9.Statistik modellashtirish.
Iqtisodiyotda barcha iqtisodiy jarayonlarni iqtisodiy-statistik modellar orqali o’rganish natijasida u yoki bu iqtisodiy ko’rsatkichning hozirgi holati va kelajakdagi o’zgarishini ilmiy asosda tahlil qilish va bashoratlash mumkin bo’ladi.
Iqtisodiy-statistik modellashtirish usuli - bozor iqtisodiyoti subhektlarining iqtisodiy faoliyati tahlili va rejalashtirishni takomillashtirishga qaratilgan tadbirlardan biridir.
Iqtisodiy-statistik modellashtirish iqtisodiy ko’rsatkichlar va ishlab chiqarish omillari o’rtasidagi aloqalar o’z mohiyatiga ko’ra stoxastik bo’lgan asosga tayanadi.
Iqtisodiy subhektlar faoliyatini statistik modellashtirish zamon va makonda ularning rivojlanish jarayonini o’rganishda asosiy o’rin egallaydi. Bu modellar ishlab chiqarish tendensiyalari va qonuniyatlarini aniqlash uchun moslashgandir.
Hatto eng takomillashgan statistik model ham iqtisodiy hodisa va jarayonlarning butun aloqadorligini qamrab olishga qodir emas. SHunga ko’ra, iqtisodiy tahlil va iqtisodiy-statistik modellashtirishni qo’llashda har doim noaniqlik elementlari mavjud bo’ladi. Odatda, iqtisodiy-statistik modellashtirishni qo’llash samaradorligining asosiy shartlaridan biri uning real ko’rinish va jarayonga aynan mos kelishi hisoblanadi.
10.Ekonometrik modellashtirishning asosiy tushunchalari.
Ekonometrik modelg’ – bu ehtimollik - stoxastik modelg’. Bu modelg’ yordamida iqtisodiy ko’rsatkichlarni o’zgarish qonuniyatlarini matematik ko’rinishida tenglamalar, tengsizliklar va tenglamalar tizimi ko’rinishda ifodalash mumkin. Umumiy ko’rinishida ekonometrik modelg’ quyidagicha yoziladi:
Y f x 1, x 2,..., xn
Ekonometrik modelda Y – asosiy endogen ko’rsatkich, modelda Y o’zgarish
qonuniyatlarini x1, x 2,..., x n) yordamida o’rganish mumkin.
x 1, x 2,..., x n) – tahsir etuvchi, ekzogen ko’rsatkichlar.
Ekonometrik modelda fiktiv ko’rsatkichlar qatnashishi mumkin. Fiktiv ko’rsatkichlar – bu sifatli ko’rsatkichlar miqdoriy ko’rsatkichlarga o’tkazilgan ko’rsatkichlar.
Ekonometrik model chiziqli va chiziqsiz ko’rinishda tuzilishi mumkin:
CHiziqsiz modellar ‘arabola, giperbola, darajali funktsiya, ko’rsatkichli funktsiya, trigonometrik funktsiya va boshqalar ko’rinishida bo’lishi mumkin.
Tuzilgan ekonometrik modelning haqiqiyligi to’’langan mahlumotlar hajmiga; mahlumotlarning aniqlik darajasiga; tadqiqotchining malakasiga; modellashtirish jarayoniga; yechiladigan masalaning xarakteriga bog’liq.
Dostları ilə paylaş: |