Educational, natural and social sciences


Oriental Renaissance: Innovative



Yüklə 435,23 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/6
tarix28.07.2023
ölçüsü435,23 Kb.
#137831
1   2   3   4   5   6
95 Axmedova Nasiba Achilovna 695-700

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 2 | ISSUE 2 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor
 
 SJIF 2022: 5.947 
Advanced Sciences Index Factor 
 ASI Factor = 1.7 
697 
w
www.oriens.uz
February
2022
 
fikrlar borki,bu fikrlar bugungi taraqqiyotimiz uchun ham katta ahamiyatga ega. 
Yuqorida sanab o‘tgan mutafakkirlarimiz hayotning ma’nosi, jamiyatda insonning 
tutgan o‘rni, uning ta’lim-tarbiyasi haqidagi qimmatli va dono fikrlari bilan 
xalqimizning ma’naviy dunyosini yanada boyitganlar. Shuning uchun ham utmish 
madaniy merosining jamiyat ma’naviy hayotidagi ahamiyatini o‘rganish va amaliy 
ahamiyatga ega bo‘lgan ish hisoblanadi. Bularning isboti sifatida quyidagi xikmatlar 
va mutafakkirlarning ayrimlarining fikrlaridan namunalar keltiramiz: Aziziddin 
Nasafiy (XIII asr). o‘z asarlarida«Ey farzand, hech bir mukofot talab qilmay, 
minnatdorchiliklar kutmay, aksincha o‘zingni burchli deb bilib, yaxshilik yaratib, 
hamma vaqt, hamma uchun ezgulik ijod qilganingdagina sen Ollohi taolaning xulqi 
bilan bezanajaksan!»[4.46]. 
Abu Nasr Farobiy (873-950).«-Baxtga erishishning birdan-bir yo‘li barcha ezgu 
ishlarni xayrli niyatlar bilan bajarish, fazilatli amallarga tayanish va razolatdan voz 
kechishdadir; 
- ma’rifat – baxt va kamolat sari qo‘yilgan birinchi qadamdir; 
- ruhni tarbiyalash va poklash izchil davom etsagina, yaxshi natijalarga erishish 
mumkin; 
- tabib badanni davolashga kirishganidek, rahbar ham aholi orasidagi axloqiy 
bemorlarni davolashga kirishishi kerak» [5.83]. 
Demak, buyuk bobolarmizning o‘lmas merosi bugungi yoshlarning ma’naviy 
tarbiyasida va ayniqsa ularning milliy dunyoqarashi kengayishida bitmas-tuganmas 
xazinadir. Ularni ibrat-namuna qilib ko‘rsatish orqali yoshlar ongida quyidagi 
insonparvarlik fazilatlari yanada yuksaladi:- mardlik;- botirlik;- pahlavonlik;- 
mehnatsevarlik;- kattalarga hurmat va kichiklarga izzatda bo‘lishlik;- do‘stlik va 
muhabbat tuyg‘ulariga sadoqatli bo‘lishlik va shu kabilar. Demak, inson kamoloti va 
uning yuksalishida yoshlarimiz ma’naviy tarbiyasi va ilmiy dunyoqarashi kengligi, 
ibrat-namuna muhim rol o‘ynar ekan. Shu sababli ham bugungi yoshlarimiz 
dunyoqarashini shakllantirish va yuksaltirishda ular ongiga millat, Ona tuproq, Ona 
Vatan, xalq va uning tarixiy ildizlari asosidagi boy milliy-ma’naviy merosimiz 
haqidagi ma’lumotlarni ta’lim-tarbiyaning barcha jabhalarida singdirib borishimiz 
lozim. Bu esa milliy tarbiyamizning tarixiy asoslarini belgilashni va ulardan bugungi 
ta’lim–tarbiya jarayonimizda moslarini tanlab, ibrat–namuna qilib ko‘rsatish ijobiy 
pedagogik samaralarni beradi. 
An’analarimizni tiklash, ajdodlarimizdan bizgacha yetib kelgan ma’naviy–
marifiy, madaniy meroslarni avlodlarimizga bekami ko‘st yetkazib berish kabi 
muhim vazifalar o‘z ahamiyati jihatidan dolzarb bo‘lib qoldi. Ayniqsa, insoniyat 



Yüklə 435,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin