oilada shakllanishi mumkin. Oiladagi sog’lom muhit va barqarorlik esa yaxlit jamiyat ma’naviy takomilining aslosidir.
Beshinchidan, xalq psixologiyasida mafkuraviy ta’sirchan omillar mohiyatini bilish, yangicha rasm-rusmlar marosimlarning ahamiyatli tomonlarini kundalik turmush tarziga aylantirish yoshlar e’tiqodiga samarali ta’sir ko’rsatuvchi pedagogik texnologiyalarga kiradi.

Yüklə 1,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin