2) Eksport operatsiyalariga va ularga tenglashtirilgan operatsiyalar boʼyicha aylanmalar nol darajali stavka boʼyicha soliq solinadi (Soliq kodeksining 36-bobi).
Soliq davri
Soliq (hisobot) davri - bir oy.
Elektron shakldagi elektron xizmatlar koʼrsatuvchi chet el yuridik shaxslari uchun soliq davri - bir chorak.
(Soliq kodeksining 259-moddasi)
QO’SHILGAN QIYMAT SOLIG’I
QO’SHILGAN QIYMAT SOLIG’I
Soliq bazasi
Аksiz soligʼini (aksiz toʼlanadigan tovarlar, xizmatlar uchun) hisobga olib, unga soliqni kiritmagan holda, bitim taraflari tomonidan qoʼllanilgan narxdan (tarifdan) kelib chiqqan holda realizatsiya qilinadigan tovarlarning (xizmatlarning) qiymati sifatida aniqlanadi.
(Soliq kodeksining 248-moddasi)
Soliq hisobotlarini taqdim qilish tartibi
Yilning har oyida, soliq davridan keyingi oyning 20-kunidan kechiktirmay,
(Soliq kodeksining 273-moddasi)
To'lov muddati
Har oyda keyingi oyning 20-kunidan kechiktirmay amalga oshiriladi
(Soliq kodeksining 273-moddasi)
Aksiz solig’i
Soliq to'lovchilar
Аksiz solig'i solinadigan tovarlarni (aksiz toʼlanadigan tovarlarni) ishlab chiqaruvchilar, aksiz soligʼi solinadigan (aksiz toʼlanadigan xizmatlar) mobil aloqa xizmatlarini koʼrsatuvchilar, benzin, dizel yoqilgʼisini yakuniy isteʼmolchilarga realizatsiya qilishni, shu jumladan avtomobillarga yoqilgʼi quyish shoxobchalari orqali realizatsiya qilishni, shuningdek gazni avtomobillarga yoqilgʼi quyish shoxobchalari orqali realizatsiya qilishni amalga oshiruvchilar