Me’yoriy-huquqiy hujjatlar / Kodeks va qonunlar O’zbekiston Respublikasining Oila Kodeksi
O’zbekiston Respublikasining Oila Kodeksi I bo’lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar 1-modda. Oila to’g’risidagi qonun hujjatlari hamda ularning vazifalari Oila to’g’risidagi qonun hujjatlari ushbu Kodeksdan hamda unga muvofiq qabul qilinadigan boshqa qonun hujjatlaridan iborat.
Oila to’g’risidagi qonun hujjatlarining vazifalari oilani mustahkamlashdan, oilaviy munosabatlarni o’zaro muhabbat, ishonch va hurmat, hamjihatlik, bir-biriga yordam berish hamda oila oldida uning barcha azolarining mas’ulligi hissi asosida qurishdan, biron-bir shaxsning oila masalalariga o’zboshimchalik bilan aralashishga yo’l qo’ymaslikdan, oila a’zolari o’z huquqlarini to’sqinliksiz amalga oshirishini hamda bu huquqlarning himoya qilinishini ta’minlashdan iboratdir.