Ehtiyojlar (moddiy va ma’naviy)



Yüklə 1,64 Mb.
səhifə36/81
tarix28.11.2023
ölçüsü1,64 Mb.
#168016
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   81
Farmatsevtika menejmenti-fayllar.org

Boshqaruvchilik me’yori — bu aniq bir tashkilotning bitta rahbari tomonidan faoliyati samarali boshqarilishi mumkin bo‘lgan bo‘y­su­nuvchi va hisobot beruvchi xodimlarning eng katta (maksi­mal) soni.
· muvofiqlik (vakolatlar hajmi boshqaga o‘tkazilgan javobgar­likka muvofiq kelishi kerak). Vakolatlar hajmi javobgarlikdan ortiq bo‘lsa, tashkilot ma’muriy o‘zboshimchalikka, javobgarlik hajmi esa vakolatlardan ortiq bo‘lsa, boshqaruv faoliyatining falajiga yuz tutishi mumkin;
· muvofiqlashtirish (xodimga berilgan yangi topshiriqqa muvofiq vakolatlar tarkibiga muntazam ravishda tuzatishlar kiritib turilishi kerak);
· yetarliylik (javobgarlik ko‘lami xodimning individual imkoni­yatlaridan ortib ketmasligi kerak);
· asoslanganlik (javobgarlikning ko‘lamining kengaytirilishi ish haqining oshirilishi, ta’sir ko‘rsatish yoki peshqadamlik bilan asos­la­nishi kerak).
Vakolatlarni boshqaga o‘tkazishning samarasi ko‘pincha ularning ijrochilarini qoniqish darajasi orqali namoyon bo‘ladi (15.4- сhizma). Vakolatlarni boshqaga o‘tkazishning samarasi va qoniqish darajasi ko‘p jihatdan tarkibidagi ikki: rahbarning o‘z vakolatlarini boshqaga o‘tkazilishini xohlamasligi va qo‘l ostidagi xodimning javobgarlikni o‘z zimmasiga olishni xohlamasligi komponentlariga bog‘liq bo‘ladi.
Rahbarning o‘z vakolatlarini boshqaga o‘tkazilishini xohlamas­­ligini qo‘l ostidagi xodimlarga ishonchi bo‘lmaganligi, tavakkal qilishdan qo‘rqishi; nazoratni amalga oshirish qiyinligi; „kuchli“ shaxslar xavf solishi mumkinligi; qarorlarni qabul qilish jarayo­nining murakkablashishi; qo‘l ostidagi xodimlar bilan bog‘lan­ganlikning rivojlanishi bilan izohlanadi.

O‘z navbatida qo‘l ostidagi xodimlarning javobgarlikni o‘z zimmasiga olishni xohlamasligi o‘tkazib yuborilgan xatolar uchun tanqid qilinishidan qo‘rqish; masalalarni hal qilishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan qiyin­chiliklar; topshiriqni muvaffaqiyatli bajarilishi uchun axborot va resurslarning bo‘lmasligi; ishning ko‘payib ketishi; o‘ziga ishon­masligi; qo‘shimcha javobgarlik uchun rag‘batlar bo‘lma­ganligi bilan izohlanadi.


Vakolatlarning boshqaga o‘tkazilishi rahbarning ishini, uning samaradorligini oshirish imkonini berib maqbullashtiradi, biroq bu uning yakuniy qarorlarni qabul qilish majburiyatidan va tashkilotda yuz berayotgan barcha uchun bosh javobgarlikdan ozod qilmaydi.



Yüklə 1,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin