Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish



Yüklə 369,06 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/7
tarix09.05.2022
ölçüsü369,06 Kb.
#56908
1   2   3   4   5   6   7
EVATMQ.1-Mavzu

Tayanch  so’zlar:  Ekologiya,  autekologiya,  populyatsiyalar  ekologiyasi, 

sinekologiya,  biosfera,  inson  ekologiyasi,  ijtimoiy  ekologiyasi,  ekologik 

muammolar, modellashtirish, biologik resurs, atrof-muhit. 

 

“Ekologiya  va  tabiatni  muhofaza  qilish”  fanining  predmeti  vazifalari  va 



uslublari.  Organizmlarning yashash sharoiti va ularning tashqi muhit bilan o’zaro 

munosabati,  turlar,  populyatsiyalar,  biotsenozlar,  ekotizmlar,  biosfera  va  boshqa 

tushunchalar  ekologiya  fanining  manbaini  tashkil  etadi.  Shu  bois,  umumiy 

ekologiya,  asosan,  to’rt  bo’limga  bo’lib  o’rganiladi.  Bular:  autoekologiya, 

populyatsiyalar  ekologiyasi,  sinekologiya  va  biosfera  haqidagi  ta’limot  Bugungi 

kunda  ekologiya  nafaqat  mustaqil  fan sifatida shakllandi, balki  u  mazmunan  juda 

kengaydi.  Ekologiya  o’rganadigan  yangi  sohalar  ko’paydi,  boshqacha  aytganda, 

ekologiyaning yangi-yangi yo’nalishlari paydo bo’ldi. 

«Ekologiya»  tushunchasi  fanga  birinchi  bo’lib  nemis  olimi  E.Gekkel 

tomonidan 1866-yili (“Organizmlarning umumiy morfologiyasi” asari) kiritilgan. 

Hozirda  ommalashib  ketgan  bu  atama  yunoncha  so’zdan  olingan  bo’lib, 

«oykos» - uy-joy; «logos» - fan degan ma’noni beradi. Ekologiya biologik fan bo’lib, 



u  organizmlarning  bir-biri  va  tashqi  muhit  sharoiti  bilan  o’zaro  munosabat 

qonuniyatlarini  o’rganadigan  fan  hisoblanadi.  Organizmlarning  moslashuvi 

(adaptatsiya)ni o’rganish sifatida bundan 100-yil avval shakllangan hozirgi zamon 

ekologiyasi - tabiatdan oqilona foydalanish va tabiatni muhofaza qilishning nazariy 

asosi  hisoblanadi.  U  o’ziga  xos  predmetga,  vazifalarga  hamda  izlanish  usullariga 

egadir.  Ekologiya  antropogen  va  har  xil  omillar  ta’sirida  tabiatdagi 

bog’lanishlarning  buzilishi  to’g’risida  ma’lumot  beradi.  Ekologiya  tabiat 

resurslaridan oqilona foydalanishda va tabiatni muhofaza qilishda ilmiy asos bo’lib 

xizmat  qiladi.  Masalan;  har-yili  o’rmon  xo’jaliklari  tabiatda  o’suvchi  dorivor 

o’simliklarni  yig’ib  olib  dori  tayyorlash  uchun  topshiradi.  Bunda  agar  yigib 

olinayotgan  o’simliklar  miqdori  qayta  o’sib  chiqayotgan  o’simliklar  miqdoridan 

oshsa  unda  o’simliklar  sekin-asta  yo’qola  boshlaydi.  Shuning  uchun  dorivor 



o’simliklarni yig’ish faqatgina ilmiy asoslangan meyorlar asosida terib topshirilishi 

kerak.  Bu  meyorlar  va  yig’ish  mudadtlari  o’simliklar  jamoasida  qayta  tiklanish 

uchun asos bo’lishi kerak. Ekologiyaning predmeti - organizmlar guruhi va tashqi 

muhit  orasidagi  bog’lanishlarning  tuzilishini,  unga  bog’liq  bo’lgan  jonlanish, 

taraqqiy etish, tarqalish va konkurentlik xususiyatlarini; tirik tabiat qanday tuzilgan, 

qaysi qonunlar asosida mavjud va rivojlanadi, inson ta’siriga qanday javob beradi, - 

bularning hammasi Ekologiyaning predmeti hisoblanadi.  

Hozirgi  paytda  Ekologiyaning  asosiy  vazifalarini  quyidagicha  tariflash 

mumkin: 

- Hayotning tashkil topish qonuniyatlarini inson ta’sirini hisobga olgan holda 

o’rganish; 

- Insonning xo’jalik faoliyati ta’sirida tabiatda ro’y beradigan o’zgarishlarni 

oldindan bilish; 

-  Biosferadagi  kechayotgan  jarayonlarni  o’rganish,  boshqarish,  bashorat 

qilish, inson yashaydigan muhitni saqlab qolish; 

- Buzilgan tabiiy tizimlarni tiklash; shu jumladan foydalanishdan chiqarilgan 

qishloq xo’jaligi ekin maydonlarini yana ishga solish (rekultivatsiya), yaylovlarning 

tuproq  hosildorligini,  suv  havzalari  va  boshqa  ekotizimlarning  mahsuldorligini 

tiklash; 

- Biologik resurslardan oqilona foydalanishning ilmiy asoslarini yaratish va 

boshqalar. 

Ekologik  muammolarni  kelib  chiqishining  asosiy  sabablari.  Bizning  ona 

sayyoramiz  nisbatan  yoshsamoviy  jism  hisoblanadi.  Uning  yoshi  taxminan  4,6 

million-yilga teng. Olimlarning fikricha, moddiyatning tadrijiy takomili qonuniyati 

natijasida  bundan  uch  milliard-yil  ilgari  Erda  hayot  vujudga  kelgan  va  biologik 

qatlam  rivojlana  boshlagan.  Turli  populyatsiyalar  hamda  turlardan  tashkil  topgan 

flora  va  faunalar  paydo  bo’lgan,  o’simlik  va  hayvonat  olami  turlari  hamda 

populyatsiyalari o’rtasida ma’lum munosabatlar shakllangan. Erdagi hayot tadrijiy 

takomili (evolyutsiyasi)ning dastlabki bosqichi yakunida o’simliklar va hayvonlar 

o’rtasida  dinamik  muvozanat  yuzaga  kelgan.  Uning  mohiyati  shundan  iboratki, 

o’txo’r hayvonlar o’simliklarni, o’txo’r hayvonlarni esa yirtqich hayvonlar eyishi va 

ularga  boshqalarining  kushanda  bo’lishi  flora  va  faunalar  mazkur  turlarining 

butunlay yo’qolib ketishiga olib kelmagan. Nobud bo’lgan o’simliklar va hayvonlar 

o’rniga evolyutsiya va ko’payishning tabiiy jarayoni natijasi sifatida yangilari paydo 

bo’lib turgan.  

Hatto  katta geologik kataklizmalar  (o’simlik va hayvonlarning yalpi  qirilib 

ketishiga olib kelgan halokatlar) davrida ham tabiat o’zning dinamik muvozanatini 

saqlab qola olgan. Lekin bu yangi bosqichdagi muvozanat bo’lgan, yani o’simlik va 

hayvonlarning  yangi  turlari  hamda  eski  (qolgan)lari  o’rtasida  muvofiqlik 

o’rnatilgan.  Boshqacha  aytganda,  tabiiy  tanlanish  jarayoni  kechgan  -  yashashga 

qobil bo’lmagan o’simlik va hayvonlar qirilib ketgan va o’lgan. Ularning o’rniga 

yashashga  ancha  qobil  bo’lgan  yangilari  paydo  bo’lgan.    Bu  qonuniyat  flora  va 

faunalarning xilma-xilligi ortishiga olib kelgan. Lekin, bunda o’simlik va hayvonlar 

turkumi (jamoasi) ichidagi, shuningdek, ular jamoasi o’rtasidagi dinamik muvozanat 

saqlanib qolgan.  



Odamsimon  jonzotlar  bundan  qariyb,  3  million-yil  ilgari  biologik  tizimga 

qo’shilgan. Ularning biologik muvozanatiga ko’rsatgan ta’siri juda kichik bo’lgan. 

Ibtidoiy  inson  faoliyati  ov  qilish,  baliq  tutish,  o’simliklarning  ildiz  va  butalarini, 

meva  va  hosilini  yig’ish  va  boshqalar  bilan  cheklangan.  Bu  esa  mavjud  biologik 

muvozanatning juda oz darajada buzilishiga olib kelgan, xolos.  

Tadrijiy  takomilning  ma’lum  bosqichida  mehnat  qurollari  yaratilishi 

natijasida  inson  o’zining  tevarak-atrofidagi  tabiiy  muhitga  faol  ta’sir  ko’rsata 

boshlagan.  Endi  u  ko’chmanchi  tarzda  emas,  balki  tabiiy  shartsharoitlar  yaxshi 

bo’lgan joylarda o’troq holda hayot kechirgan va qishloq xo’jaligi faoliyati bilan 

shug’ullangan. Natijada inson hali qo’l tegmagan erlarni qishloq xo’jaligi maydoni 

yoki  tomorqa  sifatida  o’zlashtirgan  va  ayrim  yovvoyi  hayvon  turlarini 

xonakilashtirgan.  Insonning  bunday  ongli  faoliyati  tufayli  biologik  (ekologik) 

tizimning yangi turi-qishloq xo’jaligi shakillangan. 

Atrof-muhitni o’zlashtirishning bu boshlang’ich shakli, o’z navbatida, mavjud 

ekolgik  muvozanatning  o’zgarishiga  olib  kelgan.  Tabiatning  biologik  qiymati 

o’zgargan.  Oxir-oqibatda  dastlabkidan  farq  qiluvchi  yangi  shakldagi  ekologik 

muvozanat vujudga kelgan.  

Insoniyat  taraqqiyoti  sanoatning  rivojlanishiga  olib  kelgan.  Shaharlarning 

qurilishi va o’sishi, shahar aholisining ko’payishi qonuniy holda tabiat va insonning 

yangi turdagi o’zaro munosabatini  shakllantirgan.  Natijada  bizning  zamonamizda 

inson  qadami  etib  bormagan  tabiiy  muhitlar  faqat  tropik  junglilar  va  tog’larning 

baland-baland etaklarida, qisman tundrada, himoya qilinadigan qo’riqxonalardagina 

saqlanib qolgan. U erlarda inson yashamaydi va faoliyatining salbiy natijalari ham 

kuzatilmaydi. Dunyodagi butun tabiiy muhitining taxminan o’n foiz hududiga hali 

butunlay tegilmagan, xolos.  

Inson  sivivlizatsiyasining  rivojlanishi  va  uning  tabiat  bag’riga  tobora 

chuqurroq  kirib  borishi  oqibatida  ahvol  tubdan  o’zgardi.  Odamlar  o’simlik  va 

hayvonot  olamiga  bostirib  kirib,  ko’pincha,  o’z  faoliyatining  salbiy  oqibatlari 

tabiatni o’zgartirib yuborishi mumkinligi haqida hatto o’ylab ham ko’rishmaydi.  

Bugungi kunda ibtidoiy sof tabiat haqida gapirmasa ham bo’ladi. Yer yuzida 

o’rmonlar kesildi, katta-katta hududlar dehqonchilik qilish maqsadida o’zlashtirildi, 

dorilar  bilan  o’g’itlandi,  har  xil  chiqindi  hamda  gazlar  bilan  toza  havo  va  tabiat 

ifloslandi.  Bundan  tashqari,  tabiatda  toshqinlar,  o’rmon  yong’inlari,  chang 

bo’ronlari ham yuz beradi. Bularning barchasi tabiatning tabiiy muvozanatiga putur 

etkazadi.  

Shveytsariyalik  ekolog  V.Tsisvilerning  etirof  etishicha,  keyingi  300-yil 

davomida  150  xildan  ortiq  hayvonlar  turi  yer  yuzidan  butunlay  qirilib,  yo’qolib 

ketgan.  Afsuski,  endi  ularni  qayta  yaratib  bo’lmaydi.  Hozirgi  sharoitda  yo’qolib 

ketish  arafasida  turgan  240  turdagi  hayvonni  qanday  saqlab  qolish  masalasi 

muammo bo’lib turibdi. Nafaqat hayvonlar, balki o’simliklar ham yo’qolib ketadi. 

Bularning  barchasi  biologik  muozanatning  buzilishi  oqibatlaridir.  Ha,  insonning 

noaxloqiy,  noinsonparvar  va  ilmiy  nuqtai  nazardan  asoslanmagan,  oqibatlari 

o’ylanmagan faoliyati natijasida ko’plab o’simlik va hayvonlar, mikroorganizmlar 

butunlay yo’qoldi.  




Ekologik  muvozanatning  buzilishi  inson  faoliyati  oqibatida  yuzaga  keladi. 

Agar bu buzilish  ma’lum kritik (keskinlik) holatidan yuqori bo’lmasa, muvozanat 

qaytadan  tiklanadi.  Bu  hol  atrof-muhit  zahiralari  tugamaguncha  davom  etaveradi. 

Agar  buzilish  darajasi  keskinlik  (kritik)  holatidan  o’tib  ketgan  bo’lsa,  u  holda 

ekologik tizim ishdan chiqadi, undagi hayot so’nadi yoki eng qashshoq va sodda 

ko’rinishda  saqlanib  qoladi.  Er  sharining  bir  vaqtlar  gullab  yashnagan  hududlari 

(regionlari), masalan, Afrika va Amerikaning cho’l tumanlari, Shimoliy Italiyaning 

tog’  etaklari,  Amerika  harbiylarining  gerbidtsitlar  va  defoliantlarni  qo’llashlari 

natijasida Vetnam xududining bir qismi, O’zbekistonning Orol atrofi mintaqalari va 

boshqa ko’plab joylar insonning nooqilona faoliyati tufayli juda achinarli holatga 

kelib  qolgan.  Shuni  takidlash  joizki,  ekologik  muvozanat  buzilganidan  keyin 

ma’lum  vaqt  o’tib,  yangi  dinamik  muvozanat  yuzaga  keladi.  Bu  holatni  aniq 

misollarda ko’rib o’tish mumkin.  

XX asrning 60-yillarida bog’larni eb qo’yadigan olma kuyasiga qarshi DDT 

preparatidan ko’p foydalana boshlagan edi. Olma kuyasi bartaraf etilgandan so’ng, 

qizil qurtlarning o’rnashib olishi muammosi keskin bo’lib qoldi. Hali shu paytgacha 

bog’bonlarni qizil qurt muammosi tashvishga solmagan edi. Gap shundaki, mevali 

bog’larda qizil qurtlarning qirq beshta tabiiy dushmani mavjud. Shuning uchun ham, 

u bog’larga kam zarar etkazgan, chunki uning rivojlanib, ko’payib ketishiga tabiiy 

dushmanlari imkon bermagan. Bog’larga DDT bilan ishlov berilganda olma kuyalari 

bilan birgalikda qizil qurtlarning dushmanlari ham qirilib ketgan. Qizil qurtlar esa 

o’lmay qolishgan va oqibatda bog’larga katta zarar etkazilgan. Boshqacha aytganda, 

ayni ekologik tizimdagi o’zgarishlar oldindan ko’ra bilinmagan noqulay oqibatlarga 

olib kelgan, yani zararkunandaqizil qurt yoppasiga tarqalib ketgan.  

Hali inson mustaqil tur sifatida shakllanmagan vaqtlarda ekologik muvozanat 

ta’minlangan  va  tabiiy  o’zo’zini  "sozlash,  tozalash"  mexanizmi  (tartibi)  hukm 

surgan.  Biror  populyatsiyaning  haddan  ortiq  ko’payishi  ayni  muhitda  oziqlanish 

imkoniyatidan ortib ketib, tabiiy muvozanat buzilgan hollarda tabiatning o’z-o’zini 

"to’g’rilash"  mexanizimi  ishga  tushgan  va  natijada  muvozanatning  yangi  holati 

yuzaga kelgan.  

Bugungi  kun  sharoitlarida  tabiiy  muvozanatning  buzilishiga  ayrim 

shaharlarda  ba’zan  qarg’alarning  birdan  ko’payib  ketishi  misol  bo’la  oladi.  Ular 

shahardagi oziq-ovqat chiqindilari va axlatlarni titib yurishadi. Qarg’alar galasining 

ko’payishi  natijasida  boshqa  qushlar  shaharda  kamayib  qoladi.  Holbuki  ular 

hasharat-zararkunandalarni  eb,  istirohat  bog’lari  va  daraxtzorlarga  katta  foyda 

keltiradi. Shaharda ancha-muncha ko’payib qolgan qarg’alar "surbetlashib" vaxshiy 

qushga  aylanadi  va  kamayib  qolgan  boshqa  paranda-qushlarga  hujum  qila 

boshlaydi. Xuddi ana shunday holat axlatxonalarga to’planib olgan daryo,  ko’l va 

dengiz chag’alaylari bilan ham kuzatiladi.  

Bundan  tashqari,  2000-yilning  bahor-yozida  Qozog’iston  va  Rossiyaning 

ayrim  hududlarida  chigirtkaning  ko’payib  ketishi  va  ularning  maydondagi  ekin-

o’simliklarni  eb  qo’yishi  va  boshqalar  tabiiy  muvozanatning  buzilishiga  misol 

bo’ladi.  Bunday  hollarda,  ma’lum  vaqt  o’tib,  yangi  ekologik  muvozanat  qaror 

topadi.  




Tabiatdagi  ayrim  turlarning  ekologik  muvozanati  buzilish  qisqa  muddatli, 

masalan,  bevosita  toksik  (zaharlovchi)  ta’sir  va  bilvosita  uzoq  ta’sir  tufayli  kelib 

chiqqan  bo’lishi  mumkin.  Bu  holni  bir  necha  misollarda  ko’rib  chiqaylik.  Agar 

begona (yovvoyi) o’tlar gerbitsidlar bilan yo’qotilsa yoki o’simliklarning yuqumli 

kasalliklar  bilan  kurashishda  ularni  eltuvchilarni  bo’g’imoyoqlilarni  -  ularni 

eltuvchilarni  qirish  uchun  insektitsidlar  qo’llanilsa  u  bevosita  ta’sir  hisoblanadi. 

Ammo maskur kimyoviy vositalar yordamida begona o’tlar va hasharotlarni alohida 

tanlab yo’qotish bilan bir qatorda foydali o’simlik va hasharotlar va hatto hayvonlar 

ham  zarar  ko’rishi  mumkin.  Bunday  holarda  ham  nomaqbul  bevosita  ta’sir  yoki 

uzoq ta’sir ko’rinishlari namoyon bo’ladi.  

Bundan  tashqari,  zararkunandalar  bilan  kurashishda  inson  tomonidan 

foydalaniladigan zaharli moddalar uzoq vaqt davomida er-tuproqda, havo va suvda 

saqlanib  qoladi.  Chunki  tabiatning  o’zida  ularni  zararsizlantiradigan  bakteriyalar 

(mexanizmlar)  deyarli  yo’q.  Bu  zaharli  moddalarning  parchalanib  ketishi  yoki 

zararsizlanishi uchun ko’p hollarda juda uzoq vaqt talab etiladi.  

Hatto, ko’pincha, ularning emirilishi jarayonida yanada zaharliroq mahsullar 

paydo  bo’lib  qoladi.  Holbuki  ularning  xususiyatlarini  biz  hali  bilmaymiz, 

o’rganishimizga  to’g’ri  keladi.  Yangi  paydo  bo’lgan  zaharli  mahsullar  flora  va 

faunalarning na’munalariga juda uzoq vaqt ta’sir ko’rsatishi mumkin. Bu bilvosita 

uzoq muddatli ta’sirlar hisoblanadi. Boshqacha aytganda, bir zararkunandaga ta’sir 

etib,  hech  kutilmagan  yoki  o’ylab  ko’rilmagan  natijaga  duch  kelinadi.  Daryo  va 

ko’llarda baliqlar, o’rmon va maydonlardagi foydali hasharotlar va qushlar, mazkur 

tuman xududlarida yashaydigan yovvoyi hayvonlarning qirilib ketishi yoki ko’plab 

o’lishiga sabab bo’lnadi. O’simliklar, hashorotlar, qush va hayvonlarning zaharlanib 

o’lishi esa qishloq xo’jaligi uchun juda katta zarar keltiradi.  

Xo’sh, ekologiya faqat bugungi kunning dolzarb muammosimi? Inson bilan 

tabiat o’rtasidagi munosabat faqat hozirgi davrdagina murakkablashdimi? Inson va 

tabiat  munosabatlarini  murakkablashib  borishining  sabablari  nimadan  iborat? 

Ekologiya  muammosi  insoniyatning  tarixiy  taraqiyoti bilan bog’liqdir. Tabiatning 

ekologik vazifasi shundan iboratki, inson faqat undagina biologik mavjudot sifatida 

yashay  oladi.  Odamlar  tabiiy  boyliklar  etishmagan  joylardan  ko’chishib,  suv  va 

oziq-ovqat  ko’proq  bo’lgan  va  ob-havosi  yaxshiroq  joylarga  to’planishadi.  Bu 

joylarda ham aholi soni va ularning moddiy va manaviy ehtiyoji tobora ortib boradi. 

Inson mehnat qurollarini qo’llay boshlaydi. Bu ov qilishni, hosilni yig’ishtirishni va 

yirik  vahshiy  hayvonlardan  o’zini  himoya  qilishni  osonlashtiradi.  Tabiatning 

beshafqat sovuqlari insonni turli kiyimlar tayyorlashga, uylar qurishga majbur etadi. 

Hayotiy ehtiyojlar uchun mehnat qurollarini qo’llanish zaruratga aylanadi va bu o’z 

navbatida  insonni  faollashtiradi.  Bu  bilan  insonning  iqtisodiy  faoliyati  shakllana 

boshlaydi. Ayni paytda tabiatning iqtisodiy vazifasini yuzaga keltiradi. Endi tabiat 

Inson uchun faqat yashash maydonigina emas, balki qurilish uskunalari, qurilish va 

mehnat  maydoniga  aylanadi.  Endi  inson  uchun  tabiatni  tashkil  etuvchilar  uning 

tabiiy boyliklari bo’ladi. Insonning ishlab chiqarish faoliyatida tabiiy boyliklar soni 

borgan sari ko’payib boradi va oxir-oqibatda butun tabiat boylikka aylanadi. Ammo 

bu ham insonga oz tuyuladi va u tabiatning ichiga chuqurroq kiradi hamda koinot 

kengliklariga chiqadi. Tabiatdan olingan har bir ulush, unda erishilgan yutuq inson 



ongining  rivojlanishiga,  uning  kuchlanishiga  sabab  bo’ladi.  Inson  faqat  tabiat 

qonunlarini  bilibgina  olg’a  siljish  mumkinligini  anglab  etadi.  Hayotda  ottirlgan 

tajriba-aql inson mehnatini engilashtiradi, mehnat esa yangi ehtiyojlar tug’diradi va 

inson fikrini rivojlantiradi. Olamni bilishga bo’lgan qiziqish ana shunday vujudga 

keladi. Bilimni tartiblashtirishdan maqsadga yo’naltirilgan ilmiy faoliyatga o’tiladi. 

Bunda tabiatning o’zi ustoz, birinchi darslik, birinchi imtihon oluvchi bo’ladi. Endi 

dehqonchiliq bilan shug’ullangan insonning ishlab chiqarish faoliyati boshlanadi va 

ekologik muammolar vujudga keladi. 




Yüklə 369,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin