Educational, natural and social sciences


Oriental Renaissance: Innovative



Yüklə 435,23 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/6
tarix28.07.2023
ölçüsü435,23 Kb.
#137831
1   2   3   4   5   6
95 Axmedova Nasiba Achilovna 695-700

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 2 | ISSUE 2 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor
 
 SJIF 2022: 5.947 
Advanced Sciences Index Factor 
 ASI Factor = 1.7 
696 
w
www.oriens.uz
February
2022
 
yuzaga keldi. Bu imkoniyat o‘z navbatida o‘zbek xalqi tarixida o‘ziga xos o‘rin 
tutgan shaxslar faoliyatini o‘rganishga sharoit yaratdi. 
Natijada halqimiz o‘z taqdirining chinakam egasi, o‘z tarixining ijodkori, o‘ziga 
xos milliy qadriyatlar va madaniyat sohibiga aylandi. Ushbu muammo yechimini hal 
etishda jamiyatni rivojlantirishning harakatlantiruvchi kuchi bo‘lish talabalarda 
milliy an’ana va qadriyatlarga suyanish
va undan rejalashtirilgan maqsadlarda 
samarali foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada Maxmud 
Qoshg‘ariyning “Devonu lug‘otit-turk”, Yusuf Xos Hojibning“Qutadg‘u bilig”, 
Kaykovusning “Qobusnoma”, Ahmad Yassaviyning “Xikmatlar” kabi asarlari 
yoshlarimizningma’naviy jihatdan tarbiyalanishlarida muhim manba bo‘lib xizmat 
qiladi. Ayniqsa, bu borada «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da «Xalqning boy 
intellektual merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida, zamonaviy madaniyat, 
iqtisodiyot, fan, texnika va texnologiyalarning yutuqlari asosida kadrlar 
tayyorlashning mukammal tizimini shakllantirish O‘zbekiston taraqqiyotining muhim 
sharti» ekanligi asoslangan [2.3]. 
MUHOKAMA VA NATIJALAR 
Umuminsoniy qadriyatlar: «Odamzodning yashashi, umrguzaronligi, farzandlari 
hayotining ijtimoiy, iqtsodiy, siyosiy, huquqiy, madaniy, ma’naviy va axloqiy 
sohalariga taalluqli bo‘lgan umumjamiyat miqyosidagi qadriyatlar butun insoniyat va 
jamiyatga tegishli bo‘lganidan, umuminsoniy qadriyatlar, deb ataladi» [3.476]. 
Yoshlarni bunyodkor va buzg‘unchi g‘oyalar, mafkuraviy tahdidlar, shuningdek, 
milliy istiqlol g‘oyasining mohiyati, ularning ijtimoiy-pedagogik ahamiyati 
to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan tanishtirishbugunning dolzarb muammolaridan biridir 
Insonparvarlik 
fazilatlari 
Qur’oni 
Karim, Hadisi shariflarida, Al-
Zamaxshariyning “Nozik ibora”, Maxmud Qoshg‘ariyning “Devonu lug‘otit-turk”, 
Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig”, Kaykovusning “Qobusnoma”, Ahmad 
Yassaviyning “Xikmatlar”, Pahlavon Mahmudning ruboiylarida, Ahmad 
Yugnakiyning“Hibbatul-haqoyiq”, Sa’diy Sheroziyning “Guliston”, “Bo‘ston”, 
Abdurahmon Jomiyning “Bahoriston”, Alisher Navoiyning “Mahbub ul-qulub”, 
Abdulla Avloniyning “Turkiy guliston yohud axloq” va boshqa ko‘plab asarlarda 
tahlil qilinadi. Darhaqiqat, xalqimiz o‘z taraqqiyoti davomida erishgan va yaratgan 
madaniy boyliklardan, axloqiy qarashlar va qoidalardan unumli foydalanmasdan 
milliy kadriyatlarni anglaydigan yurtsevar va xalqparvar yoshlarni, yuksak ma’naviy 
madaniyat egasi bo‘lgan yoshlarni kamolatga yetkazish mumkin emas.Chunki 
ajdodlarimiz qoldirgan merosda barcha davrlar uchun kerak bo‘ladigan ajoyib, ilg‘or 



Yüklə 435,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin