Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish


Ekologiya fanining rivojlanish tarixi



Yüklə 369,06 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/7
tarix09.05.2022
ölçüsü369,06 Kb.
#56908
1   2   3   4   5   6   7
EVATMQ.1-Mavzu

Ekologiya fanining rivojlanish tarixi. Markaziy Osiyoda ekologiya faniga 

hissa  qo’shgan  tabiatshunoslar.  Tirik  organizmlar  hayotining  tashqi  muhit  bilan 

bog’liqligi  qadimdan  ma’lum.  Antik  davrda  yashagan  faylasuflarning  asarlarida 

hayvonlarning  turli  instinktlari,  baliqlar  va  qushlarning  migratsiyalari, 

o’simliklarning tashqi qiyofasi tuproq va iqlim sharoitlari bilan bog’liqligi haqidagi 

ma’lumotlar keltiriladi.  

Dastlabki  ekologik  tushunchalar  qadimgi  yunon  olimlari  asarlarida  qayd 

etilgan bo’lib, ularning ishlarida biz ekologik yo’nalishlarni ko’ramiz. Lekin ular 

«Ekologiya» terminini ishlatishmagan. Aristotel (eramizdan 384  -  322-yil avval), 

qadimgi  yunon  faylasufi  Teofrast  (371-280-yil)  hayvon  va  o’simliklarni  yashash 

sharoitiga bog’liq holda ko’rib chiqishgan, Aristotel 500 tur hayvonlarni o’rganib, 

ularning  xulqatvori,  ko’chib  yurishi  haqida,  Teofrast  –  o’simliklarning  shakli  va 

o’sishi - iqlim, tuproq sharoitiga bog’liqligini aniqlagan.  

Frantsuz  M.Byuffon  (1707-1788)ning  ishlarida  hayvonlarning  tuzilishiga 

tashqi  muhitning  ta’siri  masalasi  ko’tarilgan.  J.B.Lamark  (1744-1829)  dastlabki 

evolyutsion ta’limotning muallifidir. U o’simlik hamda hayvonlarning evolyutsion 

o’zgarishlarida eng muhim omil deb tashqi muhit ta’sirini hisoblagan.  

A.Gumboldtiing  ishlari  o’simliklar  geografiyasida  yangi  ekologik 

yo’nalishlarni  aniqlab  berdi.  U  fanga  landshaft  «fizionomiyasi»  o’simliklarning 

tashqi qiyofasi bilan aniqlanadi kabi tushunchani kiritadi. O’xshash zona va vertikal 

poyaslarda  har  xil  taksonomik  guruhlarda  o’xshash  «fizionomik»  shakllar  ishlab 

chiqiladi;  Bu  shakllarning  tarqalishi  va  nisbatiga  qarab  joyning  fizik  -  geografik 

xususiyatlari haqida fikr yuritish mumkin. 

Moskva universitetining professori K.F.Rule (1814-1858) zoologiyada o’ziga 

xos  bo’lgan  yo’nalishni  rivojlantirish  muhim  ekanligini  keng  targ’ib  qiladi.  Bu 

yo’nalish – hayvonlar hayotini har tomonlama o’rganish, atrof-muhit bilan ularning 

o’zaro murakkab munosabatlarini tushuntirish kabilar edi. Shunday qilib, K.F.Rule 

hayvonlarni  o’rganishning  keng  ekologik  tizimini  ishlab  chiqdi  va  ekologik 

mazmundagi qator ilmiy ishlarni qoldirdi. Uning shogirdlaridan biri N.A.Severtsov 

(1827-1885) hisoblanadi. Uning «Periodicheskie yavleniya v jizni zverey, ptits i gad 




Voronejskoy gubernii» (1855 y) nomli ishi Rossiyada ayrim mintaqada hayvonot 

olamida olib borilgan ekologik izlanishlarining eng katta va ahamiyatlisi edi.  

Ch.Darvin  «Tabiiy  tanlash  yo’li  bilan  turlarning  kelib  chiqishi»  (1859y) 

asarida-tabiatdagi yashash uchun kurash, yani tur bilan muhit o’rtasidagi har qanday 

qarama-qarshiliqlarning ko’rinishlari tabiiy tanlashga olib keladi va evolyutsiyaning 

harakatlantiruvchi kuchidir deb qaraydi.  

A.N.Beketov  (1825-1902)  o’simliklarning  ichki  va  tashqi  tuzilishidagi 

xususiyatlarni  ularning  geografik  tarqalishi  bilan  bog’liqligi  hamda  fiziologik 

usullarning  ekologiya  uchun  ahamiyati  katta  ekanligini  ko’rsatdi.  Ana  shunday 

ishlar hayvonlar hayoti misolida A.F.Middendorf tomonidan o’rganildi.  

1877-yil  nemis  gidrobiologi  K.Myobius  biotsenozlar  haqidagi  tasavvurlarni 

asoslab berdi.  

O’simliklar  jamoasi  haqida  G.F.Morozov  va  F.N.Sukachev  batafsil  fikr 

yuritib, bu sohaga asos soldilar. 

Rus  olimlari  -  V.N.Sukachev,  B.A.Keller,  V.V.Alexin,  V.G.Ramenskiy, 

A.P.Shennikov va chet el olimlaridan - F.Klemente, K.Raunkier, T.Dyu.Rie, I.Braun 

Blake 


va 

boshqalarning 

fitotsenologiya 

sohasidagi 

ishlari  umumiy 

biotsenologiyaning rivojlanishiga katta hissa qo’shdi. 

Umumiy ekologiyaning rivojlanishida D.N.Qashqarovning «Muhit va jamoa» 

deb  nomlangan  O’rta  Osiyo  universitetida  o’qigan  ma’ruzalari,  keyinchalik 

«Hayvonlar ekologiyasi asoslari» nomi bilan yozilgan darsligi katta ahamiyatga ega 

bo’ldi.  

Hayvonlarning  morfologik  va  evolyutsion  ekologiyasini  rivojlantirishda 

M.S.Gilyarov,  S.S.Shvartslar  katta  hissa  qo’shdilar.  I.G.Serebryakov  tomonidan 

gulli o’simliklarning hayot shakllari tasnifoti ishlab chiqildi. 

1940-yillarning  boshlarida  tabiiy  tizimlarni  o’rganish  jarayonida  yangi 

yo’nalish kelib chikdi.  

1935-yili ingliz olimi A.Tensli - ekotizimlar, 1942--yili esa V.N.Sukachev - 

biogeotsenozlar  haqidagi  ta’limotni  ilgari  surdilar.  1950-yillarning  boshida 

G.Odum,  Yu.Odum,  R.Untekker,  R.Margalef  biologik  mahsuldorlikning  nazariy 

asoslarini yaratish borasida ish olib bordilar.  

O’rta  asrlarda  O’rta  Osiyoda  yashab  ijod  etgan  olimlardan  al-Xorazmiy, 

Forobiy, Beruniy, Ibn Sino va boshqalar tabiiy fanlarining rivojlanishiga katta hissa 

qo’shganlar.  Ular  xali  ekologiya  fani  dunyoga  kelmagan  davrda  tabiat  va  undagi 

muvozanat,  o’simlik  va  hayvonot  dunyosi,  tabiatni  ezozlash  haqidagi  o’zlarining 

qimmatli fikrlarini aytganlar.  

Buyuk  alloma  Muhammad  Muso  Al  -  Xorazmiy  (782  -  847y)  risolalaridan 

birida shunday deb yozadi: «Bilingki, daryoning ko’zlari yoshlansa, uning boshiga 

g’am, kulfat tushgan bo’ladi. Odamlar, daryodan mexringizni darig’ to’tmanglar». 

Bunda u nimani nazarda tutdi? Ehtimol, u daryo suvining ortiqcha isrof bo’lishini 

nazarda tutgandir. Vaxolanki u zot eng avvalo daryo bilan odamlarning bir - birini 

tushunishlari va til topishlari, o’zaro mexr - muxabbat qo’yishlarini nazarda tutgan. 

U  o’zining  «Kitob  surat  al-arz»  asarida  dunyo  okeanlari,  chuqurlikdagi  kitalar, 

kutblar,  ekvator,  cho’l,  tog’,  daryo  va  dengizlar,  ko’llar  va  o’rmonlar,  ulardagi 




o’simlik,  hayvonot  dunyosi,  shu  bilan  boshqa  tabiiy  resurslar  -  erning  asosiy  

boyliklari haqida ma’lumotlar keltirilgan.  

Abu  Nosir  Forobiyning  (870  -  910)  ilmiy  -  falsafiy  merosi  nixoyatda  boy 

bo’lib, asarlari hozirgacha to’liq aniqlanmagan. Nemis olimi M.K.Brokelmanning 

ro’yxatida Forobiyning turli soxaga oid 180 ta asarining nomi keltiriladi. Bu asarlar 

bir  necha  guruhlarga  bo’linib,  11-guruhiga  uning  tabiatshunoslik  ilmi,  amaliy 

faoliyat va xunarmandchiliq masalalariga oid asarlari kiritilgan. Tabiatshunoslikka 

oid «Odam azolarining tuzilishi», «Hayvon azolari va ularning vazifalari haqida» 

nomli  asarlarida  odam  va  hayvonlar  ayrim  azolarining  tuzilishi,  xususiyatlari, 

vazifalari  haqida,  ularning  o’xshashligi  va  farqlari  keltirishi  bilan  birga  asosiy 

anatomik-fiziologik  tushunchalar  berilgan.  U  tabiiy  va  inson  qo’li  bilan 

yaratiladigan sun’iy narsalarni ajratgan. Tabiiy narsalar tabiat tomonidan yaratilgan, 

degan xulosaga keladi. 

Abu Rayxon Beruniy koinotdagi hodisalarni taraqqiyot qonunlari bilan, narsa 

va  xodisalarning  o’zaro  ta’siri  bilan  tushuntirishga  urinadi.  Uning  asarlarida 

o’simlik  va  hayvonlarning  biologik  xususiyatlarini,  ularning  tarqalish  va 

xo’jalikdagi  ahamiyati  haqida  ma’lumotlar  topish  mumkin.  U  «Saydana»  nomli 

asarida 1116 tur dori-darmonlarni tavsiflagan. Ularning 750 tasi turli o’simliklardan, 

101 tasi hayvonlardan, 107 tasi minerallardan olinadi. Har bir o’simlik, hayvon va 

minerallarning  xossalari,  tarqalishi  va  boshqa  xususiyatlari  keltirilgan.  Beruniy 

asarlarida  o’simlik  va  hayvonlarning  tuzilishi  hamda  ularning  tashqi  muhit  bilan 

o’zaro aloqasi haqida ham qiziqarli ma’lumotlar keltiriladi. U o’zining tabiiy-ilmiy 

kuzatishlari,  tajribalari  asosida  tabiatdagi  hodisalar  ma’lum  tabiiy  qonuniyatlar 

asosida boshqariladi, degan xulosaga keladi.  

Abu Ali ibn Sino (980-1037) jahon madaniyatiga buyuk hissa qo’shgan yirik 

entsiklopedist  olim.  Turli  yozma  manbalarda  uning  450  dan  ortiq  asar  yozganligi 

eslatiladi.  Bizgacha  uning  240  ta  asari  etib  kelgan.  Uning  «Tib  qonunlari»  asari 

tibbiyot ilmining komusi bo’lib, o’rta asr tibbiyot ilmi taraqqiyotining oliy cho’qkisi 

hisoblanadi. Kishi organizmiga tashqi muhit ta’siri muhimligini bilgan alloma ayrim 

kasalliklar  suv  va  havo  orqali  tarqalishi  haqida  fikr  bayon  etgan.  Ibn  Sinoning 

torlarning vujudga kelishi, er yuzining davrlar o’tishi bilan o’zgarib borishi tabiiy 

jarayonlar haqidagi fikrlari geologiya ilmining rivojlanishiga katta ta’sir qildi.  

Zaxiriddin  Muhammad  Bobur  (1483-1530).  Biz  Boburni  podshoh  va  shoir 

sifatida  bilamiz.  Ammo  Bobur  faqat  shoirgina  emas,  balki  sarkarda,  tarixchi  va 

mashshoq,  ovchi  va  bog’bon,  sayyox  va  tabiatshunos  ham  bo’lgan.  Uning 

«Boburnoma» asari eng yirik asari hisoblanadi. Bu asarida har bir xududni ma’lum 

bir  tartibda  tasvirlaydi.  Avvalo  joyning  geografik  o’rni,  so’ngra  qaysi  iqlimga 

mansubligi, har xil shifobaxsh joylari, o’simliklari, qazilmalari, hayvonoti va aholisi 

beriladi.  U  ajoyib  geobotanik  bo’lgan,  o’simliklarni  sevgan  va  yaxshi  bilgan. 

O’zbekistondagi  juda  ko’p  giyox  va  dorilarni,  ularning  xosiyatini  va  ahamiyatini 

shunday  tariflaydiki,  buni  mirishkor  bog’bon  bo’lgan  kishi,  asl  tabiatshunosgina 

buning  uldasidan  chiqa  oladi.  Bobur  bir  necha  bor  er  qimirlashi,  oy  va  quyosh 

tutilishi  kabi  tabiiy  xodisalar  guvohi  bo’lgan.  Ushbu  xodisalarning  tabiat 

qonunlaridan boshqa narsa emasligiga ishonch hosil qilgan. O’rta Osiyoni o’rgangan 

olimlardan  I.A.Severtsov,  A.N.Krasnovlarning  asarlari  va  Qashqarov  -  Korovin 



maktabining shakllanishi O’rta Osiyoda tabiiy - geografik g’oyalarni rivojlanishida 

muhim ahamiyatga ega bo’ldi.  

1930-yillarda  ekologiya  -  geografiya  yo’nalishiga  asoslangan  O’rta  Osiyo 

ekologiya  maktabi  hozirgi  O’zbekiston  Milliy  universiteta  qoshida  shakllandi. 

Ekolog  mutaxassislar  tayyorlashda,  ekologiyani  rivojlantirishda,  ekologiyaga  oid 

adabiyotlarning  na’munalari  ni  yaratishda  bu  maktabning  xizmatlari  kattadir. 

Maktab ekologlari bergan g’oyalar o’lkaning tabiati va tabiiy resurslarni aniqlash va 

o’rganishda hamda O’rta Osiyoda ekologik va geografik g’oyalarning rivojlanishiga 

katta  hissa  qo’shdi.  P.A.Baranov,  I.A.Raykovalar  Pomir  tog’larida  cho’l 

biotsenozining  kelib  chiqishi,  dinamikasi  va  evolyutsiyasida  organizmlarning 

hayotida  noqulay  haroratning  roli,  madaniy  biotsenozlarni  yuqori  tog’  sharoitida 

yaratish  masalalari  ishlab  chiqildi.  R.IAbolin,  E.P.Korovin,  M.V.Kultiasov  va 

I.I.Granitovlarning  ekologik  va  fitotsenologik  qarashlari  ularning  chop  etgan  bir 

qator ishlarida o’z aksini topgan. 

O’rta  Osiyoda  zooekologik  yo’nalishdagi  kompleks  ishlarning  rivojlanishi 

T.Z.Zohidov nomi bilan chambarchas bog’liq. U Qizilqum cho’llarining o’ziga xos 

hayot  makoni  ekanligini,  qumli,  sho’rxok,  loyli  va  toshloq  cho’llarni  mustaqil 

biotoplar sifatida tavsiflab, ularni o’z navbatida mayda xududiy birliklarga ajratib 

beradi. 


Yüklə 369,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin