Kurs ishining hajmi: Ish 30 sahifadan iborat bo’lib, kirish 2 bob va 5 reja bo’limdan va xulosa, foydalanilgan adabiyotlardan iborat. Kirish qismida Respublikamizda so’ngi yillarda olib borilayotgan ekologik islohatlar mavzuning dolzarbligi va ilmiy amaliy ahamiyati, yangi ilg’or g’oya texnologiyalar haqida so’z borgan. Ishning asosiy qismida mavzuning mazmun mohiyati ilmiy jihatlari to’la ochib berilgan. Xulosa qismida esa mavzuning jamlanmasi xulosalangan.
Asosiy qism I. BOB. Ekologik ekspertizaning xuquqiy asoslari haqida umumiy tushuncha. 1.1. Ekologik ekspertizaning xuquqiy asoslari haqida umumiy tushuncha. Printsip so’zi lotincha «principium» so’zidan olingan bo’lib «boshlash», «asos» ma’nosini bildiradi. Ekologik ekspertiza printsiplari uning asosiy ilmiy qoidalari bo’lib, ular eklogik ekspertiza faoliyati uchun rahbariy ilmiy va amaliy ko’rsatkma va qo’llanma ahamiyatiga egadir. Printsiplarni ekologik ekspertiza metodlari sifatida ham tushunish mumkin. Ekologik ekspertiza printsiplari ekologik ekspertiza faoliyati tajrabalarini o’rganish va umumlashtirish, ulardan foydalanish asosida shakllanadi va rivojlanib boradi. Printsiplar tabiat va jamiyatning o’zaro ta’sirini optimallashtirish extiyojlariga maksimal darajada mos kelishi kerak.
SHu sababdan ekologik ekspertiza printsiplariga quyidagi xususiyatlar xosdir: 1) ob’ektiv o’zaro bog’langan. Ekologik ekspertiza printsiplari tabiatga, tarix va jamiyatga, mamlakatga mos kelgandagina ularni hisoblash mumkin; 2) tarixan shartlanganlik. Davlat siyosati va davlat tuzumi o’zgarishi bilan ekologik ekspertiza printsiplari ham o’zgaradi. O’zbekistonning mustaqillikka erishishi munosabati bilan shunday o’zgarishlar sodir bo’ldi; 3) Tizimlilik. Ekologik ekspertizaning barcha printsiplarini o’zaro bog’liq klassifikatsiyalash mumkin (umumiy, ilmiy, xususiy (komponentlar bo’yitcha), yuridik va boshqalar).
Xozirgi zamon ekologik ekspertizasi printsiplarining quyidagi uchta yo’nalishini ajratish mumkin:
umumiy printsiplar;
konkret ilmiy printsiplar;
yuridik (huquqiy) printsiplar.
Ekologik ekspertizaning umumiy printsiplari ekologiya (shu jumladan iqtisodiy ekologiya) va tabiatdan foydalanish iqtisodi fanlarining aniqlangan va ekologik ekspertiza uchun muhim ahamiyatga ega bo’lgan printsiplariga asoslanib ifodalangan printsiplaridan iboratdir. Ekologik ekspertiza fanining ekspertiza faoliyati va tajribalarini maxsus yo’nalishdatadqiq etish asosida aniqlagan printsiplari konkret ilmiy printsiplar qatoriga kiradi. Ekologik qonunchilik xujjatlarida mustahkamlangan va ekologik ekspertiza amaliyotida bajarilishi majburiy bo’lgan yuridik kuchga ega bo’lgan printsiplar yuridik (huquqiy) printsiplar hisoblanadi. Ularni ekologik ekspertiza amaliyoti printsiplari deb atash mumkin.
Ushbu printsiplar o’zaro uzviy bog’liq bo’lib, ular bir-birlarini to’ldiradi va amaliyotda jamiyat va tabiat o’rtasidagi aloqalarga bog’liq qonunlarni hayotga tadbiq etishga xizmat qiladi. [1]
1.2. Bugungi kunda Respublikamizda ekologik ekspertizaning prinsiplari. EKOLOGIK EKSPERTIZA OʻTKAZISH TARTIBI YANGILANDI
Vazirlar Mahkamasining 22.11.2018 yildagi 949-son qarori bilan yangi tartib-taomil tasdiqlandi. Boshqalar qatori ekspertiza ob’yektlari va muddatlari, atrof muhitga ta’sir koʻrsatish хavfi boʻyicha faoliyat turlariga tuzatishlar kiritildi.
2002 yildan buyon amal qilayotgan tartib oʻz kuchini yoʻqotdi.
Eslatib oʻtamiz, davlat ekologik ekspertizasi (bundan keyin – ekspertiza) quyidagilarni aniqlaydi:
prognoz qilinayotgan хoʻjalik va boshqa faoliyatni (bundan keyin – faoliyat) amalga oshirish haqida qaror qabul qilishgacha boʻlgan bosqichda ushbu faoliyatning ekologik talablarga muvofiqligini;
atrof tabiiy muhitni (bundan keyin – ATM) muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish boʻyicha tadbirlarning yetarliligi va asosliligini.[2]
Bunda hujjatning yangi tahririda «moʻljallanayotgan» faoliyat – tabiiy resurslardan foydalanishni nazarda tutadigan va bu jarayonda ATM komponentlariga ta’sir koʻrsatishi mumkin boʻlgan har qanday rejalashtirilgan faoliyat ekanligi borasida aniqlik kiritilgan.
Endi Davlat ekologiya qoʻmitasining (qayta tashkil etilgan Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi) iхtisoslashtirilgan ekspert boʻlinmalari: Davlat ekologiya qoʻmitasining «Davlat ekologik ekspertizasi markazi», Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar DUK (bundan keyin – Markazlar) ekspertizani oʻtkazadilar.[2]
Qanday ob’yektlar ekologik ekspertizadan oʻtkazilishi shart Quyida respublika yoki hududiy Markazlarda majburiy ekspertizadan oʻtkaziladigan ob’yektlarning yangilangan roʻyхati keltirilgan. Kiritilgan qoʻshimchalar ajratib koʻrsatilgan.( 1-jadvalga qarang)
1-jadval