Ehtiyojlar (moddiy va ma’naviy)


Tashkilotlardagi nizolarni boshqarish



Yüklə 1,64 Mb.
səhifə51/81
tarix28.11.2023
ölçüsü1,64 Mb.
#168016
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   81
Farmatsevtika menejmenti-fayllar.org

16.7. Tashkilotlardagi nizolarni boshqarish
Farmatsevtika tashkilotlaridagi nizolarning obyektiv sabablarini bir nechta turga bo‘lish mumkin:

· tashkilot tuzulmasining hal qilinadigan vazifalarga va „tashqi muhit“ talablariga nomuvofiqligi bilan bog‘liq bo‘lgan tuzulmaviy-tashkiliy;


· tuzulmaviy elementlar bilan alohida ijrochilar o‘rtasidagi o‘zaro aloqaning oqilona tashkil etilmaganligi oqibatidagi funk­sional-tashkiliy;
· mutaxassislarning shaxsiy xislatlarini egallagan lavozimi talablariga nomuvofiqligi sababli hosil bo‘ladigan, shaxsiyat-tashkiliy;
· rahbar yohud qo‘l ostidagi xodimlar tomonidan sodir etilgan xatolarning oqibati hisoblanadigan, vaziyatli-boshqaruv.
Rahbar harakatlaridagi nizoni keltirib chiqarishi mumkin bo‘l­gan xatolar ichidan xizmat etikasini (qo‘pollik, hurmatsizlik, takab­burlik, qo‘l ostidagi xodimlarning huquqlarini cheklab qo‘yish, xiz­mat mansabini suiste’mol qilish va boshqalar) hamda mehnat qonun­­chiligini buzish, qo‘l ostidagi xodimlarga va ularning qilgan ishlariga adolatsiz baho berish kabi xatolar ko‘proq ajratib ko‘rsatiladi.
Nizo — ikki yoki undan ortiq kishilarning qarama-qarshi qarash­lari, nuqtayi nazarlari, manfaatlari, maqsadlarining to‘q­nashuvi.
Nizoli vaziyat — bu nizoning asl sababini o‘z ichiga oluvchi to‘planib qolgan kelishmovchiliklar.
To‘qnashuv — bu nizoga sabab bo‘luvchi voqealarning bir-biriga to‘g‘ri kelib qolishi.
Nizo — bu ijtimoiy hodisa bo‘lganligi sababli, uni tahlil qilish uchun, avvalo ayrim shaxslar o‘zaro munosabatlarining xususi­yatlarini va tashkilotning barqarorligini ta’minlovchi aloqalar buzilishining oqibatlarini e’tiborga oluvchi shaxsiyatli yondoshuv­dan foydalaniladi. Nizoni birgalikdagi faoliyatda aloqalar va munosabatlar namoyon bo‘lishini hisobga oluvchi nuqtayi nazar­dan ham tahlil qilish mumkin.
Nizolarni o‘rganib chiqishda tuzulmaviy va tizimiy-vaziyatli tahlil, modellashtirish uslublaridan, sotsiometriya, ijtimoiy tad­qiqotlar va boshqalar qo‘llaniladi.
Turli alomatlardan foydalangan holda nizolarni strukturizatsiya qilish (16.8- jadval) ularga dastlabki tavsifni berish imkonini beradi.


16.8- jadval



Yüklə 1,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin