Education in Malaysia


-modda. Aliment undirishda hisobga olinadigan daromadlar



Yüklə 1,82 Mb.
səhifə74/124
tarix28.03.2023
ölçüsü1,82 Mb.
#90806
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   124
104-modda. Aliment undirishda hisobga olinadigan daromadlar
Aliment O’zbekiston Respublikasi hududida va uning tashqarisida pul yoki natura tarzida olingan barcha turdagi daromadlardan ushlab qolinadi.
CHet el valyutasida olinadigan daromadlar aliment undiriladigan kunda amalda bo’lgan O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining rasmiy kursi bo’yicha so’mlarda hisoblanadi.
105-modda. Aliment miqdorini kamaytirish yoki aliment to’lashdan ozod qilish
Aliment to’layotgan ota-onaning boshqa voyaga etmagan bolalari bo’lib, undan qonunda belgilangan miqdorda aliment undirilganda o’sha bolalar aliment olayotgan bolalarga nisbatan moddiy jihatdan kamroq ta’minlanib qoladigan bo’lsa, shuningdek aliment to’layotgan ota (ona) nogiron bo’lib, moddiy jihatdan qiynalib kelayotgan bo’lsa yoki aliment olayotgan shaxs mustaqil daromadga ega bo’lgan taqdirda, aliment miqdori sud tomonidan kamaytirilishi mumkin.
Agar voyaga etmagan bola davlat yoki nodavlat muassasalarining to’liq ta’minotida bo’lsa, sud aliment to’layotgan ota yoki onaning moddiy ahvolini hisobga olib, to’lanayotgan aliment miqdorini kamaytirish yoki uni aliment to’lashdan ozod qilish haqida hal qiluv qarori chiqarishi mumkin.
Aliment miqdorini kamaytirish yoki uni to’lashdan ozod qilish uchun asos bo’lgan holatlar tugaganda manfaatdor taraf aliment qonunda belgilangan miqdorda undirilishini talab qilib, sudga murojaat etishga haqli.
106-modda. Ota-ona qaramog’idan mahrum bo’lgan bolalarga ta’minot berish
Ota-onasi vafot etganligi oqibatida etim qolgan voyaga etmagan bolalarga ta’minot berish, ularni tarbiyalash va ularga ta’lim berish davlat tomonidan to’liq amalga oshiriladi.
107-modda. Bolalar muassasalariga joylashtirilgan bolalar uchun aliment undirish
Voyaga etmagan bolani ota-onasidan olib, uni bolalar tarbiya muassasasiga joylashtirish to’g’risidagi hal qiluv qarorini chiqarishda yoxud ota va onaning har biridan mazkur muassasa foydasiga ushbu Kodeksning 99-moddasida belgilangan miqdorlarda aliment undirishi mumkin.

Yüklə 1,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin