III. Xulosa Ushbu kurs ishimdan kelib chiqib xulosa qiladigan bo’lsam insonlarning tabiatdan nooqilona foydalanishlari natijasida,butun tirik tabiiatga zarar keltirishi natijasida nafaqat o’simliklar,hayvonlarga zarar keltirishi yetmagandek insonlarning o’zlariga ham juda katta talofatlar yetmoqda. Buning ta’siri o’laroq tabiatning aks ta’siri butun tirik organizmlar uchun ayanchli axvolga solib qo’ymoqda.Aynan shu sabablar tufayli asosiy qonunda davlat organlari va jamoat birlashmalarining ekologik faoliyatini shakllantirish bo‘yicha asosiy prinsiplari mustahkamlanadi, fuqarolarning ekologik burchlari belgilanadi, jamiyatning ekologik barqaror rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlari o‘rnatiladi.
Tabiat va jamiyat o’rtasidagi aloqalar muvozanatini buzmaslik uchun, jamiyat va odamlar ular o’rtasidagi bog’liqlik va birlikni har tomonlama hisobga olish va ushbu aloqalarda va tabiatdan foydalanishda tabiat rivojlanishining ob’ektiv qonunlariga asoslanishi kerak. Boshqacha aytganda tabiat bilan jamiyat o’rtasidagi o’zaro ta’sir va aloqalarda tabiatning birinchiligi prinsipi asosiy o’rinni egallaydi. Shu sababdan tabiat qonunlariga amal qilmaslik jamiyat rivojlanishining tabiiy asoslarining yemirilishiga, demak, jamiyatning ham yemirilishiga olib keladi.
Ushbu hodisani oldini olish borasida chora tadbirlarni yo’lga qo’ymog’imiz va iloji boricha asrab avaylab kelajak avlod uchun qoldirishligimiz zarar va darkordir.
Ekologik ekspertiza tizimi O’zbekistonda barpo etilgan mustahkam huquqiy asosga tayanib o’z faoliyati amalga oshiradi. Bu sohadagi asosiy qonun xujjati «Ekologik ekspertiza to’g’risida»gi qonundir.
I. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, qonunlar va normativ hujjatlar. T. 2002.[3]
«2005 yilgacha atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan ratsional foydalanish bo’yicha davlat dasturi». T.2000.[1]
Atrof muhitni muhofaza qilish milliy xarakat rejasi. O’zbekiston Respublikasi. T.1998.
Biologik xilma-xillikni saqlash. Milliy strategiya va xarakat rejasi. O’zbekiston Respublikasi. T.1998.[4]
Davlat ekologik ekspertizasi to’g’risida nizom. Toshkent, 2002.[2]