Farmatsеvtika yordamini shakllantirilishi va uni istе'molchilarning barcha toifalari va guruhlariga kеrakli muddatlarda, zarur hajmda va tеgishli sifat bilan ko’rsatilishi
Shеriklar, raqobatchilar, ta'minotchilar, yuqori tashkilotlar va boshqalar bilan munosabatlar
Boshqaruv qarori — bu aniq maqsadga erishishning ko‘pgina variantlari ichidan muqobil variantni tanlash natijasi.
Maqbul variant tanlovini amalga oshiruvchi va o‘z qarorlari uchun javobgarlikni olib boruvchi shaxslar — qarorlarni qabul qiluvchi shaxslar (QQQSH) deb hisoblanadi. Bu ikki: tanlov va javobgarlik shartlarining bo‘lishi majburiydir. Qarorlarni ham farmatsevtika tashkilotining rahbarlari, ham uning bo‘linmasini rahbarlari qabul qiladilar.
Turli pog‘onadagi rahbar o‘zining amaliy ishida yuzaga keladigan muammolarni hal qiladi.
Muammo — bu hal qilinishi lozim bo‘lgan murakkab nazariy masala yoki amaliy vaziyat.
Muammolar ko‘lami (aloqador shaxslarning soni, yo‘qotishlarning bo‘lishi); muhimligi (tashkilot uchun oqibatlarning xususiyati); shoshilinchligi (qarorlarni qabul qilishning vaqt bo‘yicha qat’iylik darajasi); hal qilish imkoni (umuman hal qilinmaydigan, mazkur sharoitlarda hal qilinmaydigan, hal qilinadigan); tuzulmalashtirilganligi (yaxshi tuzulmalashtirilgan, bo‘sh tuzulmalashtirilgan, sifatli taqdim etilgan) bilan farqlanadi.
Muammolarning hal etilishi ma’lum ketma-ketlikka rioya etilishini taqozo etadi. Ularning navbatini o‘rnatish asosiga quyidagi asosiy omillar olinishi mumkin:
· oqibatlar; · tashkilotning o‘ziga ta’siri; · muammoning shoshilinchligi va vaqt bo‘yicha cheklanganligi; · asoslanganlik darajasi va ijrochilarda qobiliyatning mav- judligi. Ushbu va boshqa omillarni o‘rganib chiqish, menejerga muammolarning ahamiyatiga qarab navbatini belgilagan holda, ularni hal qilish tartibini aniqlash imkonini beradi. Hal qilinishi bilan voz kechish mumkin bo‘lmagan (dori vositalarining bozoriga yangi mahsulotlar bilan chiqish, raqobatbardoshlikni oshirish va boshqa) yangi imkoniyatlar, qo‘shimcha resurslar paydo bo‘ladigan muammolar eng muhim bo‘lib qoladi.
Nizo va to‘xtab qolishlarni tezkor tugatilishi bilan cheklanmay, ularni yaratuvchi sabablarni bartaraf qiladigan qaror to‘la-to‘kis deb hisoblanishi kerak.
Boshqaruv qarorini ishlab chiqish, qabul qilish va amalga oshirish siklini o‘z ichiga oladigan boshqaruv jarayoni, qarorlar qabul qilinishini taqozo etadigan vaziyatlar paydo bo‘lganligini ko‘rsatuvchi qandaydir hodisadan boshlanadi. Qarorlarni qabul qiluvchi shaxslarning o‘zini tutishi, shuningdek qarorlarning o‘zi ham ko‘p jihatdan yuzaga kelgan vaziyatlarning obyektiv va subyektiv xususiyatlariga bog‘liq bo‘ladi.
Muammoli vaziyat quyidagi hollarda paydo bo‘ladi:
· boshqaruv obyekti oldiga qo‘yilgan vazifalarni bajarmasa; · hal qilinishida boshqa uslubiyotni talab etuvchi yangi masalalar paydo bo‘lsa; · boshqaruv obyektlarining holatini yaxshilash zaruriyati bo‘lsa. 17.1- chizmada muammoli vaziyat paydo bo‘lishining asosiy sabablari aks ettirilgan.
17.1- chizma.Muammoli vaziyat paydo bo‘lishining asosiy