Education in Malaysia


UMIMIY XULOSA VA TAKLIFLAR



Yüklə 1,82 Mb.
səhifə122/124
tarix28.03.2023
ölçüsü1,82 Mb.
#90806
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   124
UMIMIY XULOSA VA TAKLIFLAR
Bitiruv malakaviy ishga doir materiallarni chuqur o’rganish natijasida quyidagi xulosalarga keldik. Sibling siyosatidagi muhim tomonlaridan biri, ijtimoiy tarbiyaning dastlabki o’chog’i oila bo’lib, aynan ota va ona aka uka, opa singil munosobotlaridagi dastlabki ijtimoiy ko’nikmalarni singdiruvchi, ularning irodasini charhlovchi insonlardir. Oilaviy munosabatlar bolani naqaqat shaxs sifatida o’zligini anglash, balki o’zini u yoeki bu jins vakili sifatida idrok etish va shaxsiy fazilatlarini takomillashtirishga ham yordam beradi.
Birinchidan, bizning kuzatishlarimiz shuni isbotladiki, oilaning to’liq bo’lishi, ya’ni, unda ham ota, ham onaning tinchlik-totuvlikda yashashlari va unda normal insoniy munosabatlar, sog’lom ma’naviy muhitning mavjudligi bolaning har tomonlama yaxshi rivojlanishi, sog’lom, aqlli, kuchli iroda sohibi bo’lib etishiga imkon beradi. Bolaga ham otaning ham onaning bo’lishining zarurati shu bilan izohlanadiki, masalan, qiz bola onasi va uning oilada o’zini tutishiga qarab, o’zini ayollar jinsiga taalluqli ekanligini anglashdan tashqari, kelajakda qanday ona bo’lishini tasavvur qilsa, otasiga, uning onasiga bo’lgan munosabatiga qarab, o’zini kelajakda oila qurganda qanday oila sohibasi bo’lishi lozimligini anglab boradi.
Ikkinchidan, aka uka, opa singil fazilatlari, oiladagi tutimi va otasiga munosabatini idrok qilib borar ekan, kelajakda qanday qiz bilan turmush qurish mumkinligi, tanlaydigan qizi qanday sifatlar sohibasi bo’lishi lozimligini bilib borsa, otasi va uning oilada mavqeiga qarab, o’zini erkak sifatida kelajakda tasavvur qilish bilan birgalikda turmush o’rtog’iga qanday munosabatda bo’lish lozimligi to’g’risida bilim va tasavvurlarini orttirib boradi. Bu psixologik qonuniyat bo’lib, shaxsning oiladagi shaxsiy va jinsiy sosializasiyasining etakchi tamoyili hisoblanadi. Shu bois ham bolaning tom ma’noda yaxshi tarbiya olib, jamiyatda va oilaviy munosabatlarda munosib mavqega ega bo’lishi uchun oila muhiti sog’lom, barqaror, er va xotin bir-birlariga g’amxo’r, mehrli v asadoqatli bo’lishlari o’ta muhimdir.
Uchinchidan, oila bolaning ijtimoiy munosabatlarga tayyor bo’lishida muhim ahamiyat kasb etgan pedagogik muhitdir. Shu bois ham olimlar oilaning eng muhim va dastlabki vazifalaridan ham birini tarbiyalovchi funksiya ekanligini doimo e’tirof etadilar.
To’rtinchidan, oilaviy sosializasiya jarayonini bir tomonlama, ya’ni, farzandlar tarbiyasidagi roli bilan cheklash to’g’ri bo’lmaydi. Chunki ayniqsa, yosh oilada nikohdan so’ng er va xotin boshqa oila a’zolari jamiyatida xohlasa-xohlamasa o’z-o’zidan tarbiyalanib, xarakter xislatlarini o’zgartirib boradilar. Masalan, ilgari tortinchoq, uyatchan, ikkilanuvchan yigit, uylangach, turmush o’rtog’i nigohida obro’si mehr-muhabbat tufayli oshgan sari, o’zida kuch-qudratni, irodani sezib, dadil, faol, o’ziga nisbatan ijobiy fikrli, aqlli, bosiq bo’lib borishi tabiiy. Beshinchidan, kelinchak ham yangi xonadon sharoitiga ko’nikib borgan sari, uning an’analarini muvaffaqiyat bilan o’zlashtirib borgan sari, turmush o’rtog’ining mehrli muhabbati, qaynnona va qaynotaning g’amxo’rligi, e’tiborliligi oqibatida yanada iffatli, sermulohazali, ziyrak va farosatli bo’lib, o’zidagi ilgari mavjud ayrim salbiy xarakter sifatlaridan qutulishi ham mumkin. Bu – er va xotin uchun oila muhitining yangi bosqichdagi ijtimoiylashuv maskani sifatidagi o’rnini isbotlaydi.
Oltinchidan, ayrim oilalarda er va xotin o’rtasida samimiy, iliq munosabatlarning yo’qligi, tashqi tomondan nomiga oila qurganliklari, ma’nan esa bir-birlariga nisbatan beganoday qolganliklari bois bu erda o’zaro munosabatlar hamisha tarang, yuzaki bo’lib boradi. Tabiiy, bunday munosabatlar nafat ularning o’ziga balki ularni o’rab turgan boshqa qarindoshlar, ayniqsa, farzandlarga faqat salbiy ta’sir etadi , yoshlarning ijtimoiylashuv jarayoniga to’g’anoq bo’lishi ham mumkin. “Ko’cha bolalari”, “tarbiyasi og’ir bolalar”, voyaga etmay turib jinoyatga qo’l urgan o’smirlar aksariyat holatlarda aynan shunday oilaviy muhitning qurbonlari hisoblaandi.
Etinchidan, ta’kidlash joizki, bolaning ijtimoiylashuvi jarayonida maktabgacha tarbiya maskanlari, maktabning roli va ahamiyati ham bor. Lekin ulardagi ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligi eng avvalo, oilaviy tarbiyaga bog’liq ekanligini, “Qush uyasida ko’rganini qiladi” maqolining mohiyatini hamma biladi. Maxsus tarbiya maskanlari oldida oiladagi ijtimoiylshauvning afzalligi shundaki, oiladagi barcha o’zrao munosabatlar tabiiy muhitda, inosniy munosabatlar tamoyiliga asoslanib amalga oshiriladi.


Yüklə 1,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin