1.3. Ekonometrik modellashtirishning bosqichlari Modellashtirish jarayonining asosiy bosqichlari turli sohalarda, shu jumladan, iqtisodiyotda ham oziga xos xususiyatlarga ega boladi. Iqtisodiy-matematik modellashtirish bitta tsiklining bosqichlari ketma-ketligi va mazmunini tahlil qilaylik.
Iqtisodiy muammoning qoyilishi va uni sifat jihatdan tahlil qilish. Bu bosqich modellashtiriladigan ob’ektning eng muhim xususiyatlari va xossalarini ajratib, ularni ikkinchi darajalilaridan abstraktsiyalashni; ob’ektning tuzilmasi va uning elementlarini boѓlovchi asosiy boѓlanishlarni organishni; obektning holati va rivojlanishini tushuntiruvchi (hech bolmaganda dastlabki) gipotezalarni shakllantirishni oz ichiga oladi.
Modelni matematik tahlil qilish. Bu bosqichning maqsadi modelning umumiy xossalarini aniqlashdan iborat. Bu erda tadqiqotning sof matematik usullari qollaniladi. Modelning analitik tadqiqotida echimning mavjudligi, yagonaligi, echimga qaysi ozgaruvchilar (nomalumlar) kirishi mumkinligi, ular orasidagi munosabatlar, bu ozgaruvchilar qaysi doirada va qanday dastlabki shartlarga boѓliq ravishda o’zgarishi, ularning o’zgarishining yo’nalishlari va shu kabi masalalar oydinlashtiriladi. Modelning analitik tadqiqoti empirik (sonli) tadqiqotiga nisbatan shunisi bilan afzalki, bunda olinayotgan xulosalar model tashqi va ichki parametrlarining har xil tayinli qiymatlarida oz kuchini saqlaydi.
Shunga qaramay, murakkab iqtisodiy obektlarning modellari juda katta qiyinchilik bilan analitik tadqiqotlarga keltiriladi. Analitik usullar bilan modelning umumiy xossalarini aniqlashning ilojisi bolmaydigan hamda modelni soddalashtirish maqsadga muvofiq bolmagan natijalarga olib keladigan hollarda tadqiqotning sonli usullariga otiladi.
Sonli echish. Bu bosqich masalani sonli echish uchun algoritmlarni ishlab chiqish, EHMlarda dasturlar tuzish va bevosita hisoblashlar otkazishni oz ichiga oladi. Bu bosqichdagi qiyinchiliklar, birinchi navbatda, iqtisodiy masalalarning katta hajmi, juda katta axborot massivlarini qayta ishlash zaruriyatidan kelib chiqadi.
Sonli usullar bilan otkaziladigan tadqiqot analitik tadqiqot natijalarini jiddiy toldirishi mumkin, kopgina modellar uchun esa u amalga oshiriladigan birdan-bir tadqiqot boladi. Sonli usullar bilan echish mumkin bolgan iqtisodiy masalalar sinfi analitik tadqiqot qilish mumkin bo’lgan masalalar sinfidan ancha kengroq.