Ekologik ekspertizaning xuqukiy asoslari


Ekolgik ekspertizaning peridik (huquqiy) prinsiplari



Yüklə 176,5 Kb.
səhifə8/10
tarix25.04.2023
ölçüsü176,5 Kb.
#102126
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Sobirjonov Sarvar

2.3. Ekolgik ekspertizaning peridik (huquqiy) prinsiplari
Ekologik ekspertizaning boshqoruv tarmog’i va faoliyat chifatidagi mazmuni va mohiyatini ekologik huquqiy tartibga soluvchi ekologik huquqiy normalar, institutlar belgilaydi. Ekologik ekspertizaning huquqiy normalari faqat O’zbkiston respublikasi Konstitutsiyasiga asoslangan qonunlar bilan belgilanadi. Bu baravar darajada ekologik ekspertiza bo’yicha O’zbekiston respublikasi Prezidentining Farmonlari va farmoyishlari (buyruqlari), O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining (xukumatining) qaror va farmoyishlariga ham taalluqlilidir. SHunday qilib, ekologik ekspertizaning huquqiy asoslari ekologik huquqiy normalarni o’z ichiga olgan normativ-huquqiy aktlar (rasmiy xujjat) hisoblanadi. Normativhuquqiy aktlar tegishli vakolatli orgonlar tomonidan chiqariladigan xujjatlardan iborat bo’ladi.
Huquqiy (yuridik) kuchiga ko’ra ekologik ekspertizaning barcha huquqiy talablarini qonunlar va qonunga asoslangan aktlarga bo’lish mumkin. Qonunlar qonun chiqaruvchi organ O’zbekiston Respublikasining Oliy majlisi tomonidan qabul qilinadigan normativ aktlar hisoblanadi. Qonunga asoslangan aktlarga shunday aktlarni qabul qilish huquqiga ega bo’lgan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi, vazirliklar va idoralar, respublika sub’ektlarining vakolatdi hokimiyat organlari tomonidan qabul qilingan huquqiy xarakterdagi hujjatlar kiradi.


Ekologik ekspertizaning huquqiy asoslari.
O’zbekiston Respublikasining ekologik ekspertiza bo’yicha ekologik normativhuquqiy aktlari tizimi mohiyatiga ko’ra qonunlar majmui tizimi bo’lib, ular respublikada amalga oshirilayotgan atrof muhit muhofazasi sohasida qabul qilingan va tayyorlanayotgan qonunlarga bog’liq holda doimiy ravishda takomillashtirilib borilmoqda.
O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi barcha qonunlar kabi ekologik ekspertiza sohasida huquqiy normalarning asosiy bosh manbaidir. “Tabiatni muhofaza qilish to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasining qonuni (1992y) ekologik ekspertizaning maqsadi, ob’ektlarini belgilab bergan. (IV qism, 24-27 moddalar). O’zbekiston Respublikasining “Ekologik ekspertiza to’g’risida”(2000 yil) qonunida ekologik ekspertizaning huquqiy asolari to’la bayon qilingan. Bundan tashqari ekologik ekspertiza uchun katta ahamiyatga ega bo’lgan tabiat komponentlarini muhofaza qilish bo’yicha qator qonunlar qabul qilindi. Bular qatoriga atmosfera, yer, suv, yer osti boyliklari, o’simlik va hayvonat olami, alohida muhofaza qilinadigan hududlar to’g’risidagi qonun xujjatlari kiradi.
Mustaqillik yillarida O’zbekistonda ekologik ekspertiza bo’yicha qator qonunlarga asoslangan aktlar qabul qilindi. 1996 yilda “Korxonalar, binolar va inshootlar qurishning loyiha-smeta xujjatlarining tarkibi, ishlab chiqish, muvofiqlashtirish va tasdiqlash tartibi to’g’risidagi yo’riqnoma” ishga tushirildi. Unda loyihani tayyorlashga qo’yiladigan talablar belgilandi. Ushbu talablarga muvofiq loyihaga “Atrof muhitga ta’sir ko’rsatish to’g’risida bayonot” (ishchi loyihasi tarkibida) taqdim etilishi kerak.
Tabiat va jamiyat o`rtasidagi o`zaro ta’sirlar natijasida turli ijtimoiy munosabatlar paydo bo`ladi. Ushbu sohada ijtimoiy munosabatlarni biz ijtimoiy ekologik munosabatlar deb ataymiz.[9]
Shuni alohida ta'kidlash kYerakki, ijtimoiy ekologik munosabatlarning shakli, mazmuni jihatdan turli tuman bo`lib, ushbu munosabatlarni tartibga solishda kеng qamrovli choratadbirlari amalga oshirilishini taqozo etadi.
Ijtimoiy ekologik munosabatlarning yo`nalishlarni ilmiy jihatdan asoslangan holda oqilona aniqlash o`z navbatida , ushbu munosabatlarni tartibga solish huquqiy mеxanizmni ixchamlashtiradi va amalga oshirishga yordam beradi.
Bugungi kunda tabiat-jamiyat tizimidagi ijtimoiy munosabatlar uchta qo`yidagi asosiy yo`nalishlarda paydo bo`ladi:
1. Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish bilan bog`liq ekologik huquqiy munosabatlar;
2. Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish bilan bog`liq ekologik huquqiy
munosabatlar;
3. Aholining ekologik havfsizligini ta’minlash bog`liq ekologik huquqiy munosabatlar;
Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish - jamiyatda yer, yer osti boyliklari, suv, o`rmon, hayvonot va o`simlik dunyosi hamda atmosfera havosini muhofaza qilish, tabiiy hosilalar va ekologik komplekslarni saqlash, qayta tiklash, atrof muhitning biologic xilma-xilligini ta’minlash bilan bog`liq qoida-talab, chora-tadbirlarning yig`indisi hisoblanadi.
Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish bilan bog`liq chora-tadbirlarni amalga oshirishga qaratilgan qonunchilik hujjatlari, qoida-talablari muhofaza ahamiyatidagi ijtimoiy ekologik munosabatlarni tartibga soladi.
Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish-jamiyatning ehtiyojlarini qondirijsh
maqsadida yer, yer osti boyliklari, suv resurslari, hayvonot va o`simlik dunyosi hamda atmosfera havosidan foydalanishga qaratilgan ilmiy jihatdan davlat dastur va rejalari, qonunchilik hujjatlari qoida-talablari yig`indisidan iboratdir.
Tabiiy resurslardan foydalanish bilan bog`liq umummajburiy qonunchilik hujjatlari qoida-talablari foydalanish ahamiyatidagi, ijtimoiy ekologik munosabatlarni tartibga soladi.
Aholining ekologik havfsizligini ta’minlash - antropogen ta’sirlar natijasida paydo bo`ladigan ekologik vaziyati va ofati mintaqalarida barqaror tabiiy muhitni saqlash, aholining hayoti va sog`lig`iga ta’sir ko`rsatuvchi ekologik havfli va zararli ta’sirlarni oldini olish bilan bog`liq keng qamrovli chora-tadbirlar tizimidan iborat.
Ekologik havfsizlik o`n yillar davomida respublikamiz hududida tabiiy resurslardan oqilona foydalanmaslik va tabiatni muhofaza qilish qoida talablariga amal qilmaslik sharoitida xalq xo`jaligi sohalarida olib borilgan ishlab chiqarish jarayoni natijasida yuzaga keidi.
Ekologik havfsizlik- tabiat-jamiyat tizimining barqaror holati bo`lib, bunda atrof tabiiy muhit, tabiiy resurslar holati, jamiyat hayoti vainson sog`lig`ga havfli ta’sirlarni oldini olishni ko`zda tutadi.
Ekologik havfsizlikni ta`minlash bilan bog`liq huquqiy munosabatlar tizimi- ftrof tabiiy barqarorligi, aholining sog`lig`iga havfli ta’sir etuvchi omilarni kamaytirish, oldini olish, cheklash va bartaraf etishga qaratilgan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-ma`rifiy sohadagi quyidagi chora-tadbirlarni o`z ichiga oladi;
-ekologik havfki hudud, ekologiya ofati mintaqalarini aniqlash;
-ekologik ekspertezani joriy etish;
-ekologik havfli va zararli ishlab chiqarish ob`ektlarini pasportlashtirish;
-havfli va zararli ishlab chiqarish turlari faoliyatiga ruxsatnomalar berish;
-tabiiy ofat, sel, toshqin va texnogen avariyalarni aniqlash, oldini olish;
-aholining ekologik- huquqiy madaniyatini oshirish;
-aholining sanitariya- gigiena sharoitlarini yaxshilash va boshqalar.Usbu tavsiflangan ekologik huquqiy munosabatlar davlat ekologik siyosatining asosiy yunalishlarini tashkil etadi.
Ekologiya huquqi-huquq tizimining alohida sohasi sifatida ijtimoiy huquqiy munosabatlar yo`nalishlarini o`rganish vatartibga solishni qamrab oluvchi o`z predmetiga egadir.
Ekologiya huquqining predmeti- atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va aholining ekologik havfsizligini ta’minlash jarayonida paydo bo`ladigan ijtimoiy munosabatlar huquqiy tomondan tartibga solishdan iboratdir.
Ma’lumki, konstitutsiyaviy normalarning ekologik siyosatni amalga oshirishdagi o‘rni va ahamiyati beqiyos. Aynan Asosiy qonunda davlat organlari va jamoat birlashmalarining ekologik faoliyatini shakllantirish bo‘yicha asosiy prinsiplari mustahkamlanadi, fuqarolarning ekologik burchlari belgilanadi, jamiyatning ekologik barqaror rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlari o‘rnatiladi va h.k.
Konstitutsiyaviy normalar tizimi jamiyat va tabiatning o‘zaro aloqasi chog‘ida yuzaga keladigan va tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlar tavsifidan kelib chiqib, shartli ravishda ikki qismga – umumiy va maxsus ekologik normalarga bo‘linishi mumkin.
Umumiy konstitutsiyaviy normalar demokratik-huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etishda, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyatini tashkil etishning asosiy prinsiplarini belgilashda, fuqarolarning asosiy huquq va erkinliklarini kafolatlashda, ekologik huquq-tartibotni mustahkamlashda dolzarb ahamiyat kasb etadi.
Xususan, Konstitutsiyamizning 10-bobi inson va fuqarolarning huquq va erkinliklari kafolatlariga bag‘ishlangan bo‘lib, unda davlatning fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlangan (shu jumladan ekologik) huquqlarini kafolatlashi belgilangan.
Shuningdek, Asosiy Qomusimizning beshinchi bo‘limida davlat hokimiyatini tashkil etishning asosiy qoidalari belgilangan bo‘lib, ushbu normalar ekologik qonunchilikning shakllanishi va shu sohadagi davlat organlarining tashkil etilishida muhim huquqiy negiz bo‘lib xizmat qiladi.
Yuqoridagilardan tashqari Konstitutsiyamizda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining vakolatlari ham belgilangan bo‘lib, ushbu normalar mazkur organlarning ekologiya sohasidagi vakolatlarining huquqiy maqomini belgilovchi milliy qonun hujjatlarining rivojlanishi uchun asos bo‘ladi.
Umumiy konstitutsiyaviy normalarning ahamiyati yana shu bilan belgilanadiki, birinchidan, ularda ekologik munosabatlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri tartibga solinmagan; ikkinchidan, ushbu normalar ekologik qonunchilikning shakllanishi va rivojlanishida muhim ahamiyatga bo‘lgan asosiy qoidalarni belgilab beradi.
Shu o‘rinda amerikalik huquqshunoslar mamlakat Konstitutsiyasini ekologiya huquqi normalari shakllanadigan huquqiy tizim uchun asos bo‘lib xizmat qiluvchi “bilvosita manba” sifatida ta’riflaydilar. AQShning ekologik qonunchilikni ishlab chiqishda inobatga olinishi lozim bo‘lgan barcha umumiy konstitutsiyaviy normalarini uch yirik guruhga ajratishimiz mumkin: 1) atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish sohasida huquqiy tartibga solishni amalga oshirish bo‘yicha Kongress vakolatlarini belgilovchi normalar; 2) ushbu vakolatni chegaralovchi normalar; 3) atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish sohasini huquqiy tartibga solishga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan fuqarolarning huquqlariga oid normalar. AQSh ekologik qonunchiligida asosiy o‘rinni konstitutsiyaviy qoidalarni sud sharhi egallaydi hamda u ekologik munosabatlarni har qanday sohada qo‘llashni nazarda tutadi.[16]
AQSh Konstitutsiyasidan farqli ravishda mamlakatimiz Asosiy qonunida ijtimoiy-siyosiy tusdagi normalar bilan bir qatorda atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanishni tartibga soluvchi maxsus ekologik me’yorlar ham mavjud. Chunonchi, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining maxsus ekologik normalari tizimi quyidagicha: fuqarolarning ekologik burchi (50-modda); mulkdan foydalanishning ekologik talablari (54-modda); davlat ekologik siyosatini amalga oshirish prinsiplarini belgilab beruvchi normalar (55-modda); mahalliy hokimiyat organlarining ekologiya sohasidagi vakolatlari (100-modda).
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 50-moddasiga muvofiq, fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishga majburdirlar. Ushbu normaning ahamiyati shu bilan belgilanadiki, unda birinchidan, fuqarolarning ekologik burchi Konstitutsiya darajasida mustahkamlangan; ikkinchidan, atrof tabiiy muhit tushunchasining yuridik mazmunidan kelib chiqib, Konstitutsiyaning ushbu normasi nafaqat fuqarolarning tabiatni muhofaza qilish, balki tabiiy resurslardan oqilona foydalanish majburiyatini ham nazarda tutadi.
Asosiy Qonunimizning 54-moddasida belgilanishicha, mulkdor mulkiga o‘z xohishicha egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi. Mulkdan foydalanish ekologik muhitga zarar yetkazmasligi, fuqarolar, yuridik shaxslar va davlatning huquqlarini hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzmasligi shart.
Ushbu normaning o‘ziga xos xususiyati shundaki, unda mulk huquqi, xususan tabiiy resurslarga nisbatan mulk huquqi mazmunini belgilovchi mulkdor vakolatlari tartibga solingan hamda bunday xo‘jalik va ishlab chiqarish faoliyati atrof tabiiy muhitga zarar yetkazmasligi kabi talab mustahkamlangan.
Davlat ekologik siyosatining asoslari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 55-moddasida o‘z aksini topgan. Unga ko‘ra, yer, yer osti boyliklari, suv, o‘simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zaxiralar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir. Ushbu konstitutsiyaviy norma davlat ekologik faoliyatining quyidagi asosiy prinsiplarini ifodalaydi:
Birinchidan, respublika tabiiy resurslari umummilliy boylik hisoblanadi, ya’ni yuridik ma’noda ular xalq mulkini tashkil etadi hamda ular nomidan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari qonunda belgilangan vakolatlari doirasida ish yuritadi.
Ikkinchidan, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish zarur. Ekologiya huquqida oqilona deganda, tabiiy resurslardan ekologik normativ va standartlarga qat’iy rioya etgan holda foydalanish tushuniladi.
Uchinchidan, tabiat ob’ektlari va resurslari davlat tomonidan qo‘riqlanadi. Bu davlat tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va muhofaza qilishni ta’minlashini hamda jismoniy va yuridik shaxslarning ekologik huquq va manfaatlariga, shuningdek ekologik huquq-tartibotga rioya etilishini kafolatlashini anglatadi.
Konstitutsiyamizning 100-moddasida esa, mahalliy davlat hokimiyati organlarining asosiy vakolatlari sanalgan bo‘lib, ushbu vakillik organlari faoliyatining ustuvor yo‘nalishi sifatida o‘z hududida “atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish” bo‘yicha vakolatlari mustahkamlangan. Ushbu normaning ahamiyati va zaruriyati quyidagilarda namoyon bo‘ladi: birinchidan, u atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish bo‘yicha asosiy vazifalarni belgilab beradi; ikkinchidan, barcha darajadagi hokimlarga o‘z hududi doirasida ekologik qonunchilikka rioya etilishi borasida shaxsan javobgarlik ma’suliyatini yuklaydi.
Bir qator xorijiy mamlakatlar konstitutsiyalarining tahlili ularda ekologik-huquqiy normalar turlicha tartibga solinganligidan guvohlik beradi. Xususan:
1. Xorijiy mamlakatlar konstitutsiyalarida davlatning tabiatni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanishni ta’minlash singari mustaqil funksiyalari mavjudligi mustahkamlangan (GFR Konstitutsiyasining 15-moddasi, Bolgariya Konstitutsiyasining 31-moddasi va b.q.).
2. Tabiiy ob’ektlar va resurslarga nisbatan davlatning mutlaq mulk huquqi belgilab qo‘yilgan (Vengriya Konstitutsiyasining 8-moddasi, Ruminiya Konstitutsiyasining 12-moddasi va b.q.).
3. Xalq xo‘jaligini va tabiatdan foydalanishni rivojlantirishda xalq xo‘jaligini rejalashtirish, xom-ashyo va resurslarga bo‘lgan ehtiyojni inobatga olish, ularning rejali taqsimlash va ulardan oqilona foydalanish kabi normalar mustahkamlab qo‘yilgan. (Vengriya Konstitutsiyasining 7-moddasi va sh.k.).
4. Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish bo‘yicha yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlari va majburiyatlarini shakllantirish. Ayni damda ta’kidlash o‘rinliki, ko‘p hollarda fuqarolarning qulay atrof tabiiy muhitda yashash huquqi ayni damda atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish majburiyati bilan bog‘lanadi (GFR Konstitutsiyasining 34-moddasi va sh.k.).
5. Tabiatni muhofaza qilishda jamoat birlashmalari va harakatlarning o‘rni mustahkamlangan (GFR Konstitutsiyasi 29-moddasi, Ruminiya Konstitutsiyasi 24-moddasi va b.q.).
6. Davlatning mamlakat va jamiyatning tabiatni muhofaza qilish bo‘yicha ichki va tashqi siyosatiga oid prinsiplarining yaxlitligi (Vengriya Konstitutsiyasining 20-moddasi va h.k.).
Shuningdek, Avstriya, Albaniya, Bolgariya, Vengriya, Litva, Polsha, Slovakiya, Sloveniya, Xorvatiya, Chexiya va Estoniya kabi davlatlarda fuqarolar va davlatning ekologiya sohasidagi huquq va majburiyatlari aniq-ravshan belgilab berilgan. Xususan, Gretsiya Konstitutsiyasi (1975 y.) 24-moddasida “Tabiiy va madaniy atrof muhitni muhofaza qilish davlatning majburiyati hisoblanadi”, deb belgilangan. Avstriyada esa, “Atrof muhitni har tomonlama muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Federal Konstitutsiyaviy qonun (1920 y.) amal qilishi ushbu mamlakatning atrof muhitni kompleks muhofaza qilishga intilayotganligidan dalolat beradi. GFR Konstitutsiyasi 20a-moddasida ham davlat atrof tabiiy muhitni muhofaza qilishi, bugungi avlod kelajak avlod oldida ma’sul ekanligi uqtirilgan. Italiyada ham atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish bo‘yicha vazifa davlat zimmasiga yuklangan. Italiya Konstitutsiyasi 9-moddasida (1947 y.) ta’kidlanishicha, “Respublika mamlakat tabiatini muhofaza qiladi”. Hindistonda atrof tabiiy muhitni muhofaza qilishning konstitutsiyaviy-huquqiy asoslari davlatning atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va uni yaxshilashga harakat qilishga majbur ekanligini hamda bu har bir Hindiston fuqarosidan talab qilinishini belgilaydi.
Turli mamlakatlarning konstitutsiyaviy-ekologik normalarining qisqacha tahlili Konstitutsiyada davlat ekologik siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, ularni normativ-huquqiy hujjatlarda yanada aniqlashtirish hamda qonunni qo‘llash madaniyati ekologik barqaror rivojlanishga imkon berishini yana bir karra tasdiqlaydi. Xuddi shuningdek, qiyosiy tahlil ko‘rsatganidek, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mustahkamlangan asosiy ekologik-huquqiy normalar eng ilg‘or xorijiy davlatlar tajribasiga mos bo‘lib, mamlakatimizda barqaror rivojlanishni ta’minlashga, atrof muhit musaffoligini saqlashga, tabiatni hamda aholi salomatligini muhofaza qilishga xizmat qilmoqda. O’zbekiston Respublikasining ekologik ekspertiza bo’yicha ekologik normativhuquqiy aktlari tizimi mohiyatiga ko’ra qonunlar majmui tizimi bo’lib, ular respublikada amalga oshirilayotgan atrof muhit muhofazasi sohasida qabul qilingan va tayyorlanayotgan qonunlarga bog’liq holda doimiy ravishda takomillashtirilib borilmoqda.
O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi barcha qonunlar kabi ekologik ekspertiza sohasida huquqiy normalarning asosiy bosh manbaidir. “Tabiatni muhofaza qilish to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasining qonuni (1992 y) ekologik ekspertizaning maqsadi, ob’ektlarini belgilab bergan. (IV qism, 24-27 moddalar). O’zbekiston Respublikasining “Ekologik ekspertiza to’g’risida”(2000 yil) qonunida ekologik ekspertizaning huquqiy asolari to’la bayon qilingan. Bundan tashqari ekologik ekspertiza uchun katta ahamiyatga ega bo’lgan tabiat komponentlarini muhofaza qilish bo’yicha qator qonunlar qabul qilindi. Bular qatoriga atmosfera, yer, suv, yer osti boyliklari, o’simlik va hayvonat olami, alohida muhofaza qilinadigan hududlar to’g’risidagi qonun xujjatlari kiradi.
Mustaqillik yillarida O’zbekistonda ekologik ekspertiza bo’yicha qator qonunlarga asoslangan aktlar qabul qilindi. 1996 yilda “Korxonalar, binolar va inshootlar qurishning loyiha-smeta xujjatlarining tarkibi, ishlab chiqish, muvofiqlashtirish va tasdiqlash tartibi to’g’risidagi yo’riqnoma” ishga tushirildi. Unda loyihani tayyorlashga qo’yiladigan talablar belgilandi. Ushbu talablarga muvofiq loyihaga “Atrof muhitga ta’sir ko’rsatish to’g’risida bayonot” (ishchi loyihasi tarkibida) taqdim etilishi kerak.
1997 yilda “Davlat ekologik ekspertizasini tashkil etish va o’tkazish tarkibi to’g’risida”gi rahbariy xujjat ishlab chiqilib, tasdiqlandi. Bu xujjatda davlat ekologik ekspertizasining printsipi va protseduralari, ekspertizaga taqdim etiladigan xujjatlarga qo’yiladigan umumiy talablar, davlat ekologik ekspertizasi xulosasi strukturasi va mazumnga qo’yiladigan talablar, ob’ektlarni ko’rib chiqishda davlat ekologik ekspertizasi orgonlarining o’zaro bog’lanishi (aloqasi) tartibi, ekologik ekspertizani o’tkazishda tomonlarning vazifalari va javobgarligi belgilangan.
1997 yilda “Davlat ekologik eksspertizasi sifatini baholash mezonlarining ro’yxati” ishlab chiqilib tastiqlandi.
2002 yilda O’zbekiston respublikasi Vazirlar mahkamasi “Davlat ekologik ekspertizasi to’g’risida nizom”ni tasdiqladi. Bu xujjat “ ekologik ekspertiza to’g’risida”gi qonunni amalga oshirish maqsadlarida qabul qilingan. Ushbu nizom respublikada davlat ekologik ekspertizasini o’tkazish bilan bog’liq bo’lgan masalalarni tartibga soladi. Unda ekspertiza bilan shug’ullanadigan orgon (Davlat Ekologik ekspertizasi Bosh boshqarmasi va uning viloyatlar, Toshkent shahri, Qoraqolpog’iston Respublikasidagi orgonlar), davlat ekologik ekspertizasining ob’ektlari, ekologik ekspertiza buyurtmachisi, davlat ekologik ekspertiza ekspertining huquqlari va majburiyatlari, davlat ekologik ekspertizasini o’tkazish uchun zarur bo’lgan ma’lumotlar va materiallarning ro’yxati, ekspertizani o’tkazish muddatlari belgilangan. Xujjatda davlat ekologik ekspertizasi xulosasini tuzish va uning ob’ektni ro’yobga chiqarish (ijobiy xulosa) yoki ro’yobga chiqarmaslik (salbiy xulosa) to’g’risidagi xulosalariga qo’yiladigan talablar ko’rsatilgan. Nizomda ekologik ekspertiza ob’ektlarini to’rtta kategoriyaga bo’lish (yuqori xavf-xatar, past darajadagi xavf-xatar, maxalliy (lokal) ta’sir ko’rsatadigan) belgilangan.
SHunday qilib ekologik ekspertizaning huquqiy asoslari murakkab tizimga va xilma-xil shakllarga ega.
Ekologik ekspertizaning sub’ektlari buyurtmachi (vakolatga ega davlat strukturasi), pudratchi (ekspertiza ijrochilarimutaxasislar), istehmolchi (ekspertiza ob’ektikorxona yoki tashkilotning egasi) o’rtasidagi munosabatlar “Ekologik ekspertiza to’g’risida”gi qonunda va boshqa qonun xujjatlarida belgilab berilgan. Ularning huquqlari va majburiyatlari aniq ko’rsatilgan.
Buyurtmachidavlat ekologik ekspertizasi sohasidagi maxsus vakolatli davlat orgoni O’zbekiston Respublikasi tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi hisoblanadi. U qonun xujjatlari talabiga muvofiq davlat ekologik ekspertizasini tashkil etadi va o’tkazadi; davlat hamda jamoat ekologik ekspertizasi, shuningdek, ekologik audit bo’yicha normativ-texnik va yo’riqnoma-uslubiy xujjatlarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi; davlat ekologik ekspertizasini o’tkazishga ekspert va mutaxassislarni jalb etadi; davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasini ololmagan ob’ektlarga nisbatan moliyalash, kreditlash va boshqa moliya operetsiyalarini to’xtatib turish (tugatish) to’g’risidagi taqdimnomalarni bank va boshqa kredit tashkilotlariga yuboradi; qonun xujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi (“Ekologik ekspertiza to’g’risida” qonunning 12-moddasi).
SHu nuqtai nazardan va qonunda belgilangan ob’ektlarni davlat ekologik ekspertizasidan o’tkazishning majburiyligini hisobga olib davlat ekologik ekspertizasi buyurtmachisi (ekspertlar) zarur bo’lgan ma’lumotlar va materiallarni rad etish va boshqa huquqlarga ega. Buyurtmachining (ekspertlarning) majburiyatlari qatoriga davlat ekologik ekspertizasini amalga oshirish tartibi va shartlariga rioya etish, belgilangan tartibda xulosa berilishini ta’minlash va boshqalar kiradi. Buyurtmachi (ekspertlar) o’z vazifasini qonunda belgilangan
Ekologik ekspertiza tizimida istehmolchi sifatida ekspert taxlilining predmeti hisoblangan korxona yoki tashkilotning egalari qatnashadi. Istehmolchining huquqlari qonun xujjatlarida belgilangan bo’lib, ularni ekologik ekspertiza o’tkazish bo’yicha maslahatlar va zarur uslubiy yordam olish, takliflar, mulohazalar, tushuntirishlar va ekologik audit natijalarini taqdim etish, qo’shimcha ekologik ekspertiza o’tkazish to’g’risida iltimos qilish, ekologik ekspertiza o’tkazilishining borishi to’g’risida axborot olish va boshqalar kiradi. Istehmolchining majburiyatlari qatoriga ekologik ekspertiza uchun materiallarni qonun xujjatlari talablariga muvofiq taqdim etish, ekspertiza uchun belgilangan tartibda haq to’lash, davlat ekologik ekspertizasi xulosalarida ko’rsatilgan talablarni bajarishi shartligi va boshqalar kiradi.
Ekologik ekspertiza to’g’risidagi qonun xujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar qonunda belgilangan tartibda javobgar bo’ladilar. Huquqiy va ekologik-huquqiy javobgarlik qonunchilikda belgilangan talablarni davlat tomonidan bajarishga majbur qilishni bildiradi. Ekologik ekspertiza sohasida aybdorlarning javobgarligi turli shakllarda amalga oshiriladi. Bular qatoriga intizomiy, mahmuriy, moddiy, fuqarolik-huquqiy, jinoiy javobgarlik kiradi.[20]



Yüklə 176,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin