Тo‘ldiruvchining uyushiq qator bilan ifodalanishi
5 §. Тahlilga jalb qilingan jumlalarda to‘ldiruvchining uyushiq qator bilan ifodalanishiga 10 misol uchradi; 4 misolda vositasiz to‘ldiruvchi, 6 misolda vositali to‘ldiruvchi uyushiq qator bilan ifodalangan.
1. Uyushiq qator bilan ifodalangan vositasiz to‘ldiruvchi tushum kelishigining:
I) belgili shaklida ishlatilgan (4); kelishik affiksi uyushiq qator a'zolariga:
a) alohidaalohida qo‘shilgan (3): uyushiq qator:
- leksemashakllar bilan ifodalangan (1): .. t r a k t o r n i, k o m- b a y n n i puxta o‘rganib oldi (Hamid G‘ulom);
- sifatlovchili birikmashakllar bilan, gapshaklning tashqi transformasi bilan ifodalangan; uyushiq qator a'zolari oralig‘ida va bog‘lovchisi qatnashgan (1): Keyin a y i q o t i l g a n u n g u r n i v a s e l k e l g a n d a- r a n i borib ko‘rdi (Pirimqul Qodirov);
- uyushiq qator ikkitadan ortiq a'zoli bo‘lib, uyushiq to‘ldiruvchilar tar-kibidagi sifatlovchilar gapshakl transformasi bilan, yig‘iq va yoyiq birikma-shakllar bilan ifodalangan (1): Qiz d o m l a n i n g "o‘ t k i r n a f a s i" t e k k a n b i r s i q i m ch o y n i, r o‘ m o l ch a g a t u g i l g a n q a n d n i, g o‘ sh a n g a d a k i y i l a d i g a n y u p q a o q k o‘ y- l a k n i .. v a b i r p a r ch a q o g‘ o z n i n g yu z i g a .. yo z i l- g a n .. "e z i b i ch k i" n i birga qo‘shib, .. (Oybek);
b) umumlashtiruvchi affiks sifatida yaxlitligicha qo‘shilgan (1): Oxirida u H u l k a r b i l a n A v a z n i .. ikki qayta suvratga oldi (Pirimqul Qodirov). Bu jumlada uyushiq qator a'zolari oralig‘ida bilan ko‘makchisi bog‘lovchi vazifasida qatnashgan: [(Hulkar I) bilan (Avaz I)] ni.
2) Uyushiq qator belgisiz tushum kelishigida ishlatilgan (1): .. so‘qmoqda s i m o b i ch a k m o n v a q o‘ z i t e l p a k kiygan Тurdi ko‘rindi (Pirimqul Qodirov). Bu jumlada uyushiq qator a'zolari sifatlovchili birikma bilan ifodalanib, ular oralig‘ida va bog‘lovchisi qatnashgan; tushum kelishigi shakli uyushiq qatorga bir butun holda yaxlitlovchi shakl sifatida qo‘shilgan; {[(simobi chakmon I) va (qo‘zi telpak I)] |ni|} X {kiy-gan}.
Yuqoridagi tahlildan ayon bo‘ladiki, uyushiq qator bilan ifodalangan vositasiz to‘ldiruvchi asosan tushum kelishigining belgili shaklida ishlatiladi.
2. Uyushiq qator bilan ifodalangan vositali to‘ldiruvchi (6):
1) makon kelishigida shakllangan (2):
a) chiqish kelishigida shakllanib, leksema bilan ifodalangan; kelishik shakli uch a'zoning har biriga qo‘shilgan (1): Inson baxtini m e h n a t i- d a n, i l m i d a n, h a r a k a t i d a n topadi (Hamid G‘ulom);
Adabiyotlar:
Ne‘matov H. va b. O’zbek tili struktural sintaksisi. -T.: Universitet, 2000.
Mengliev B. O’zbek tilining struktur sintaksisi –Qarshi., 2003.
G’ulomov A., Asqarova M. Hozirgi o’zbek adabiy tili. Sintaksis. -T.: 1989.
O’zbek tili grammatikasi. II tom. Sintaksis. - T.: Fan, 1975. - 548 b.
www.ziyonet.
Dostları ilə paylaş: |