Ekonometrik model tushunchasi, turlari va undagi o’zgaruvchilar


Qoldiqlar avtokorrelyatsiyasi



Yüklə 151,3 Kb.
səhifə5/13
tarix11.04.2023
ölçüsü151,3 Kb.
#96270
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Ekonometrik model tushunchasi, turlari va undagi o’zgaruvchilar

7.Qoldiqlar avtokorrelyatsiyasi

Avtokorrelyatsiya tendentsiyasi dinamik qatorning alohida darajalari o’rtasidagi aloqalarni xarakterlaydi Qoldiqdagi avtokorrelyatsiya. Taxmin qilinadiki, xatolar orasida avtokorrelyatsiya yo’q, yahni avtokorrelyatsiya mavjud emas:


(ij)
Bu taxmin shuni anglatadiki, agar bugun natijadagi ishlab chiqarish kutilgandan ko’p bo’lsa, bundan ertaga ishlab chiqarish ko’p (yoki kam) bo’ladi degan xulosaga kelish kerak emas. Birinchi va to’rtinchi taxmin birgalikda ehtimollik nuqtai-nazaridan, taqsimot xatolari bog’liq emas deyish imkonini beradi. SHuning uchun 1 , 2,, . . . n o’zgaruvchini o’xshash va erkin taqsimlanishi sifatida qaralishi mumkin. E(i)=0 bo’lgani uchun
Bundan



8.Iqtisodiy ma’lumotlarning statistik tabiati.

Iqtisodiy jarayonlarni vaqt davomida o’zgarishini o’rganish muhim ahamiyatga ega. CHunki barcha iqtisodiy jarayonlar va hodisalar vaqt davomida o’zgaruvchan bo’ladi. Iqtisodiyotda barcha iqtisodiy jarayonlarni iqtisodiy-statistik modellar orqali o’rganish natijasida u yoki bu iqtisodiy ko’rsatkichning hozirgi holati va kelajakdagi o’zgarishini ilmiy asosda tahlil qilish va bashoratlash mumkin bo’ladi.


Iqtisodiy-statistik modellashtirish usuli - bozor iqtisodiyoti subhektlarining iqtisodiy faoliyati tahlili va rejalashtirishni takomillashtirishga qaratilgan tadbirlardan biridir. Iqtisodiy-statistik modellashtirish iqtisodiy ko’rsatkichlar va ishlab chiqarish omillari o’rtasidagi aloqalar o’z mohiyatiga ko’ra stoxastik bo’lgan asosga tayanadi. Iqtisodiy subhektlar faoliyatini statistik modellashtirish zamon va makonda ularning rivojlanish jarayonini o’rganishda asosiy o’rin egallaydi. Bu modellar ishlab chiqarish tendensiyalari va qonuniyatlarini aniqlash uchun moslashgandir.
Hatto eng takomillashgan statistik model ham iqtisodiy hodisa va jarayonlarning butun aloqadorligini qamrab olishga qodir emas. SHunga ko’ra, iqtisodiy tahlil va iqtisodiy-statistik modellashtirishni qo’llashda har doim noaniqlik elementlari mavjud bo’ladi. Odatda, iqtisodiy-statistik modellashtirishni qo’llash samaradorligining asosiy shartlaridan biri uning real ko’rinish va jarayonga aynan mos kelishi hisoblanadi.
Iqtisodiy-statistik modelashtirishni noaniq bo’lishligining sabablari quyidagi hollarda sodir bo’lishi mumkin:
1. Axborotli – axborotning xatoligi, uning ko’rsatkichlari, omillar va obhektlar majmuining noaniqligi.
2. Tarkibiy – aniqlanmagan xilma-xilliklarning mavjudligi.
3. Modelli – ko’rsatkichlar va dalillar o’rtasida bog’lanish shakllaridan noto’g’ri foydalanish.
Iqtisodiy-statistik kuzatuvlar olib borilganda, texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlar ko’rinishidagi, materiallar oqimidagi axborotlarga duch kelamiz. SHu nuqtai nazardan, ishlab chiqarishga - kirish axborotini, chiqish axborotiga o’zgartirgich sifatida qaraladi.



Yüklə 151,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin