Bunda kesimlarning yig’ib ol, tahlil qil qismlari W (lugaviy birlik) va -sa bo’ladi qismlari esa Pm voqelanishlaridir.
3.Kesim ravishdoshning -(i)b shakli va bo’lmoq fe‘lining turli ko’rinishlari bilan ifodalanganda ham egasiz gaplar vujudga keladi. 1.Bu xatning mazmunini birovga aytib bo’lmaydi.(A.Q) 2.Falakka qo’l uzatib, shamsi anvarni olib bo’lmas. (Mashrab). Bu kesimlarda aytib bo’l, olib bo’l qismlari W va -maydi, -mas qismlari Pm takomilidadir.
III. O’zbek tilidagi atov gaplar egasiz gaplarning o’ziga xos turini namoyon qiladi.1.Keng sahro. Quruq cho’l. Suv manbalaridan darak yo’q. 2.Yoqimli ohang. Zavqli qo’shiqlar. Anorxon yo’llaridan to’xtab tinglaydi.(I.R) Bu gaplar bir qarashda kesimsiz, faqat egadan iborat gaplardek tasavvur uyg’otadi. Biroq gaplarni zamonlar bo’yicha paradigmaga solsak, quyidagi ko’rinish hosil bo’ladi:
Keng sahro - Keng sahro edi.
Tun - tun edi.
Demak, atov gaplar hozirgi zamon ko’rinishidagi kesimlardan iborat egasiz gaplardir. Qiyoslang:
1.Navbahor, ochildi gullar,sabza o’ldi bog’lar. (Muqimiy)
2.Hamon yodimdadir, gul chog’i erdi.
3.Ko’rishgan maskanim, gul bog’i erdi. (I.Sulton)
IV.Semantik-funktsional shakllangan gaplar ham egasiz gaplarning alohida ko’rinishidir. 1. -Bugun bormoqchimisan? -Ha. 2.-U ham bormoqchimi? -Yo’q. 3.-Kitobni olasanmi? - Bo’lmasamchi! 4.Nasriddin xaltani uloqtirib yubordi: Ma! Sen to’y! (Afandi latifalaridan). 5. Salom, - dedi ko’rish bilan hamma birdan. Qo’llar o’tdi biqinlarining orasidan. (G’afur G’ulom.)
Dostları ilə paylaş: |