Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2022: 5.947 Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7 699
w www.oriens.uz February 2022 Ulug‘ sohibqiron Amir Temur nafaqat o‘zbek xalqi, balki Markaziy Osiyo
hududida yashovchi barcha xalqlarning tarixiy taraqqiyotini ta’minlashda ulkan
hissasi bo‘lgan shaxslardan biridir. Amir Temur fenomeni nafaqat jamiyatning
ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy rivojini ta’minlashdagina aks etib qolmay, shu bilan
birga yuksak ma’naviyatga ega shaxs timsoli sifatida ham namoyon bo‘ladi. Amir
Temur ma’naviyatining eng ustuvor jihati uning davlat boshqaruvi hamda fuqarolarga
bo‘lgan munosabatda ham adolatga tayanganligidir. Bu holat sohibqironning
kundaliklarida qayd etilgan quyidagi fikrlarda ham o‘z tasdig‘ini topgan: “Har bir
mamlakatda adolat eshigini ochdim, zulmu sitam yo‘lini to‘sdim”, “Barcha ishlarda,
bu ishlar qaysi o‘lka xalqiga taalluqli bo‘lmasin, hokimlarning adolat tomonida
qattiq turishlariga buyruq berdim” [6, 172].
“Kuch adolatdadir”, “Rosti-rusti” (“Haqiqat – sihat-salomatlik, haqiqat – tartib,
haqiqat – adolat”) shiorlarining Amir Temur faoliyatida yetakchi o‘rin tutganligi ham
adolat sohibqiron faoliyatining asosiy mezoni bo‘lib kelganligidan dalolat beradi.
Yoshlarninig ma’naviy madaniyatini shakllantirishda ham o‘ziga xos yo‘nalish bo‘la
olishi lozim. Demak, umuminsoniy va ilmiy qadriyatlardan avvalo fan va ta’lim
taraqqiyotida, kishilar turmush sharoitini yaxshilashda, oila kamoliga erishishda,
jamoa manfaatlarini yuksaklikka ko‘tarishda, jamiyat taraqqiyoti saviyasini
tezlashtirishda va davlatning iqtisodiy hamda ma’naviy-ma’rifiy qudratini
yuksaltirishda foydalanish maqsadga muvofiq bo‘lib, bundan pirovard maqsadimiz
xalq farovonligi, yurt tinchligi, Vatan taraqqiyotini o‘zida mujassam qilgan Ozod va
obod Vatan qurishdan iborat.
XULOSA Buyuk bobolarmizning o‘lmas merosi bugungi yoshlarning ma’naviy tarbiyasida
va ayniqsa ularning milliy dunyoqarashi kengayishida bitmas-tuganmas xazinadir.
Asosan ezgulik va to‘g‘rilikning talqin qilinishi, ularni qiziqib mutoala qiladigan
yoshlarimizga faqat ijobiy ta’sir ko‘rsatishi tabiiydir. Yoshlar ongiga shaxs ijodiy
kamoloti bosqichlarini ilmiy, ma’naviy qadriyat sifatida singdirish ularni ijodiy
kamolot sari intilishiga turtki bo‘ladi va natijada ular ijtimoiy faol shaxs bo‘lishga
intiladi, olimlikni va komillikni havas qiladi.
REFERENCES 1.
“Jadal rivojlanayotgan iqtisodiyot uchun zamonaviy kadr kerak” 25.08.2019 y.
Videlselektor materiallari.
2.
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» // Oliy ta’lim (me’yoriy huquqiy va uslubiy
hujjatlar to‘plami). – Toshkent: 2004. – 12 b.