Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2022: 5.947 Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7 1154
w www.oriens.uz December 2022 mexanizmlar, ijtimoiy muammolarning yechimi jarayonida qat’iy qaror qabul qilish
va uning bajarilish bosqichlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan qo‘llanilishi lozim.
Aks holda jamoa guruh singari mikrotuzilmalarni boshqarishda psixologik muhitni
barqarorlashtirishda, shaxslararo munosabatlarni to‘g‘ri tashkil qilishda, ishlab
chiqarishni yo‘lga qo‘yishda odamlar o‘rtasida o‘zaro ta’sir, ta’sirlanish, taassurot,
o‘zaro tushunish, hamdardlik kabi murakkab kechinmalar kuchi davomiyligini anglab
yetishda nuqson va kamchiliklarga yo‘l qo‘yiladi.
Rahbarning boshqaruv faoliyatida bir qator ijobiy fazilatlarga ega bo‘lishi uning
mehnat jamoasida sog‘lom ijtimoiy-psixologik muhit xukm surishining garovi bo‘lib
hisoblanadi. Qadimdan kishilarda fazilatlarning turlicha bo‘lishi hamda xulq–atvorlar
insonning badanida aylanib yuradigan suyuq moddalarga ko‘p jihatdan bog‘liq
ekanligi tajribada kuzatilgan. Qadimgi tibbiyotning yirik namoyondasi Gippokratning,
inson badanida qon asosiy o‘rinni ishg‘ol etsa, bunday odam harakatchan, yengil
bo‘ladi, taassurotlarning almashinishiga tez ko‘nikib keta oladi, o‘z atrofida sodir
bo‘ladigan voqealarga darhol va ishtiyoq bilan aralashadi, degan fikri bejiz emas.
Mana shu kishilarni Gippokrat sangviniklar deb atagan. Bu lotincha “sangvinik”,
ya’ni “qon” degan so‘zdan kelib chiqqan. Sangviniklar tuyg‘u xususiyatlari bilan
ajralib turadi. Ular yangi kishilar bilan tez til topishadigan, bir ish turidan ikkinchi ish
turiga tezda ko‘nikadigan, bir turda bajaradigan ishlarni yoqtirmaydigan, yangi
sharoitga osonlik bilan o‘rganadigan, xushchaqchaq, harakatlari, shiddatli, nutqi tez,
kelajakka ishonch bilan qaraydigan, so‘zini aniq va ma’noli qilib, imo-ishoralar bilan
gapiradigan kishilardir. Rahbar aynan keltirib o‘tilgan xususiyatlarga ega bo‘lishi juda
muhim.
XULOSA Yuqorida sanab o‘tilgan qobiliyatlar, fazilatlar va xususiyatlarning har birini
rahbar shaxsi o‘zida tarbiyalashi, mehnat jamoasi bilan hamfikr bo‘lishi, ularning
dardini tinglay olishi davr talabi hisoblanadi. Vaholanki, rahbarda ushbu fazilatlar
qanchalik yuqori ko‘rsatkichda shakllangan bo‘lsa, u boshqarayotgan mehnat
jamoasida sog‘lom ijtimoiy- ruhiy muhit xukm suradi, nizoli holatlarning oldi olinadi
hamda stressli vaziyatlar osongina boshqariladi. O‘z navbatida, ushbu holatlar
mehnat unumdorligining o‘sishi va mehnat samaradorligining oshishiga, mehnat
jamoasi a’zolari ongida ertangi kunga ishonch hissining paydo bo‘lishiga, mehnat
jamoasining jipslashuviga, shuningdek, mehnatdan begonalashuv singari salbiy
illatlarning ildiz otmasligiga turtki beradi.