Ega va uning ifodalanishi



Yüklə 122,74 Kb.
səhifə2/4
tarix24.03.2023
ölçüsü122,74 Kb.
#89722
1   2   3   4
Ega va uning ifodalanishi

5. Sifatdosh bilan
6.Harakat nomi bilan
Ega quyidagi so’z turkumlari bilan ifodalanadi:
1.Ot bilan
2.Olmosh bilan
3.Son bilan
4. Sifat bilan

Egadan anglashilgan predmet - hodisa kommunikatsiya predmeti bo’lib, uning ma’nosi har xil:

1. Kesimdan anglashilgan ish-harakatning bajaruvchisini bildiradi: bajaruvchi shaxs yoki jonli jonsiz mavjudot bo’ladi. Masalan: Muqaddas hech kimga yozdirmay davradan chiqib ketdi. Nigora darsga bormadi. SHuvillagancha «Neksiya» ketyapti.

2. Kesimdan anglashilgan holat tegishli shaxs, jonli mavjudot, jonsiz narsalarni bildiradi. Masalan: SHerzod xursand. Kuchukchaning qulog’i qirqilgan. O’rtada kitoblar sochilib yotibdi.

3. Kesimdan anglashilgan jinsning turini bildiradi. Masalan: Delьfin – baliq. Kaptar - parranda.

4. Kesimdan anglashilgan belgining egasini bildiradi: Abdullatif - padarkush. Bozorboy - saxiy. Suv tiniq. Havo sovuq.

5. Mavjudlik sub’ktini bildiradi: Mexmonlar bor.

6. Miqdor sub’ektini bildiradi: Bolalar to’rtta.

7. Qiyoslanuvchi sub’ektni bildiradi: Ukasi akasidan esliroq.

8. Ob’ekt ma’nosini bildiradi: Uy quruvchilar tomonidan ko’rildi.

Ega vaziyatidagi sintaktik shakl umumlashgan namuna sifatida bir muncha morfologik shakllarda namoyon bo’la oladi:

1. Bosh kelishikdagi ot bilan: Sayfi Soqievich dumboq qo’lini siladi.

2. Bosh kelishikdagi ot o’rnida almashib kelgan olmosh bilan: U hayoliga kelgan bema’ni fikrdan o’zi kuldi.


Yüklə 122,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin