Educational Research in Universal Sciences issn: 181-3515 volume


Educational Research in Universal Sciences



Yüklə 0,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix18.02.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#84814
1   2   3   4
d2148038-1cb4-4fb2-a426-c26aac0cfe36

Educational Research in Universal Sciences
ISSN: 2181-3515 VOLUME 1 | ISSUE 4 | 2022
 
 
https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal September, 
2022 
353
 
markazlari (Bozorqalʼa, Katta Oybo‘yir, Hazorasp, Oqshaxonqalʼa va boshqalar) 
yuzaga kela boshladi, uning madaniy mintaqasi chegarasi kengaydi. So‘l sohilda,
shimolda u Ustyurt jarligigacha, g‘arbda — Sariqamish ko‘li qirg‘oqlarigacha, janubda 
— Zaunguzu Qoraqumigacha yetib bordi. Chegara qalʼalar tizimini tashkil qiluvchi 
yagona istehkomlar zanjiri bunyod etildi [1, б.71]. 
Shunday chegara qal’alardan biri qadimgi Xorazm hududida paydo bo‘lgan 
Qo‘rg‘oshinqal’a hisoblanadi. Qo‘rg‘oshinqal’a himoya istehkomi hisoblanib, Xorazm 
hududining sharqiy chegara qismida qurilgan. Ushbu yodgorlik bugungi kunda 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ellikqalʼa tumani hududida joylashgan. Yodgorlikda 
1937-yilda S.P.Tolstov, Y.G‘. G‘ulomov va E.A.Polyakovdan iborat arxealogiya 
guruhi qazishma ishlarini olib borganlar va topganlar [3, с.30] 
Qal’aning shahriston burchaklari olam taraflariga yo‘nalgan 132 x 89 m 
o‘lchamdagi to‘g‘ri burchak shaklida Qo‘shdevor materik qatlam ustiga qurilgan va 
ayrim joylarda 14—16 m qalinlikda saqlanib qolgan. Tashqi devorning qalinligi 
asosida 2,35 m, ichkisiniki — 2—2,20 m. Otish yo‘lagining eni 2,35 m. Tashqi devor 
asosga qarab 85° nishab qilib ko‘tarilgan. Qal’a Devorning quyi qismi materikdan 1,52 
m balandlikda paxsadan ko‘tarilgan, keyin loy qorishmada xom g‘isht (40-41 x40-41 
x 10-11 sm) terilgan. G‘ishtga bitta, ikkita parellel chiziq yoki kesishuvchi to‘g‘ri 
yoxud egri chizikdardan iborat tamg‘a, hatto barmoq ham bosilgan [1, б.48]. 
Qalʼa devori uzun tomonda uchtadan, qisqa tomonda bittadan burj bilan 
kuchaytirilgan (burchak burjlari bundan mustasno). Ular to‘g‘ri burchakli va yarim 
oval shaklda ishlangan. Har bir devordagi burjlar oralig‘i har xil. Shimoli-sharqiy 
devorda ular bir-biridan 27—37 m masofada, janubi-sharqiy devorda esa 6—31 m 
masofada joylashgan. Ularning eni 6,80—8,40 m bo‘lib, 7,60—8 m turtib chiqqan [1, 
б.49]. 
Burchaklarni himoya qilish uchun har xil kombinatsiyalardan foydalanilgan: 
shinaklar qiyalatib qo‘yilgan, burjlar qo‘shaloq va yakka qurilgan. Qalʼa devorida, 
burjlarda shinaklar va darcha o‘rinlari qoldirilgan. Qal’ada 700 ga yaqin shinak 
mavjudligi aniqlangan. Istehkomni mudofaa qilish uchun shuncha shinak yetarli 
bo‘lgan [1, б.49]. 
Kirish joyi janubi-sharqiy devorning o‘rtasida bo‘lib, to‘g‘ri burchak shaklidagi 
10,90x 19,80 m o‘lchamli peshdarvoza inshooti bilan himoyalangan. Аdashtirma yo‘l 
devorlarida shinaklar qoldirilgan. Qal’ada qadimgi Xorazm mudofaa tizimiga xos 
elementlardan bo‘lgan proteyxizmadan foydalanilgan. Qalʼa har tarafdan (janubi-
g‘arbiy tarafdan tashqari) kvadrat shakldagi xom g‘ishtdan ko‘tarilgan proteyxizma 



Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin