Ehtimollar nazariyasining aksiomalari


A.N.Kolmogorov aksiomalari va ulardan kelib chiqadigan teoremalar



Yüklə 53 Kb.
səhifə2/3
tarix19.12.2022
ölçüsü53 Kb.
#76349
1   2   3
Ehtimollar nazariyasining aksiomalari. Ehtimollarni hisoblashning klassik usuli

A.N.Kolmogorov aksiomalari va ulardan kelib chiqadigan teoremalar


1-aksioma. Har bir A hodisaga uning ehtimoli deb ataluvchi manfiy bo‘lmagan P(A) son mos keltirilgan.
2-aksioma. Agar A1, A2, . . . juft-jufti bilan birgalikda bo‘lmagan hodisalar bo‘lsa, u holda
P(A1+A2+...)=P(A1)+P(A2)+... (1)
Eslatma. Ai hodisalar soni cheksiz bo‘lsa, o‘ng tomonda qatorning yig‘indisi qaraladi, chekli bo‘lganda esa, unga nisbatan kuchsizroq shart qaraladi.
3`-aksioma. Agar A va B birgalikda bo‘lmagan hodisalar bo‘lsa, u holda
P(A+B)= P(A)+P(B) (2)
(2) ni oddiy qo‘shish aksiomasi, (1) yesa kengaytirilgan qo‘shish aksiomasi deyiladi.
4-aksioma. P()=1
1-3 aksiomalar A.N.Kolmogorov tomonidan kiritilgan bo‘lib, ular ehtimollar nazariyasining asosini tashkil qiladi.
1-teorema. P(A)+P(A)=1 bo‘ladi.
Isbot. Ma’lumki, A+A=. Bundan 1=P()=P(A+A)=P(A)+P(A).
2-teorema. P(A)1.
Isbot. P(A)0 bo‘lgani uchun P(A)+P(A)=1 dan P(A)1 kelib chiqadi.
3-teorema. P(A+B)=P(A)+P(B)-P(AB) tenglik o‘rinli.
Isbot. A va B lar  ning qism to‘plamlari bo‘lganligidan
A=AB+AB, A+B=B+AB tengliklar o‘rinli ekanligi Eyler doiralari yordamida tushuntirilishi ravshan

Har ikkala tenglikka qo‘shish aksiomasini tadbiq etamiz:


P(A)=P(AB)+P(AB),P(A+B)=P(B)+P(AB)
Ikkinchi tenglikdan birinchi tenglikni ayirsak isbot talab etilgan tenglik kelib chiqadi.
A.N.Kolmogorov aksiomalari tasodifiy natijali tajribalarni tavsiflash uchun qulay matematik sxemani beradi. U quyidagidan iborat.

  1. Elementar hodisalar fazosi deb ataluvchi  to‘plam.

  2.  to‘plamning hodisalar deb ataluvchi va I, II, III shartni qanoatlantiruvchi qism to‘plamlari sistemasi.

  3. Hodisalar to‘plamida aniqlangan va 1, 2, 3 aksiomalarni qanoatlantiruvchi P(A) funksiya.

Bu uchta obektlar majmuasi muayyan tajribaning ehtimoliy modeli deb ataladi. Bunga ko‘ra ehtimollar nazariyasi predmetini aniq ta’riflash imkoniyatiga ega bo‘lamiz: Ehtimollar nazariyasi mumkin bo‘lgan barcha ehtimoliy modellarni o‘rganadi.



Yüklə 53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin