Educational, natural and social sciences


Oriental Renaissance: Innovative



Yüklə 435,23 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/6
tarix28.07.2023
ölçüsü435,23 Kb.
#137831
1   2   3   4   5   6
95 Axmedova Nasiba Achilovna 695-700

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 2 | ISSUE 2 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor
 
 SJIF 2022: 5.947 
Advanced Sciences Index Factor 
 ASI Factor = 1.7 
698 
w
www.oriens.uz
February
2022
 
taraqqiyoti, ilm–fani va shaxs barkamolligiga muhim hissa qo‘shgan buyuk daholar, 
allomalarning ilmiy, ijodiy va badiiy merosini o‘rganishga alohida ehtiyoj yuzaga 
keldi. Bu ham ota-bobolarimiz sog‘lom turmush kechirishni asrlar davomida uqtirib 
kelganligidan va yosh avlodga har tomonlama mukammal ta’lim-tarbiya berish, 
kamolat sari yetaklash doimo dolzarb bo‘lganligidan dalolat beradi.
Abu Nasr Farobiy o‘z asarlarida insonni Xudoning tabiiy-moddiy hilqati 
sifatida voyaga yetkazish va bunda ilmiy asoslarga suyanish masalasini jiddiy ilgari 
suradi. Uning «Fozil odamlar shahri» asari inson tarbiyasida katta boy manba bo‘lib 
hisoblanib, u allaqachon mashhur bo‘lib ketgan. Shuning bilan birga uning «Fazilat, 
baxt va kamolat haqida» deb nomlangan asari ham tarbiya masalasida muhim asos 
bo‘lib hisoblanadi. Unda jumladan, shunday deyiladi: «Har bir inson boshidan komil 
bo‘lib tug‘ilmaydi, ammo tug‘ma ravishda o‘ziga xos ichki shuurga ega bo‘ladi va bu 
shuur bilan bosqichma-bosqich komillikka jiddu jahd bilan intiladi».[4.224]. 
Demak, tarbiya jarayonini tartibli, ya’ni bosqichmaqbosqich olib borilshishi 
lozim. Bunday dalilu isbotlarni ko‘plab keltirish keltirish mumkin. Asarlarni 
o‘rganish o‘quvchilarning ham og‘zaki, ham yozma nutqlarinio‘stirishda yordam 
beradi, xotiralarini mustahkamlaydi, ularning lug‘at boyligini asraydi. O‘qituvchi esa 
har bir o‘rgangan fikr qarashlarin tahlil qilar ekan mag‘zini chaqib, mazmuni-
mohiyatini tushunishda o‘quvchilarga yaqindan yordam berishi zarur bo‘ladi. 
Mutafakkirlarning xayotiga oid qarashlarida yuksak insoniy fazilatlar ko‘p talqin
qilinganligi 
bois 
Abu 
Rayhon 
Beruniy 
adolat 
masalalarining 
keng 
yoritilishi,ahloq,ta’lim- tarbiya haqidagi qarashlarining ahamiyatiga alohida e’tibor
berilgan. Ayniqsa Beruniyningquyidagi fikrlari - «Do‘stlar va xayrixohlar yomonni 
yaxshi qilib ko‘rsatishga, xalal beradiganni to‘sishga, go‘zallikni izhor etishga va 
yaxshiliklarni himoya qilishga tirishadilar; 
- yaxshilik xislatlari quyidagilardir: to‘g‘rilik, taqvodorlik, o‘zini saqlash, 
dindorlik, odillik, kamtarlik, muloyimlik, siyosatbozlik va boshqarish ishlarida 
bilimdonlik, tadbirkorlik, to‘g‘ri taxmin qila bilish; 
- sezgilar beshta bo‘lib, ular quloq bilan eshitish, ko‘z bilan ko‘rish, burun bilan 
hidlash, til bilan tatib va teri bilan tegib bilishdan iborat; 
- kishi tabiati bilolmagan narsani bilishga moyil bo‘ladi».[5.231]. 
Komillik inson shaxsini ulug‘lovchi, uning qadrini yuqori ko‘taruvchi muhim 
fazilat sifatida har bir shaxsda rivojlanishi zarur. Zero, bu fazilat jamiyatda tinchlik 
va farovonlikni ta’minlash, aholi o‘rtasida ahillik hamda o‘zaro yordamni qaror 
toptirishga yordam beradi. 



Yüklə 435,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin