Educational Research in Universal Sciences issn: 181-3515 volume


Educational Research in Universal Sciences



Yüklə 0,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/6
tarix03.12.2022
ölçüsü0,57 Mb.
#72109
1   2   3   4   5   6
37-42

Educational Research in Universal Sciences
ISSN: 2181-3515 VOLUME 1 | ISSUE 4 | 2022
 
 
https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal September, 
2022 
40
 
− kompyuterlardan foydalanganda o‘quvchi chet tilidagi video roliklarni, 
namoyishlarni, dialoglarni kino yoki multfilmlarni ham ko‘rishi ham eshitishi mumkin;
− chet tilidagi radio eshittirishlar va televideniedagi dasturlarni eshitish va 
tomosha qilish mumkin;
− ancha an’anaviy usul hisoblanadigan magnitafon va cassetalardan foydalanish;
− CD pleyerlardan foydalanish mumkin.
Bu texnik vositalardan foydalanish o‘quvchilarning chet tilini o‘rganishlari 
jarayonini qiziarliroq va samaraliroq bo‘lishini ta’minlaydi. Bugungi kunda 
maktablarda interfaol o‘yinlar orqali dars o‘tish an’anaga aylanib bormoqda. 
Ma’lumki, darsning turli xil o‘yinlar asosida o‘tilishi o‘quvchilarning imkoniyatlarini 
namoyish etish, diqqatni jamlash, bilim va ko‘nikmalarini oshirish va kuchli 
bo‘lishlarini ta’minlaydi. O‘yin texnologiyasidan foydalanishning asosini o‘quvchini 
faollashtiruvchi va jadallashtiruvchi faoliyat tashkil etadi. Psixologlarning 
ta’kidlashlaricha, o‘yinli faoliyatning psixologik mexanizmlari shaxsning o‘zini 
namoyon qilish, hayotda barqaror o‘rnini topish, o‘zini o‘zi boshqarish, o‘z 
imkoniyatlarini amalga oshirishning fundamental ehtiyojlariga tayanadi. Har qanday 
o‘yin zamirida umumiy qabul qilingan ta’lim prinsiplari, taktikasi yotishi kerak. O‘quv 
o‘yinlariga o‘quv predmetlari asos qilib olinishi kerak. O‘yinlar jarayonida o‘quvchi 
oddiy darsga qaraganda bu mashg‘ulotga qiziqibroq yondashadi va bemalol faoliyat 
ko‘rsatadi. Ta’kidlash lozimki, o‘yin eng avallo, o‘qitishning bir usulidir. O‘quvchilar 
o‘yinli darslarga qiziqib qatnashadilar, g‘alaba qozonishga intiladilar, o‘qituvchi ular 
orqali o‘quvchiga ta’lim-tarbiya ham beradi. O‘quvchi inglizcha o‘yin o‘ynab, gapira 
olarkanman, tinglab tushuna olarkanman, yoza olarkanman, deb ishonadi, qiziqadi. Biz 
bilamizki, hozirgi ta’lim jarayonida o‘quvchi sub’ekt bo‘lishi lozim. Bunda ko‘proq 
interfaol metodlarga e’tiborni qaratish ta’lim samaradorligini oshiradi. Ingliz tili 
darslariga qo‘yilgan eng muhim talablardan biri talabalarni mustaqil fikrlashga 
o‘rgatishdir. Bugungi kunda ingliz tili o‘qituvchilari Amerika Qo‘shma Statlari, 
Angliya pedagoglari tajribasiga tayangan holda quyidagi innovatsion metodlardan 
foydalanib kelishmoqda: 
− “Muammoli vaziyat yechimi” (Creative Problem Solving) bu usulni qo‘llash 
uchun hikoyaning boshlanishi o‘qib beriladi qanday yakun topishi o‘quvchilar, 
talabalar hukmiga havola qilinadi;
− “Quvnoq topishmoqlar” (Merry Riddles) o‘quvchilarga topishmoqlar o‘rgatish 
Ingliz tilini o‘rgatishda muhim ahamiyatga ega, ular o‘zlariga notanish bo‘lgan 
so‘zlarni o‘rganadilar va o‘ylab topishmoq javobini topadilar; 
− “Tezkor javob” (Quick answers) o‘tilgan dars samaradorligini oshirishda 
yordam beradi;



Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin