Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish


Ekologiyaning  bo’limlari.  Odum  bo’yicha  biospektr



Yüklə 369,06 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/7
tarix09.05.2022
ölçüsü369,06 Kb.
#56908
1   2   3   4   5   6   7
EVATMQ.1-Mavzu

Ekologiyaning  bo’limlari.  Odum  bo’yicha  biospektr.  Populyatsiyalar, 

turlar,  biotsenoz,  biogeotsenoz,  biosfera  kabi  tushunchalar  ekologiya  fanining 

manbai hisoblanadi. Shuning uchun ham ekologiya 4 ta bo’limga bo’lib o’rganiladi: 

Autekologiya - «autos» - yunoncha so’z bo’lib «o’zi» degan ma’noni beradi. 

Autekologiya  –  ayrim  turlarning  o’zlari  yashab  turgan  muhit  bilan  o’zaro 

munosabatlarini,  ularning  qanday  muhitga  ko’proq  va  uzviy  moslashganini 

o’rganadi. 

Populyatsiyalar ekologiyasi «populyason» - frantsuzcha so’z bo’lib, «aholi» 

degan ma’noni beradi. Populyatsiyalar tuzilmasi, dinamikasi,  ma’lum sharoitlarda 

turli organizmlar sonining o’zgarish sabablarini tekshiradi. 

Sinekologiya  -  «sin»  yunoncha  so’z  bo’lib,  «birgalikda»  degan  ma’noni 

beradi. Sinekologiya - biogeotsenozlarning tuzilishi va xossalarini, ayrim o’simlik 

va  hayvon  turlarining  o’zaro  aloqalarini  hamda  ularning  tashqi  muhit  bilan 

bo’ladigan munosabatlarini o’rganadi. 

Ekotizimlarni  tadqiq  qilishning  rivojlanishi  ekologiyaning  yangi  bir 

bo’limini, yani biosfera (yunoncha «bios»-hayot; «sfera» - shar) haqidagi ta’limotni 

vujudga  keltirdi.  Bu  ta’limot  asoschisi  V.I.Vernadskiy  hisoblanadi.  (1863  –  1945 

yy).  Organizmlar  tarqalgan  kobiq  -biosferadir.  Hozirgi  zamon  ekologiyasining 

mazmunini quyidagi biologik spektr tuzilishida yozsa bo’ladi. (Yu.Odum,1986). 

Gen —> hujayra —* to’qima —> organ —* [organizm —» populyatsiya —

>• jamoa —> + abiotik muhit = Ekotizim]. 

Organizmlarni  o’rab  turuvchi  va  u  bilan  doimiy  munosabatda  bo’ladigan 

tabiatning bir qismi  –  hayot  muhiti  deb  ataladi. Er  yuzida  organizmlar  4  ta  hayot 

muxitida  tarqalganlar.  Bular  -  suv,  havo,  tuproq,  organizmning  o’zi.  Hayot 

muhitining  organizmlarning  yashash  faoliyatiga  ta’sir  ko’rsatadigan  elementlari 

yoki xususiyatlari - muhit omillari yoki ekologii omillar deb ataladi.  

Ekologik  omillar  jonsiz  (abiotik),  biotik  -  jonli  tabiat  omillari  va  inson 

(antropogen) omillar guruxiga ajratiladi. 

 Ekologik omillar aloxida mavzuda qarab chiqiladi.  Ekologik omillar barcha 

organizmlar  va  insonning  hayotiga  turli  darajada  ta’sir  qiladi.  (Organizmlarning 

ekologik omillar ta’siriga moslashishi yoki tashki muhit sharoitlariga moslashuvi - 

adaptatsiya deyiladi.  

Ekologik omillar ta’siriga chidamli va yer yuzida keng tarqalgan organizmlar 

- evribiontlar: omillar ta’siriga chidamsiz va tarqalish doirasi tor organizmlarga esa 

- stenobiontlar deb ataladi. «Evros» - keng, «stenos» - tor degan ma’noni beradi. Biz 

yuqorida  populyatsiya  haqida  gapirdik.  Tabiatda  faqat  populyatsiyalar  o’zini  son 




jixatdan  boshqara  oladilar.  Tug’ilish  va  o’lish  orasidagi  muvofiqlik  populyatsiya 

sonining boshqarilishi deyiladi.  

Populyatsiyadagi  organizmlar  soni  omillar  ta’sirida  o’zgarib  turadi.  Uning 

sonining  kamayishiga  -  o’limning  ko’payishi  va  hosildorlikning  kamayishi  ta’sir 

kiladi.  Boshkarishning  yana  bir  shakli  -  populyatsiyada  zichlikning  oshishi  bilan 

kuzatiladi. Zichlik meyordan ko’payib ketsa, ovqat etishmasa populyatsiyada o’z - 

o’zini boshqarish va shu orqali populyatsiyalarni boshqarish ro’y beradi. Masalan: 

Baliq,  kalamushlarda  populyatsiya  zichligi  ma’lum  darajaga  yetganda,  ularning 

serpushtligi  pasayib  ketadi.  Bu  ovqat  etishmasligi  natijasida  bo’ladi.  Gormonal 

o’zgarishlar kuzatiladi (bola tug’ish kamayadi) bu esa jinsiy xulq  - atvoriga ta’sir 

qiladi va naslsizlikga olib keladi, bola tashlashga, ota - ona tomonidan bolalarning 

eyilishiga, bosqinchilik oshishiga olib keladi.  

Populyatsiya  zichligi  oshisi  bilan  hayvonlarning  tuxum  qo’yishi  kamayadi, 

o’simliklarda  urug’  hosil  bulishi  pasayadi.  Joy  etishmasligi  bilan  migratsiya 

boshlanadi.  Bir  xil  populyatsiyalar  tug’ilish  orqali  boshqarilsa,  boshqalari  o’lish 

orqali  boshqariladi.  Demak,  populyatsiya  -  boshqarish  vositasi  hisoblanadi. 

Populyatsiyaning son jihatdan bir meyorda saqlanib turilishi – gomeostaz deyiladi, 

yunoncha  «gomeo»  -  o’xshash,  statis  -  holat  demakdir.  Ekologiyada  asosiy 

tushunchalardan  biri  ekologik  tizim  tushunchasidir.  Tirik  organizmlar  jamoasi  va 

ularning  yashash  muhitini  o’z  ichiga  oladigan  funktsional  tizim  ekologik  tizim 

deyiladi. Tabiiy va sun’iy ekotizimlar mavjuddir. Shahar, akvarium, tuvakdagi gul, 

kosmik  kema  sun’iy  ekotizimlarga  misol  bo’la  oladi.  Agar  tashqi  ta’sir  natijasida 

muvozanat  buzilsa,  ekotizim  o’z  -  o’zini  tiklashi  mumkin.  Insonlarning  tabiatga 

ta’siri  ekotizimlarning  o’z  -  o’zini  tiklash  imkoniyatlaridan  oshmasligi  kerak. 

Ekotizimdagi organizmlarning alohida to’plami biotsenoz deb ataladi. 

 Biotsenoz  -  lotincha  «bios»  -  hayot,  «tsenoz»  -  umumiy  degan  ma’noni 

anglatadi.  Demak,  muayyan  sharoitda  kuruklikdagi  yoki  suv    havzalaridagi  birga 

yashaydigan  o’simlik,  hayvon,  zamburug’,  mikroorganizmlarning  yig’iidisi 

tushuniladi. Bu atama 1877-yili nemis biologi K. Mebius tomonidan fanga kiritilgan.  

Biotop - biotsenozning yashash muhitidir yoki aytishimiz mumkin: biotsenoz 

egallab  turgan  muhit  -  biotopdir.  Bu  lotincha  so’z  bo’lib  «bios»  -  xaet, «topos»  - 

yashash joyi demakdir.  Biotsenoz va biotop birgalikda biogeotsenozni tashkil etadi.  

Biogeotsenoz - «bios» - hayot; «geo» - yer; «tsenoz» - umumiy tushunchasini 

rus botanik olimi, akademik V.N.Sukachev taklif etgan. Muayyan tuproq sharoitida 

o’simliklar, hayvonlar, zamburug’lar va ayrim sodda hayvonlardan tashkil topgan 

mikroorganizmlarning birgalikda yashashi biogeotsenozdir. Ko’pincha ekotizim va 

biogeotsenoz tushunchalari bir - birining sinonimi sifatida qo’llaniladi va deyarli bir 

xil ma’noni bildiradi, ammo ba’zi bir tomonlari bilan ular farklanadilar.  

Ekotizimdagi  organizmlar  oziqa  zanjiri  orqali  o’zaro  bog’langan.  Oziqa 

zanjiri  evolyutsiya  jarayonida  tashkil  topgan.  Tabiatda  hayot  uchun  zarur  bo’lgan 

moddalar to’xtovsiz ravishda aylanib turadi. Avtotrof organizmlar atrof muhitdan 

kimyoviy moddalarni o’zlashtiradi, bu moddalar geterotroflar orqali qaytadan atrof 

muhitga  qaytadi.  Bu  jarayon  juda  murakkab  shakllarda  boradi.  Oziqa  zanjirida 

birinchi  bo’g’indan  keyingilarga  qarab  biomassa  kamayib  boradi.  «O’simlik  - 

hashorat  -baqa  -  ilon  -  kalxat»  mana  shu  oziqa  zanjirida  birinchi  bo’g’indan 



keyingilariga  qarab  biomassa  kamayib  boradi.  Oziqa  zanjiri  murakkab  va  ko’p 

bo’g’inli bo’ladi. Bunda albatta yashil o’simliklar (hosil qiluvchilar) produtsentlar; 

hayvonlar  (organik  moddalarni  ist’emol  qiluvchilar)  konsumentlar;  bakteriyalar 

(organik qoldiklarni  archalovchilar) redutsentlar ishtirok etadilar.  

Agar  ozuqa  zanjirining  boshlanishi  sifatida  yashil  o’simlik  hisoblansa,  bu 

sarflanish zanjiri deyilali. Masalan: o’simlik - kiyik - bo’ri ist’emol qilganda.  

Agarda ozuqa zanjiri o’simlik qoldiqlari, hayvon jasadi yoki chiqindilaridan 

boshlansa, bunga detrid, yani parchalanish zanjiri deyiladi. Masalan: hayvon jasadi 

-  pashsha  -  baqa  -  ilon.  Shunday  qilib,  uzoq  evolyutsiya  jarayonida  bir  -  biriga 

bog’liq turlardan barqaror oziqa zanjirlar paydo bo’ladi, bular boshlang’ich ozuqa 

moddalardan energiya va moddalarni birin-ketin olib tabiatda moddalarning doimiy 

harakatini  ta’minlaydi.  Organizmlar  quyosh  energiyasini  kimyoviy,  mexanik  va 

issiqlik energiyalariga aylantiradi. Bunda boradigan barcha o’zgarishlar energiyani 

yo’qotish bilan bog’liq bo’lib, u pirovardida issiqlikga aylanib tarqalib ketadi. 




Yüklə 369,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin