Ehtiyojlar (moddiy va ma’naviy)



Yüklə 1,64 Mb.
səhifə39/81
tarix28.11.2023
ölçüsü1,64 Mb.
#168016
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   81
Farmatsevtika menejmenti-fayllar.org

II bosqich — jamoa a’zolarining birgalikdagi mehnat va mehnat taqsimoti natijasida jamoani tabaqalashtirish asosida moslashuvi. Jamoada endi 2 guruhni: tashabbuskor (faol) va loqayd (indif­ferent) yoki sustkash (passiv) xodimlarning mikroguruhini aniq ajratish mumkin. Rahbar norasmiy tashkilot bilan birgalikda faollarga tayanishi va ularning tarkibini oshirish sharoitlarini yaratishi lozim. Bunda odamlarga o‘ziga qarab yondoshish va tarbiyaviy ishlarni olib borish juda muhimdir.
III bosqichda jamoaning mustahkamlanishi va jipslashishini kuzatish mumkin. Biroq bundan oldingi bosqichlarning yo‘na­l­tirilish va moslashish mexanizmlari tarqoq holatda emas, balki birgalikda ta’sir etishni davom etadi. Mehnat jamoasining deyarli ko‘pchilik a’zolarida o‘zlari oldida turgan maqsadlar va vazifalarga ijobiy munosabatlar shakllanadi, hamkorlik va o‘zaro yordam munosabatlari o‘rnatiladi. Ushbu bosqichda ishga qobi­liyatli uyg‘unlashgan jamoa barpo bo‘la boshlaydi.
Mehnat jamoalari turlicha bo‘lishiga qaramasdan, ular tomonidan bajariladigan funksiyalar bir xildir. Funksiyalarning uchta asosiy xili ajratib ko‘rsatiladi, bular: ishlab chiqarish —iqtisodiy, ijtimoiy va tarbiyaviy funksiyalardir. Ishlab chiqarish —iqtisodiy funksiyasi korxona faoliyatining asosiy maqsadini — resurslardan oqilona foydalangan holda aholini farmatsevtika yordami bilan ta’minlashni aks ettiradi. Ijtimoiy funksiya meh­natda ijodiy tashabbusning rivojlanishi va jamoa a’zolarining bir qator: xavfsiz sog‘lom mehnat sharoitlari, zaruriy ijtimoiy ta’minot (turar joy, bolalar muassasalari, malaka oshirish va boshqa) eng muhim ijtimoiy ehtiyojlari qondirilishida namoyon bo‘ladi. Jamoaning eng muhim funksiyasi — bu tarbiyaviy funksiyadir. Uning mohiyati butun jamoa va uning har bir a’zosini kuchi bilan ongli intizom, farmatsevtika etikasi va deon­tologiyani shakllantirishdan iborat. O‘g‘irliklar va kamo­madlar bilan kurashish ham shunga kiradi.
Mehnat jamoalari o‘z funksiyalarini bajarishda faqat bosh­qaruv obyekti sifatida emas, balki boshqaruv subyekti sifatida ham chiqadilar. Jamoaning boshqaruv subyekti sifatidagi faoliyati ayrim xodimlarga tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatishdan iborat bo‘ladi. Boshqaruv obyekti sifatida jamoa maqsadga yo‘naltirilgan shakl­lan­tirish va rivojlanishga muhtoj bo‘ladi. Mehnat jamoalari tuzulmalarning quyidagi: tashkiliy, ijtimoiy-demografik, kasbiy-malakaviy va ijtimoiy-psixologik kabi rivojlangan turlari mavjud­ligi bilan tavsiflanadi.

Yüklə 1,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin