Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish


O’zbekistonda  ekologiya  fanining  qisqacha  rivojlantirshp  tarixi



Yüklə 369,06 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/7
tarix09.05.2022
ölçüsü369,06 Kb.
#56908
1   2   3   4   5   6   7
EVATMQ.1-Mavzu

O’zbekistonda  ekologiya  fanining  qisqacha  rivojlantirshp  tarixi. 

Yuqorida  aytib  o’tganimiz  kabi,  bizning  buyuk  allomalarimiz  tabiat,  tirik 

organizmlar  va  ularning  tashqi  muhit  bilan  o’zaro  aloqasiga  doyr  masalalarga 

to’xtalganlar.  O’zFA  Botanika  va  Zoologiya  institutlari  olimlari  o’simlik  va 

hayvonlar ekologiyasiga bag’ishlangan ishlar olib borishgan, hozirda ham bu ishlar 

olib borilmoqda.  

O’rta  Osiyo  o’simliklar  olamini  o’rganish  –  M.S.Popov,  E.P.Korovin, 

K.Z.Zokirov,  A.Muzaffarov,  I.I.Granitov,  S.Saxobiddinov,  A.I.Vvedenskiy  kabi 

olimlarning  nomi  bilan  bog’liq.  O’zbekistonda  ekologik  yo’nalishdagi  ishlarning 

asoschilari  -  D.N.Qashqarov  va  E.P.Korovin  hisoblanadi.  30  --yillarda 

Qashqarovning ekologiya masalalarini keng yoritgan «Muhit va jamoa», «Turkiston 

hayvonlari», «Hayvonlar ekologiyasi asoslari» kabi yirik ilmiy asarlari chop etiladi. 

Ular  ekologik  –  ilmiy  tadqiqot  ishlarni  rejalashtirish,  ekolog  mutaxassislar 

tayyorlash masalasini ilgari surishgan Shu-yillarda Korovin - o’simliklar jamoasi va 

muhitni  birgalikda  o’rganish  muhimligini  takidlagan.  Bunday  ilmiy  ishlar  o’sha 

vaqtda  O’rta  Osiyo  Davlat  Universiteta  biologiya  fakulteti qoshida olib  borilgan. 

Cho’l  zonasining  o’simliklarini  o’rganish  maqsadida  kompleks  ekspeditsiyalar 

tashkil  qildi.  Korovin,  Granitov  kabi  olimlar  raxbarligida  cho’l  mintaqasidagi 

yaylovlarni  yaxshilash  borasida  u  erdagi  kserofit  guruhiga  oid  o’simliklarni 

o’rganishga  kirishiladi.  1950-yilda  ekologiya  ishlarining  dolzarbligi  munosabati 

hisobga  olinib  O’zRFA  Botanika  institutida  Burigin  rahbarligida  «O’simliklar 

ekologiyasi» laboratoriyasi tashkil qilinadi va shu laboratoriya xodimlari tomonidan 

cho’l va chala cho’l sharoitida o’simliklarning qurg’oqchiliqga moslanilgan yo’llari 

o’rganildi.  

Keyinchalik  1967-1987-yillarda  Farg’ona  vodiysi  sharoitida  kompleks 

ekologik  ishlar  O.X.Xasanov  va  R.S.Vernik, Raximova  T.U.,  Raximova  Toshxon 




va  boshqalar  tomonidan  davom  ettirildi.  Natijada  adir  o’simliklarining  ekologik 

klassifikatsiyasi  berildi.  Hozirda  bunday  ishlar  Qizilqum,  Jizzax  cho’llarida,  Orol 

sharoitida  davom  ettirilmoqda.  D.N.Qashqarovning  dastlabki  ishlari  O’rta  Osiyo 

kemiruvchilarini o’rganishga bag’ishlangan edi. Ularning biologiyasi, sistematikasi 

va zarariga etibor berish bilan birga hayvonlar ekologiyasi bo’yicha ham ish olib 

borgan.  1928-yil  u  AQShga  boradi  va  7  oy  davomida  yirik  ekologlarning  ishlari 

bilan  tanishadi.  O’zFA  akademiklari  T.Z.Zoxidov,  A.M.Muhammadiev,  muxbir 

azolaridan  M.A.Sultonov,  R.O.Olimjonov,  V.V.Yaxontovlar  O’zbekistonda 

zoologik tadqiqotlarning rivojlanishida o’z hissalarini qo’shgan olimlardir.  

Zoologik  tadqiqotlar  -  O’zFAning  Zoologiya  va  parazitologiya  instituti 

faoliyati  bilan  bog’liqdir.  Sultonovning  «O’zbekiston  qushlarining  gelmintlari» 

(1963  y),  Yaxontovning  «Hasharotlar  ekologiyasi»  (1963  y),  T.Zoxidovning 

«Qizilqum cho’lining biotsenozlari» (1971 y) kabi asarlari nashr qilindi. 60-yillarga 

kelib, O’zbekistonda ekologik vaziyat yomon tomonga keskin o’zgara boshlaydi. 

Bunga  sabab  paxtachiliqni  jadal  suratlar  bilan  rivojlantirishga  intilish  va  qishloq 

xo’jaligini  haddan  ortiq  kimyolashtirishdir.  Bunday  vaziyat  o’zbekistonda  ayrim 

tabiat  obyektlari  yoki  ilmiy,  madaniy,  sog’lomlashtirish  ahamiyatiga  ega  bo’lgan 

hududlarni muhofaza etish bo’yicha tadbirlar ishlab chiqishni talab etdi. 1968-yil 30 

iyulda O’zbekiston Vazirlar Kengashining "O’rmonlarni yong’indan saqlash hamda 

ularni zararli hasharotlar va kasalliklardan himoya qilish" haqida 349-sonli farmoni 

elon qilinadi. "Chatqol", "Orol-payg’ambar", "Zomin", "Baday-To’qay", "Qorako’l" 

kabi qo’riqxonalar tashkil etiladi.  

O’zbekiston  Vazirlar  Kengashining  foydali  qazilmalar  konini  topish, 

geologiya-qidiruv ishlarini o’tkazishda erning hosildor qatlamlarini asrash, ulardan 

oqilona foydalanish, yer kadastri, o’rmonlarni himoya qilinishi mezonlari bo’yicha 

guruhlarga  ajratish,  hayvonlar  hisob-kitobini  olish,  hayvonot  olamining  davlat 

kadastiri,  foydali  qazilmalarni  olish  bilan  bog’liq  bo’lmagan  obyektlarni 

joylashtirish  uchun  er  ostidan  foydalanish,  dorivor  o’simliklar  tayyorlash  va 

boshqalar haqida qator farmonlari e’lon qilindi. Ayniqsa, O’zbekiston mustaqillikka 

erishgandan keyin, Ekologiya va tabiatni muhofaza etish masalalariga jiddiy e’tibor 

berila  boshlandi.  Ekologiya  va  tabiatni  muhofaza  etish  borasida  o’nlab  qonunlar 

hamda  farmoyishlar elon  qilindi,  ularning  ijrosi  bo’yicha  chora-tadbirlar  ko’rildi. 

Masalan, O’zbekiston Respublikasining 1992-yil 9 dekabrdagi "Tabiatni muhofaza 

qilish haqida"gi, 1993-yil 6 maydagi "Suv va suvdan foydalanish haqida"gi, 1994-

yil  22  sentyabrda  "Yer  osti  boyliklari  haqida"gi,  1996-yilda  27  dekabrdagi 

"Atmosfera havosini muhofaza etish haqida"gi, 1997-yil 26 dekabrdagi "Hayvonot 

dunyosini  muhofaza  etish  va  undan  oqilona  foydalanish  haqidagi",  1997-yil  26 

dekabrdagi  "O’simlik  dunyosini  muhofaza  etish  va  undan  oqilona  foydalanish 

haqida"gi,  va  boshqa  qonunlar  hamda  bu  borada  e’lon  qilingan  qator  farmonlar 

shular  jumlasidandir.  1981  -  1985-yillarla  O’zbekistonda  ovlanadigan  kamyob 

hayvonlar  ekotizimini  o’rganishga  kirishildi.  Sut  emizuvchi  noyob  hayvonlar 

sonining kamayib ketish sabablari, ularni tiklash, kamyoblarini saqlash va ulardan 

oqilona  foydalanish  yo’llari  ishlab  chiqildi.  Ixtiologiya  va  gidrobiologiya 

laboratoriya  xodimlari  -  O’zbekiston  suv  omborlari,  suvning  ifloslanishi,  suv 




hayvonlari ekologiyasi va suv resurslaridan foydalanish bo’yicha ilmiy izlanishlar 

olib bordilar. 




Yüklə 369,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin