Ega va uning ifodalanishi



Yüklə 63,88 Kb.
səhifə4/9
tarix17.04.2022
ölçüsü63,88 Kb.
#55600
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Ega va uning ifodalanishi

Egali gaplar. Egasiz gaplar tilimizda chegaralangan bo’lib, ular egali gaplarga nisbatan juda kam miqdorni tashkil etadi. Egali gaplar esa tilimizning me‘yoriy xossasidan biridir. Chunki gap markazini tashkil etuvchi kesimning tarkibidagi Pm (kesimlik kategoriyasi)ning qismlaridan biri shaxs-son ma‘nosi bo’lib, u hamisha o’zining to’dirilishini, muayyanlashtirilishini talab qiladi. Bu esa gaplarning egali bo’lishini taqoza qiladi.

Yuqorida aytilganidek, o’zbek tilidagi gaplarning lisoniy strukturasi uch uzv (ega, hol, kesim) dan iborat bo’lib, egali gaplarda ega pozitsiyasi bo’sh bo’lmaydi, to’ldirilgan bo’ladi. U nutqda esa yuzaga chiqqan hol, yuzaga chiqqan kesim bo’lishi mumkin. Quyidagi ikki gapni qiyoslang:

1.Men kitobni o’qidim.

2.Kitobni o’qidim.

Har ikkala gap ham [Ye-N-Pm] qolipi hosilasi bo’lib, ularning kesimidagi Pmga xos shaxs-son qo’shimchalari ega, uning tabiati (qaysi shaxs, son) haqida to’liq axborot berib turibdi. Har ikkala gap uchun ham ega I-shaxs birlikdagi kishilik olmoshidir. Biroq, ulardan birinchisida bu lisoniy to’liqlik (ega pozitsiyasining bo’sh emasligi) nutqda namoyon bo’lgan, ikkinchisida esa nutqiy ehtiyoj bo’lganligi tufayli namoyon bo’lmagan. Ko’rinadiki, har ikkala gap ham lisoniy egali, ega pozitsiyasi to’ldirilgan gap qismining hosilasidir.

Egasi ifodalangan (nutqda namoyon bo’lgan) gaplar.

Egasi ifodalanmagan (nutqda namoyon bo’lmagan) gaplar.

Egasi ifodalanishi ixtiyoriy bo’lgan gaplar.

Egasi ifodalangan gaplar. Kesimdagi W, Pm xususiyatlari va ularning o’zaro munosabati tufayli nutqda eganing tushirib qoldirilishi mumkin bo’lmaydi. Bunda ham eganing nutqiy voqelanishini zarur qilib qo’yadigan:

Wga bog’liq omillar.

Pm ga bog’liq omillar mavjud.

I. Kesimdagi [W] ga bog’liq holda ega ifodalanishining zarurligi.

1.Kesimning [W] qismi vazifasida frazema (ibora) kelganda, egani tushirib qoldirishning iloji yo’q.1.Bu voqeadan Jamshidning kapalagi uchib ketdi.(Gazetadan.) 2.Markazga kelib, bo’lib o’tgan voqealarning butun tafsilotini eshitgan Qalandarovning fig’oni falakka chiqdi.

Bunda ega ifodalanishining zarurligi, ko’rinib turibdiki, gapning qolipiga

emas, balki iboralarda ega bilan kesim aloqasining o’ta zichligi, iboralarning barqaror hodisa ekanligi bilan bog’liqdir.

2.Ma‘lumki, ayrim xollarda o’timli fe‘llarning semantikasi ularning vositasiz to’ldiruvchi bilan kompletiv (o’ta zich) aloqa bo’lishini taqozo qila (masalan, kuzatmoq, ko’rmoq, aytmoq). Bu so’zlarning ob‘ekt valentligi (tushum kelishigidagi kengaytiruvchisi) zaruriydir. Shu boisdan fe‘l majhul nisbatga o’tgach, ularning vositasiz to’ldiruvchisi egaga aylanadi, shuningdek, mazkur kompletiv aloqa ham saqlanib qoladi, avval to’ldiruvchi, endi esa eganing ifodalanishi zarur bo’lib qoladi. 1.Oqibat, hozirgacha ham ayrim fuqoralar, ayniqsa, yoshlar orasida ikkilanishlar, hatto muxolifat tomoniga og’ib ketish kabi achinarli hollar kuzatilmoqda. (Gazetadan) 2.Natijada ko’plab fuqoralar uchun buzg’unchi muxolifatning asl basharasi, uning maqsad va vazifalari mohiyati, kirdikorlari to’laqonli bayon etib berilmadi. (Gazetadan.) 3.Yig’inda fermer xo’jaliklari taraqqiyoti uchun mahalliy fermerlar tomonidan qo’yilayotgan sun‘iy g’ovlarning sabablari ham aytildi. (Gazetadan.)

3.Kesimning [W] qismi taqlid so’zlardan yasalgan fe‘llar ham eganing ifodalanishini taqozo etadi. 1.Eshik taq-taq qildi. 2.Yuragim shuvillab ketdi. 3.Qarg’a qag’illaydi.

Tabiat hodisalarini ifodalovchi ayrim fe‘llar ham eganing mazmuni bilan o’ta zichlashib ketganligi bois nutqda eganing tushib qolishiga yo’l qo’ymaydi: Tong otdi. Kun botdi. Chaqmoq chaqdi. Qorong’i tushdi.




Yüklə 63,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin