Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2022: 5.947 Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7 1153
w www.oriens.uz December 2022 o‘zining shaxsiy fazilatlari, mustahkam harakteri, kuchli irodasi, barqaror hissiyoti,
barcha narsalarga va jabhalarga nisbatan maxsus qobiliyatlari bilan ma’lum hajmdagi
mehnat jamoalarini boshqara oladi. Chunki fan va texnikaning rivoji odamlarda
onglilik darajasining yuksak ko‘rsatkichi ijtimoiy tajribalarning ta’sirchan kuchi,
kishilarning muayyan bilimlarga ega ekanligi rahbarning komil inson kamoloti
pog‘onasiga ko‘tarilishini taqozo etadi. Davlat miqyosida yuz berayotgan o‘zgarishlar
so‘z va vijdon erkinligi, o‘zligini anglash, huquqiy himoyalanganlik fuqarolik
ongining yanada yuksalishga olib keldi. Tub o‘zgarishlar natijasida ularda mustaqil
fikrlash va ish yuritish, shaxsiy rejalarini ro‘yobga chiqarish yo‘llarini izlash
imkoniyatlari vujudga keldi. Bugungi kundagi rahbar ijtimoiy hayotdagi
munosabatlar, ularning tuzilishi va mohiyati bilan yaqindan tanish bo‘lishi,
boshqaruv jarayonida ularni hisobga olishini taqozo qiladi. Rahbar shaxsi
barakamolligi, qat’iy harakteri, milliy qiyofasidan tashqari bir qator qobliyatlarga ega
bo‘lishi tabiiy ravishda obro‘ qozonishga puxta negiz hozirlaydi, lavozimning keyingi
bosqichlari uchun imkon yaratadi, istiqbol rejalarini ro‘yobga chiqaradi. Quyidagi
qobiliyatlarning rahbar kadrda bo‘lishi va ularning rivojlantirilishi juda muhim
hisoblanadi.
1.
Tashkilotchilik qobiliyati.
2. Iymon-e’tiqodga, faol hayotiy pozitsiyaga yo‘nalganlik qobiliyati.
3. Nutqiy qobiliyat.
4. Nufuz, obro‘ga ega bo‘lishlik.
5. Perseptiv qobiliyat.
6. Akademik qobiliyat.
7. Diqqatni taqsimlash qobiliyati.
8. Psixologik tashxis qobiliyati.
9. Muomala va muloqot o‘rnatish qobiliyati.
10. Tashabbusga, ijodga ilhomlantirish qobiliyati
11. Kognitiv qobiliyat.
12. Gnostik qobiliyat.
Rahbarlik, psixologik savodxonlik har qaysisi alohida xususiyat, vaziyat, holat,
ziddiyat, shaxs qarshiligi, munosabat, muammo, yechimga oqilona va omilkorlik
bilan individual yoki differensial yondashishni amaliyotga tatbiq etishga keng
ko‘lamli imkoniyat, puxta shart–sharoit, shaxsiy uslub vujudga kelishiga negiz
yaratadi. Binobarin, rahbar xodimlarning individual tipologik xususiyatlari bo‘yicha
psixologik bilimlar bilan qanoat hosil qilmasdan, balki ijtimoiy psixologik holatlar,
qonuniyatlar, hodisalar rivoji, ularni keltirib chiqaruvchi omillar, harakatlanuvchi