Educational Research in Universal Sciences issn: 181-3515 volume



Yüklə 164,33 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix20.04.2023
ölçüsü164,33 Kb.
#101179
  1   2   3
302-304



Educational Research in Universal Sciences
ISSN: 2181-3515 VOLUME 2 | ISSUE 1 |
 
 
https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal January, 2023 
302
 
 
MAKROIQTISODIY KO‘RSATKICHLARNI PROGNOZ QILISHNING 
MOHIYATI, AHAMIYATI VA TURLARI 
 
Abdug‘ayurova Xurshida Jamolddin qizi 
Mirzo Ulug‘bek nomidagi 
O‘zbekiston Milliy Universiteti Matematika fakulteti Matematik iqtisodiyot 
yo‘nalishi 2-bosqich magistratura talabasi 
 
ANNOTATSIYA 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida prognozlash ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, strategiya 
va taktikani shakllantirishning hal qiluvchi ilmiy omillaridan biri bo‘lib hisoblanadi. 
Ushbu tezisda prognozlashning mohiyati, uning iqtisodiy ahamiyati, prognozlashning 
turli mezonlarga ko‘ra turlari yoritilgan. 
Kalit so‘zlar: prognoz, prognozlash, qisqa, o‘rta va uzoq muddatli prognozlar, 
makroiqtisodiy va tarkibiy prognozlar, iqtisodiy majmualarini rivojlantirish 
prognozlari, tarmoq va hududiy prognozlar. 
Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni, kelajakni baholamasdan uning rivojlanish 
istiqbolini prognozlashsiz tasavvur qilish qiyin. Prognoz deb kelajakda ob'ektning 
ehtimol holatlari, muqobil yo‘llari va ularni amalga oshirish muddatlari to‘g‘risida 
ilmiy asoslangan fikr-mulohazalarning miqdori tushuniladi. Prognozlarni ishlab 
chiqish jarayoni prognozlash deb ataladi. 
Ijtimoiy-iqtisodiy prognozlashtirish o‘z ichiga to‘liq iqtisodiyot taraqqiyotini o‘z 
qamroviga olgan holda, uning tarmoqlari, hududlari, ilmiy-texnikaviy taraqqiyoti, 
axoli va turmush darajasi, resurslari va iste'moli, tashqi-iqtisodiy kon'ukturasi hamda 
ekologiyasi va shu kabi qismlarini ham o‘z ichiga oladi.
Makroiqtisodiy prognozlash iqtisodiy hodisalarni bilishning ilmiy usullariga va 
iqtisodiy prognostikaning usullari, vositalari va uslublari yig‘indisidan foydalanishga 
asoslangan makroiqtisodiy prognozlarni ishlab chiqish jarayoni hisoblanadi. 
Prognozlash, shu jumladan iqtisodiy prognozlash, yanada kenroq tushunchaga 
ega, ya’ni tabiat, jamiyat va fikrlash qonuniyatlarini bilishga asoslangan borliqni 
bashoratlash bilan bog‘liq. Aniqlilik darajasi va tadqiq etilayotgan jarayonlarni amalga 
oshirishga ta'sir etish harakteriga qarab uchta bashoratlash shakli ajratib qo‘yiladi: 
gipoteza (umumilmiy bashorat), prognoz va reja. 
Prognozlashning miqyosi bo‘yicha prognozlar quyidagilarga bo‘linadi: 
makroiqtisodiy va tarkibiy (tarmoqlararo va hududlararo) prognozlar, iqtisodiy 
majmualari (yoqilg‘i-energetika, agrosanoat, investitsion, ishlab chiqarish 



Yüklə 164,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin