Ega va uning ifodalanishi


Sifatlovchining uyushiq qator bilan ifodalanishi



Yüklə 63,88 Kb.
səhifə7/9
tarix17.04.2022
ölçüsü63,88 Kb.
#55600
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Ega va uning ifodalanishi

Sifatlovchining uyushiq qator bilan ifodalanishi

3- §. Тahlilga jalb qilingan jumlalarda sifatlovchining uyushiq qator bilan ifodalanishiga 16 misol uchradi:

I. Uyushiq qator sifat leksemashakllar bilan ifodalangan (8):

1. Ikki a'zoli bo‘lib (6):

1) bog‘lovchi vosita qatnashmagan (3): .. y a p ­ y a n g i, u z u n qog‘oz aqchasini .. (Oybek). ..o g‘ i r, sh a h d a m qadamlar bilan .. (O‘tkir Hoshimov) kabi. Ketma­ket joylashgan ikki sifat leksemashakl doim uyushiq qator hosil qilavermaydi. Buni aniqlashda quyidagi amaliy usuldan foydalanish mumkin: uyushiq qator bo‘lsa, bunday sifatlovchilarni o‘zaro o‘rin almashtirish imkoniyati bo‘ladi: yap­yangi, uzun aqchaniuzun, yap­yangi aqchani kabi (ayni predmetning teng deb qaralgan ikki belgisi). Og‘ir, shahdam qadamlar bilan misolida ikki belgi orasidagi teng aloqa zidlash bilan (og‘ir, lekin shahdam kabi) ifodalangan.

Yozuvda ba'zan uyushiq bo‘lmagan sifatlovchilar oralig‘iga tirnoqcha qo‘yilib, ular uyushiq qatorga tenglashtirib qo‘yiladi. Masalan, Mirzakarimboy h a ya j o n l i, t i t r o q t o v u sh b i l a n qiziga fotiha berib,.. (Oybek) jumlasida ketma­ket kelgan sifat leksemashakllar asli uyushiq qator hosil qilmaydi, ularning tovush bilan leksemashakliga bog‘lanishi tamoman boshqacha: [(hayajonli) X (titroq tovush­)]  I  II  bilan. Demak, hayajonli leksemashakli titroq tovush­ birikmasiga sifatlovchi bo‘lib kel­gan, tirnoqcha noo‘rin (ortiqcha) qo‘yilgan. Yuzimga i l i q, y i r i k t o m ch i tushdi (O‘tkir Hoshimov) jumlasida ham asli sintaktik aloqa quyidagicha (iliq) X (yirik tomchi-);

2) bog‘lovchi vosita qatnashgan (3):

a) va bog‘lovchisi (2): Kuyov u z u n v a k e n g zarbob to‘n kiyib .. (Oybek). .. s o ch d a y q o p ­ q o r a v a m a y i n .. t o l a l a r .. (Pirimqul Qodirov). Ikkinchi misolda asli gapshakl (Тolalar sochday qop­qora va mayin) sifatlovchili birikmaga transformatsiya qilingan;

b) hatto ta'kid yuklamasi qatnashgan (I): U Hulkarga j u d a m a y i n, h a t- t o m e h r i b o n tovush bilan gapirar edi (Pirimqul Qodirov).

2. Uyushiq qator uch a'zoli bo‘lib, ular oralig‘ida bog‘lovchi vosita qatnashmagan (2): Kuyov tomonda o r i q, d a r o z, ch a y i r bir xotin bel bog‘ladi (Oybek). Mana bu misolda ikkinchi tirnoqcha ortiqcha qo‘yilib, ikki a'zoli uyushiq qator uch a'zoli uyushiq qatorga o‘xshab qolgan: Boshqa uylarda t o‘ y p a r a s t, d a y d i, t u r l i x o t i n l a r bor edi (Oybek). Asli bu yerdagi sintaktik bog‘lanish quyidagicha: (to‘yparast, daydi) X (turli xotinlar).

II. Uyushiq qator mato turi ma'nosini anglatadigan ot leksemalar bilan ifodalangan (1). Quyidagi jumlada bunday ma'noli ot leksema sifatlovchi olib, ko‘rpani leksemashakliga uyushiq birikmashakllar sifatida tobelangan; bu uyushiq birikmashakllar oralig‘ida va bog‘lovchisi qatnashgan: .. t o‘ q q i z d u x o b a v a t o‘ q q i z h a r n a v sh o h i ko‘rpani tomosha qildi (Oybek).

III. Uyushiq qator sifatdosh shaklidagi fe'l birikmashakllar, transformatsiyalangan gapshakllar bilan ifodalangan (5):

I. Ikki a'zoli bo‘lib (4):

1) bog‘lovchi vosita qatnashmagan (2):

a) yoyiq birikmashakllar bilan ifodalangan (1): Q i sh i n ­ yo z i n b a h o r- d a g i d a y ya sh n a b t u r a d i g a n, h a m i sh a ch a sh m a n i n g sh o‘ x t o m ch i l a r i b i l a n o‘ y n a sh i b o‘ s a d i g a n bu chiroyli giyoh – sunbul (Pirimqul Qodirov);

b) tashqi transformatsiyalangan gapshakllar bilan ifodalangan (1): e t a k l a r i g‘ i j i m l a n g a n, r a n g i a y n i g a n chit ko‘ylak .. (Oybek);

2) va bog‘lovchisi qatnashgan(2): O‘ r t a m a k t a b n i a ' l o b a h o l a r b i l a n t a m o m l a g a n v a sh u m a k t a b d a m u a l l i m l i k k a q o l d i r i l g a n Nafisa .. (Hamid G‘ulom). .. k o‘ p d a n b e r i x a y o l i n i b a n d q i l i b k e l g a n v a n i h o ya t b u g u n, sh u o q sh o m h a q i- q a t g a a y l a n i sh i e h t i m o l b o‘ l g a n orzusi haqida .. (Hamid G‘u-lom).

2. Mana bu jumladagi uyushiq qator uch a'zoli bo‘lib, leksemashakl bilan ifodalangan, bog‘lovchi vosita qatnashmagan (1): Dildor u a v v a l k o‘ r- g a n, t a n i g a n, b i l g a n Dildor emas (Hamid G‘ulom).

IV. Uyushiq qator sifat leksemashakl, sifat birikmashakl bilan hamda sifatdosh shaklidagi leksemashakl, birikmashakl bilan - aralash holda ifodalangan (2): Ch u v a k y u z l i, s i y r a k s a r g‘ i sh m o‘ y l o v l i, i r j a y g a n quvgina yigitga bir oz tikildi­da,.. (Oybek). B o b o s i g a m e h r i b o n, o t a ­ o n a s i n i n g h u r m a t i n i j o y i g a q o‘- ya d i g a n, u k a l a r i n i n g t a r b i ya s i g a b o sh ­ q o sh, o‘ t a m e h r i b o n, e r t a ­ y u k e ch t i n i b ­ t i n ch i m a y d i- g a n qiz (Hamid G‘ulom).



Yüklə 63,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin