Ekologik qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik



Yüklə 95 Kb.
səhifə3/5
tarix06.01.2022
ölçüsü95 Kb.
#51043
1   2   3   4   5
Ekologik qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik

3. Ekologik huquqbuzarliklar uchun ma'muriy javobgarlik.
Ekologik huquqbuzarliklar uchun ma'muriy javobgarlik eng ko`p qo`llaniladigan javobgarlik turidir. Ma'muriy javobgarlikka tortishga ma'muriy huquqbuzarlik asos bo`ladi. qonun hujjatlarida ma'muriy javobgarlikka tortish nazarda tutilgan tabiiy muhitga tajovuz qiluvchi g`ayri huquqiy, aybli (qasddan yoki ehtiyotsizlik oqibatida) sodir etilgan harakat yoki harakatsizlik ma'muriy huquqbuzarlik deyiladi.

Ekologik huquqbuzarliklar uchun ma'muriy javobgarlik O`zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik tog`g`risidagi kodeksida nazarda tutilgan. Ma'muriy javobgarlik choralari ushbu huquqbuzarlik uchun jinoiy javobgarlikka tortish sabablari bo`lmaganida, qo`llaniladi.

Ekologik huquqbuzarliklar uchun quyidagi ma'muriy jazo choralari qo`llaniladi:

- jarima. Uni qo`llashning asosiy tamoyillari O`zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik tog`g`risidagi kodeksning 25-moddasida belgilangan. Jarimani qo`llash oqibatida ma'muriy huquqbuzarlik sodir etishda aybdor shaxsdan davlat hisobiga pul undiriladi. Ekologik huquqbuzarliklar uchun belgilangan jarimaning miqdori O`zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 60, 65-96, 125, 139, 162, 174, 198, 212, 214-moddalarida belgilangan;

- ma'muriy huquqbuzarlik sodir etish quroli hisoblangan yoki bevosita shunday narsa bo`lgan ashyoni musodara qilish jazosi tuman (shaxar) sudining ma'muriiy ishlar bo`yicha sudyasi tomonidan qo`llaniladi (O`zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 27-moddasi). O`zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 90-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq ov qilish qoidalari qo`pol ravishda buzilgan taqdirda ov qilish qurollari, ushbu Kodeksning 94-moddasiga muvofiq esa noyob yoki yo`q bo`lib ketish xavfida turgan hayvonlarni yo`q qilib yuborish yoxud ushbu moddada ko`zda tutilgan boshqa huquqbuzarliklarni sodir etgan taqdirda shu huquqbuzarliklarni sodir etish quroli bo`lgan ashyolarni musodara qilish mumkin. Ma'muriy huquqbuzarlik oqibatida tabiiy obyektlar o`zlashtirib olinsa (yer egallanib olinsa, daraxt kesilsa, hayvonlar ov qilib o`ldirilsa), ular davlatga qaytarib beriladi va bu musodara hisoblanmaydi. Faqat huquqbuzarning mulki bo`lgan hquqbuzarlikni sodir etish quroli yoki ashyosi musodara qilinishi mumkin;

maxsus hquqdan mahum etish. O`zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik tog`risidagi kodeksini 28 moddasi va 90-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq, ov qilish qoidalarini qo`pol ravishda buzgan hollarda ov qilish huquqidan o`n besh kundan uch yil muddatgacha mahrum etilishi mumkin;

ma'muriy qamoqqa olish uch sutkadan o`n besh sutkagacha muddatga qo`llaniladi. Ma'muriy qamoqqa olish chorasini xomilador ayollarga, uch yoshgacha bolasi bo`lgan ayollarga, o`n to`rt yoshgacha bo`lgan bolasini yakka o`zi tarbiyalayotgan shaxslarga, o`n sakkiz yoshga to`lmagan shaxslarga, I va II-guruh nogironlariga nisbatan qo`llanilishi mumkin emas (O`zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 29-moddasi). Ekologik huquqbuzarlik uchun ma'muriy qamoqqa olish O`zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksini 60-moddasida nazarda tutilgan.

Ma'muriy javobgarlik choralarini qo`llashda organ yoki mansabdor shaxs javobgarlikni yengillashtiruvchi holatlarni va huquqbuzarning moddiy ahvolini inobatga olgan holda, sababini, albatta, ko`rsatib turib, ma'muriy javobgarlikdan ozod etishi (O`zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksini 20-moddasi) yoki mazkur kodeksning maxsus qismi moddalarining jazo belgilash qismida nazarda tutilgan eng kam jazodan ham yengilroq jazo chorasini qo`llashi mumkin.

Yerlarning huquqiy holatini buzganlik uchun O`zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksini 60, 65-69 moddalarida javobgarlik belgilangan. Mazkur kodeks quyidagi huquqbuzarliklarni nazarda tutadi: yerdan o`zboshimchalik bilan foydalanish; yer bilan bog`liq bo`lgan g`ayriqonuniy bitimlar tuzish; yer uchastkasiga bo`lgan huquqlarni boshqa shaxsga o`tkazish; yer uchastkalarini o`zboshimchalik bilan egallash; yerlardan xo`jasizlarcha foydalanish yoki ularni yaroqsiz holga keltirish; yerlarni kimyoviy va radioaktiv moddalar hamda oqova suvlar bilan ifloslantirish; yer berish tartibini buzish; vaqtincha egallab turgan yerlarni o`z vaqtida qaytarib bermaslik yoki ularni yaroqli holga keltirmaslik; yer tuzish loyihalaridan o`zboshimchalik bilan chetga chiqish; davlat yer kadastri qoidalarini buzish; yerdan foydalanish to`g`risidagi hisobotlarni buzib ko`rsatish; axborotlarni berishdan bo`yin tovlash yoki noto`g`ri axborot berish va boshqalar.

O`zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksini 60, 70, 71-moddalarida yer osti boyliklarini muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish talablarini buzganlik uchun javobgarlik belgilangan. Xususan, yer osti boyliklaridan o`zboshimchalik bilan foydalanish; yer osti boyliklariga nisbatan mulk huquqini buzish va ulardan foydalanish huquqini boshqa shaxslarga berish; foydali qazilmalar joylashgan maydonlarga o`zboshimchalik bilan imorat qurish; yer osti boyliklaridan foydalanish talab va tartiblarini buzish; yer osti boyliklarini muhofaza qilish qoidalariga rioya etmaslik; geologik jihatdan o`rganish ishlarini olib borish qoidalarini buzish va boshqalar.

Suvlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik O`zbekiston Respublikasining ma'muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksini 60, 72-76-moddalarida belgilangan. Ushbu Kodeks quyidagi huquqbuzarliklar uchun javobgarliklarni belgilaydi: suvdan o`zboshimchalik bilan foydalanish; davlatning suvga bo`lgan mulk huquqini buzish; suvdan foydalanish huquqini boshqa shaxslarga berish; suvlarni ifloslantirish va bulg`atish; korxonalar va boshqa obyektlarni suvlarning ifloslanishi va bulg`anishi yoki ularni zararli ta'sirini oldini oluvchi inshootlar va qurilmalarsiz foydalanishga topshirish; yer osti suvlaridan foydalanish inshootlari va uskunalaridan foydalanish qoidalarini buzish; suvdan foydalanish me'yorlari va limitlariga rioya etmaslik; gidrotexnika ishlarini o`zboshimchalik bilan boshqarish va ulardan foydalanish qoidalarini buzish; suvdan foydalanishni dastlabki hisobini yuritish va oqova suvlarning sifatini aniqlash qoidalarini, shuningdek suv kadastri yuritish tartibini buzish va boshqalar.

O`zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksini 60, 77-81 va 84-moddalarda o`rmonlarning huquqiy holatini buzganlik uchun javobgarlik belgilangan. Mazkur masala bo`yicha Kodeks quyidagi huquqbuzarliklarni nazarda tutadi: o`rmonlardan o`zboshimchalik bilan foydalanish; o`rmonlarga bo`lgan mulk huquqini buzish; o`rmondan foydalanish huquqini boshqa shaxsga berish; kesiladigan o`rmon fondidan foydalanish tartibini buzish; daraxtlar va boshqa o`rmon o`simliklarini shikastlantirish yoki yo`q qilish; o`rmonlarni tiklash qoidalariga rioya etmaslik; qizil kitobga kiritilgan o`simliklarni yig`ish; o`rmonlarda yong`in xavfsizligi talablarini buzish va boshqalar.

O`zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 60, 90, 92, 93 va 94-moddalarida hayvonot dunyosining huquqiy holatini belgilovchi qoidalarni buzganlik uchun javobgarlik belgilangan. Mazkur Kodeks shu borada quyidagi huquqbuzarliklarni nazarda tutadi: ov qilish yoki baliq tutish qoidalarini, shuningdek hayvonot dunyosidan foydalanishning boshqa turlarini amalga oshirish qoidalarini buzish; hayvonlar yashaydigan muhitni muhofaza qilish qoidalarini buzish; Qizil kitobga kiritilgan hayvonlar va o`simliklar turlarini saqlashga zarar keltiradigan hayvonlar yoki o`simliklarni qonunga xilof ravishda O`zbekistonga olib kelish va boshqalar.

O`zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 85-88-moddalarida atmosfera havosini muhofaza etish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik belgilangan. Bular: ifloslantiruvchi moddalarni va biologik organizmlarni yo`l qo`yiladigan normalardan ortiq darajada atmosferaga chiqarib tashlash; atmosfera havosiga yo`l qo`yiladigan normativdan ortiq darajada zararli fizikaviy ta'sir ko`rsatish; atmosferaga ruxsatsiz ifloslantiruvchi moddalar va biologik organizmlarni chiqarib tashlash yoki ruxsat talab qilinadigan hollarda bunday ruxsatsiz atmosfera havosiga zararli fizikaviy ta'sir ko`rsatish; zararli moddalarni yoppasiga chiqarib tashlashning oldini olish chora-tadbirlarini amalga oshirmaslik; atmosferaga chiqariladigan zararli moddalarni tozalash inshootlaridan foydalanish qoidalarini buzish, shuningdek, ulardan foydalanmaslik; chiqindilarda ifloslantiruvchi moddalar normativdan ortiq bo`lganda transport va boshqa harakatlanuvchi vositalarni tayyorlash, ta'mirlash va foydalanishga chiqarish va boshqalar.

O`zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 82-moddasida alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar holatini buzganlik uchun javobgarlik belgilangan.

Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish qoidalariga rioya etmaganlik uchun O`zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 89, 89, 91, 95, 96-moddalarida javobgarlik ko`zda tutilgan. Bularga: o`simliklarni himoya qilish vositalari va boshqa dorilarni tashish, saqlash hamda qo`llash qoidalariga rioya qilmaslik, ishlatish taqiqlangan va ishga yaroqsiz bo`lib qolgan kimyoviy moddalarni zararsizlantirish bo`yicha qoidalarini buzish, sanoat va o`zga chiqindilarni tashish, joylashtirish, utillashtirish, ko`mib tashlash chog`ida tabiatni muhofaza qilish talablarini buzish, tabiiy muhitni tiklash, tabiiy zaxiralarni qayta hosil qilish va tabiiy muhitga zararli ta'sir ko`rsatish oqibatlarini bartaraf etish choralarini ko`rmaslik hamda loyihalarni davlat ekologik (sanitariya-ekologik) ekspertizasining ijobiy xulosasisiz ruyobga chiqarish kabi huquqbuzarliklar kiradi.

O`zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksda atrof tabiiy muhitni muofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanish bilan bog`liq bo`lgan boshqa huquqbuzarliklar uchun ham javobgarlik belgilangan. Bularga quyidagilar kiradi: 174-moddada soliq olinadigan foydani (daromadni) yoki boshqa obyektlarni qasddan yashirish (kamaytirib ko`rsatish) yoxud soliqlar, yig`imlar va boshqa majburiy to`lovlar to`lashdan bo`yin tovlash uchun javobgarlik belgilangan. Agar shaxs yer solig`ini to`lashdan qasddan bo`yin tovlasa yoxud foydalanayotgan yer uchastkasi miqdorining soliq organlariga noto`g`ri ko`rsatsa yoki atrof tabiiy muhitga chiqarib tashlangan chiqindilar miqdorini kamaytirib ko`rsatsa, mazkur modda bilan javobgarlikka tortilishi. Ushbu Kodeksning 198-moddasida hokimiyat vakilining qonuniy talablarini bajarmaganlik yoki xizmat vazifasini bajarishiga to`sqinlik qilish uchun javobgarlik belgilangan. Atrof tabiiy muhitni muhofaza etish va tabiiy resurslardan foydalanish ustidan davlat nazorati va boshqa vakolatli davlat organlarining qonuniy talablarini, shu jumladan huquqbuzarlik oqibatlarini bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlarini bajarmaslik yoki ularni tekshirishga to`sqinlik qilish mazkur huquqbuzarliklarning turini tashkil qiladi.

Ekologik standartlarni yoki ekologik sertifikatlashtirish qoidalarini buzganlik uchun O`zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 212, 214-moddalarida javobgarlik belgilangan.

O`zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning uchinchi bo`limida ma'muriy huquqbuzarliklar to`g`risidagi ishlarni ko`rib chiqishga vakolatli bo`lgan organlar (mansabdor shaxslar) ko`rsatilgan. Tuman (shahar) sudining ma'muriy ishlar bo`yicha sudyasi ushbu Kodeksning 245-moddasiga muvofiq 60, 66, 67, 90-moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar to`g`risidagi ishlarni, hamda huquqbuzarlik faktini inkor etsa, ma'muriy huquqbuzarliklar to`g`risidagi barcha ishlarni, ya'ni ko`rib chiqish boshqa organlar vakolatiga kiradigan ma'muriy huquqbuzarlik to`g`risidagi ishlarni ko`rib chiqadi. Ekologik huquqbuzarliklar to`g`risidagi ma'muriy ishlarni maxsus vakolatga ega bo`lgan organlarning mansabdor shaxslari - inspektorlari ko`rib chiqishga haqlidirlar. Ularning ushbu ish bo`yicha vakolatlari O`zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik tog`g`risidagi kodeksning 257-moddasida (davlat sanitariya organlari), 260-moddasida (Sanoatda, konchilikda va kommunal sektorda ishlarining bexatar olib borilishini nazorat qilish inspeksiya organlari), 261-moddasida (Tabiatni muhofaza qilish davlat qo`mitasi organlari), 266-moddasida (Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo`mitasi organlari), 2662-moddasida (Qishloq va suv xo`jaligi vazirligining “O`zsuvnazorat” respublika suv inspeksiya organlari) belgilangan.

O`zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning to`rtinchi va beshinchi bo`limlarida ma'muriy huquqbuzarlik to`g`risidagi ishlarni ko`rib chiqish va ma'muriy jazo tayinlash to`g`risidagi qarorlarni ijro etish tartibi belgilangan.



Yüklə 95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin